Homiladorlik davri, emizikli onalar ovqatlanishi va eng muhim foydali maslahatlar

Homiladoemizikli onalar ovqatlanishi

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda homiladorlikning haftalik taqvimi, xomiladorlikning dastlabki belgilari hamda homiladorlik davrining xususiyatlari haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, homiladorlik davrida iste’mol qilinadigan mahsulotlar, emizikli onalar ovqatlanishi, taomnomasi, retseplar, emizikli onalarga tavsiyalar, mumkin bo’lgan va bo’lmagan mahsulotlar, eng muhim foydali maslahatlar haqida bo’ladi.

Homilador ayollar uchun foydali damlama:Homilador ayollar o’zi uchun va homila uchun foydali damlama va kompotlardan ichib turishlari lozim. Masalan olxo’ri va turshakdan 4-5 donadan hamda 30 dona na’matakni termosda 1,5 litr qaynagan suvga damlab qo’yiladi. Kun mobaynida damlamani ichib yurish foydali bo’ladi. Bu damlama qabziyatni oldini oladi.

Homilador ayollar uchun foydali salat: Qaynatilgan yoki konservalangan qizil loviyaga (yoki boshqa loviya) quritilgan non ko’katlar solamiz. Ta’bga qarab sarimsoq piyoz, tuz va murch qo’shib smetana qo’shib aralashtiriladi. Ham to’yimli, ham foydali bo’ladi. Ayol organizmini oqsilga bo’lgan ehtiyojini qondiradi.

Orziqib kutilgan damlar ham yetib keldi!!!

Siz ona bo’ldingiz!!!

Farzandning sog’lom va barkamol o’sib rivojlanishi uchun emizikli ayolning ovqatlanishi muhim ahamiyatga ega. U chilla davrida vitamin va mineral tuzlarga boy ovqatlarni is’temol qilishi kerak. Chunki ushbu davrda ularga bo’lgan talab yuqori bo’ladi. Aks holda organizmda moddalar almashinuvi buziladi. Shu sababli emizikli ayollar tvorog, pishloq, sut, tuxum, sabzavot, ho’l mevalar iste’mol qilishlari va har kuni 1 stakan sut ichishlari kerak. Jigar,asal yeyishlari ham foydali. Bir kunda ichiladigan suyuqlik miqdori ikki litrdan oshmasligi kerak.

Homiladorlik davri, emizikli onalar ovqatlanishi va eng muhim foydali maslahatlar

Emizikli onalar ovqatlanishi, rioya qiladigan qoidalar. Qizil rangli mahsulotlar nega mumkin emas

Bu turdagi mahsulotlar bolaga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

  • Vino – alkogol 100 % ga yaqin ona suti bilan bolaga o’tadi.
  • Xom va konservadagi piyoz, sarimsoq, garmdori, mayonez va souslar – sut mazasini achchiqlashtirib buzadi.
  • Xantal (gorchitsa, mustard), achchiq qahva, achchiq shokolad, har xil qo’shimchalarga boy bo’lgan pishloq sut mazasini buzadi.
  • Selyodka, dengiz mahsulotlari, ikra sutni sho’r qiladi.
  • Xom va konservalangan baliq va krevetka allergiya sababchisi bo’ladi.
Homiladorlik davri, emizikli onalar ovqatlanishi va eng muhim foydali maslahatlar

Sariq rangli mahsulotlar mumkinligi va ehtiyotkorligi

Bu turkumdagi mahsulotning zarari bo’lmasada, ularni ko’p va ehtiyotsizlik bilan iste’mol qilish mumkin emas.

  • Qovun, lavlagi, qatiq, no’xat, o’simlik yog’i – ushbu mahsulotlarni me’yordan ko’p iste’mol qilish bola qornida og’riq va ich ketishiga olib keladi.
  • Nok, anor, xurmo, guruch, non va pishiriqlar – bola ichini qotirishi mumkin.
  • Sigir suti, apelsin, greypfurut, qorag’at (smorodina), tuxum, qizil ikra, baliq, mannali, jo’xorili va bug’doyli bo’tqalar allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.

Yashil rangli mahsulotlar foydaligi

Homiladorlik davri, emizikli onalar ovqatlanishi va eng muhim foydali maslahatlar

Bu turkumdagi mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin va foydali.

  • Sabzi, petrushka, ukpop – bola ko’ziga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
  • Salat barglari, krijovnik, qorag’at (smorodina) – immunitetni oshiradi.
  • Kabachka, qovoq, treska balig’i – bola rivojlanishi va o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
  • Tvorog, yogurt suyak va tishlarni mustahkamlaydi.
  • Kefir, qatiq, ayron, sulili bo’tqa, gulkaram – hazm qilish tizimini yaxshilaydi.

Allergiya chaqiruvchi mahsulotlar

  • Sigir suti – ayrim bolalarda juda yuqori allergik reaksiyalar chaqiradi. Sutni ozginadan sinab-sinab, bolangizni kuzatib ichiring.
  • Tuxum oqi – haftada bitta tuxum yesangiz yetarli, aks holda bolada allergiya qo’zg’ashi mumkin.
  • Parda pishgan go’sht – agar bolangizda allergiyaga moyillik bo’lsa, muzlagan go’shtni iste’mol qiling. Unda allergenlar darajasi pastroq bo’ladi.

«Onalar salomatligi – farzandning baxti» kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: