- Yong’oq (funduk) li biskvitsiz tort
- Shokolad-pudding qoplamali tort
- “Lakomka” tort tayerlashda kerakli masalliklar
- Ayikcha tort tayyorlashda kerakli masalliklar
- Qulupnayli tort tayyorlashda kerakli masalliqlar
- Apelsinli tort tayyorlashda kerakli masalliqlar
- Muzqaymoq tort tayyorlashda kerakli masalliklar
- “Chumoli uyasi” tortini tayyorlashda kerak bo’ladigan masalliqlar
Oldingi maqolalarimizda parhezli sutli sho’rva tayyorlash, tort pishirishning 4 usuli hamda tortlar retsepti va kerakli masalliqlar haqida gaplashdik. Bukungi mavzu, tort tayyorlashda kerakli masalliklar haqida bo’ladi.
Yong’oq (funduk) li biskvitsiz tort
Kerakli masalliqlar:
1 ta tuxum sarigi, 110 gr pechenьe, 1 osh qoshiq brendi yoki konьyak, 3 osh qoshiq shakar, 100 gr sutli shokolad, 100 gr yong’oq (funduk), kakao, 5 osh qoshiq sariyog’.
Tayyorlanishi:
- Duxovkani 200S da qizdirib, yong’oq po’stlog’idan ajratib 5-6 daqiqa davomida qizartirib olinadi.
- Pechenьeni mayda qilib tuyiladi va sutli shokoladni bankaga solib parli suvda eritib olinadi.
- Mikser yordamida tuxum oqi va sarig’ini shakar bilan ko’pirtirib olinadi. Unga eritilgan sariyog’ni, eritilgan shokoladni ko’shib ko’pirtirishda davom etiladi. Sungra, pechenьe va yong’oqni ko’shib yaxshilab aralashtiriladi.
- Tort qolipiga folga qogozini yozib, tayyor massani ko’yib tekislanadi va ozik-ovkat plyonkasi bilan usti yopiladi. Qolipni 3-4 soatga sovutgichga qo’yiladi.
- Dasturxonga tortishdan avval ustini kakao kukuni bilan bezating! Muzqaymoq yoki qaymoq bilan tortish maksadga muvofik.
- Tortga yong’oq o’rniga xandon pista yoki bodomdan foydalansa ham bo’ladi, agar kim xohlasa apelsin qirindisini xam qo’shish mumkin.
Shokolad-pudding qoplamali tort
Tort tayyorlashda kerakli masalliklar
Biskvit: 3 tuxum, 0.75 st shakar; 125 gr saryog, 0.5 st un, 0.5 st guruch uni, 1/4 st kakao kukuni, 0.75 st sovuq sut.
Tayyorlanishi:
- Tog’orachada sariyog’, shakar va tuxumni yog’och qoshiq yoki mikserda yaxshilab aralashtiramiz.
- Keyin un, guruch uni, kakaoni solib aralashtirib turamiz. Yog’langan qolipga solamiz.
- Duxovkani 190 S ga oldindan qizitib, qolipli listni o’rta qavatga qo’yamiz, 50 daqiqa davomida yoki cho’pimiz quruq chiqqunicha pishirib olamiz. Usti qizarsayu, cho’p quruq chiqmasa, alyumin folga yopib pishirishda davom etamiz.
- Pishgach 15 daqiqa kutib sovuq sutni biskvitning ustiga sekin quyamiz. Sutni shimib olgunicha kutamiz va laganga ko’chiramiz.
- Lagandagi biskvit sovugach, uning ustiga shokoladli pudding quyamiz. Pudding uchun kerakli masalliklar: 1 st (200 ml) sut, 1/4 st shakar, 2 osh qoshiq juxori kraxmali (pudding kraxmali), 1/8 st suv, 1/6 st kakao.
Pudding tayyorlanishi:
- Qozonchada kraxmalni suvda eritib olamiz.
- Ustiga shakar, kakao va sut solib, o’rta balandlikdagi olovda aralashtirib turamiz. Idish yuzasida ko’pik ko’ringach, yana bir daqiqa aralashtirib turamiz.
- Tayyor puddingni biskvitning ustidan quyib, muzlatgichga solamiz.
- 2 soat turgach tortimiz tayyor bo’ladi. Bezagiga xandonpistaning maydalanganini sepsangiz xam chiroyli chiqadi.
“Lakomka” tort tayerlashda kerakli masalliklar
Kerakli masalliqlar:
250 gr oson uvalanadigan pechenye, 100 gr malina, 1 dona apelsin (kulupnay+banan,mandarin, banan, kivi, yongok,magiz va xokazo)
Tayyorlanishi:
- Apelsinni po’sti va yupqa pardasidan ajratib maydalaymiz. Pechenyeni 3-4 bo’laklarga bo’lamiz.
- Masalliq ustidan kremni quyamiz.
- Qoshiq bilan extiyotkorlik bilan aralashtiramiz.
- Miqdorni qolipga solamiz va yaxshilab zichlaymiz.
- 2-4 soatga sovutgichga qo’yamiz va qolipdan pichoq yordamida sekin ajratib olamiz.
- Kichik bo’laklarga bo’lib dasturxonga tortamiz.
Ayikcha tort tayyorlashda kerakli masalliklar
Kerakli masalliqlar:
1/2 kg un, 6 dona tuxum, 3 choy qoshiq smetana, 1/2 choy qoshiq soda, 1/2 kg shakar.
Tayyorlanishi:
- Yog bilan un yaxshilab ukalanadi.
- Boshqa idishda tuxumning sarig’iga smetana (yoki qatiq) va sodani solib aralashtiramiz. (Tuxumni oqini xozircha muzlatgichga qo’ying, chunki birozdan keyin uni ko’pirtiramiz).
- So’ngra birinchi qorishmamizga bu ikkinchi aralashmani solamiz. Xamir avvaliga yopishqoq holda bo’ladi, qoriganingiz sari bu yopishqoqlik yo’qoladi.
- Ajratib qo’yilgan tuxumning oqiga bir chimdim tuz qo’shib yaxshilab ko’pirtiramiz va sekin-sekin shakarni qo’shamiz. Aralashmaga yong’oq maydasini aralashtirib yuboramiz.
- Xamirimizni 4 bo’lakka bo’lamiz va har bir zuvalachani listimiz o’lchamida yoyib, listga qo’yib, ustiga tayyor aralashmani surtamiz va 150 S da pishirib olamiz.
- Xona xaroratida erib turgan sariyog’ va quyultirilgan sut (sgushennoe moloko) ni yaxshilab krem xoliga kelgunicha aralashtiramiz.
- Har bir pishib chiqqan korjlarni (sovigandan keyin) ustiga krem surib chiqamiz.
- 3-chi korjga surilgandan keyin 4-chi korjni qo’yib ustiga selloffan yoki folga kogozi bilan yopib, ustidan og’irroq doska bilan yaxshilab g’ijirlatib bosasiz. (Korjlarning xar biri har xil bo’lib pishadi va ba’zilari shishib ketishi ham mumkin. Bosish esa tekislash maksadida qilinadi).
- Folgani olib ustiga kremni qolganini surasiz, bezak uchun shokoladli glazur qilib zeb bersangiz bo’ladi yoki ustiga yong’oq maydasini ham sepish mumkin.
Qulupnayli tort tayyorlashda kerakli masalliqlar
Tort tayyorlashda kerakli masalliklar:
6 ta tuxum (oqi sarig’idan ajratiladi), 250 gr shakar, 150 gr un, 150 gr tuyilgan bodom va 2 ta apelsin puchog’i.
Qiyom uchun:
100 gr shakar, 225 ml shirin uzum sharbati, 3 ta apelsin sharbati.
Shokoladli krem uchun:
225 gr oq shokolad (katta kirg’ichdan chiqarib), 568 ml yog’li qaymoq (33%), 350 gr yangi qulupnay (kichkina to’rtburchak shaklida)
Tayyorlanishi:
- 23 sm li tort formasini yog’lab tagiga pergament qog’ozi qo’yiladi. Duxovkani 180 S ga qizdirib qo’yiladi.
- Tovaga tuxum oqini solib, oppoq bo’lgunicha ko’pirtiriladi va to’xtatmasdan turib 50 gr shakar sepib davom ettiriladi.
- Boshqa bir idishga tuxum sarig’ini solib qolgan shakarni solib yedirilib ketgunicha ko’pirtiriladi. Mayin holiga kelgunicha ko’pirtirilib sekingina yana un sepilib aralashtiriladi.
- Tayyor bo’lgan aralashmaga ko’pirtirilgan tuxum oqini, birinchi 3 osh qoshiq, keyin sekin-asta qolgan qismini ham solamiz, so’ng maydalangan bodomni va apelsin qirindisini solib, astalik bilan aralashtiriladi, tayyor aralashma o’rtacha quyuqlikda bo’lishi kerak.
- Aralashmani oldindan tayyorlangan qolipga solib, 35 daqiqaga duxovkaga qo’yiladi. Tayyor bo’lganini gugurt cho’pi yordamida bilish mumkin. Pishgan pirogni qolipdan chiqarib sovutiladi.
- Qiyom tayyorlash uchun kerak bo’lgan hamma masalliqlarni kastryulkada aralashtirib past olovga qo’yiladi va shakar erigunicha aralashtirish davom ettiriladi. Qiyomni qaynab chiqgunicha aralashtirib turilib so’ng sovutiladi.
- Shokoladli krem tayyorlash uchun temir idishga shokoladni solib gazda bugli vannacha qilib eritilib, unga qaymoqning yarmi solinadi. Shokolad to’liq erimagunicha uni aralashtirmang. So’ng olovdan olib sovutib, sekin-astalik bilan yog’och qoshiq bilan aralashtiriladi. Yaxshilab sovitilib quyuq holiga keltiriladi.
- Boshka idishda qolgan qaymoqni ko’pirtiramiz. Katta osh qoshiqda ko’pirtirilgan qaymoqdan olib shokoladli kremni bo’shashtirish uchun solinadi va qolgan qaymoqni hammasini aralashtirib yuboriladi. Idishni plenka paket bilan o’rab 2 soatga xolodilnikga qo’yiladi.
- Tayyor biskvitni 2 ga bo’lib, yog’och chupcha yordamida bir nechta joyiga tikib chikiladi. Qiyomdan biskvitga quyilib o’ziga shimdirilib olinadi.
- Shokoladli kremdan birinchi biskvitni ustiga surtilib ustidan qulupnay bo’laklari terilib chiqiladi. So’ng ikkinchi bo’lak biskvitni ustidan yopib salgina bosiladi.
- Yassi pichok yordamida yoni va ustilariga qolgan shokoladli kremni surib chiqiladi va folga bilan o’rab, 4 soatga xolodilnikga qo’yiladi. Dasturxonga tortishdan oldin ustini qolgan bo’laklari yordamida bezatib chikiladi.
Apelsinli tort tayyorlashda kerakli masalliqlar
Kerakli masalliqlar:
1 piyola dumaloq yong’oq, 10 dona biskvit pechenyesi, 200 gr eritilgan sariyog, 300 gr shakar, 7 ta tuxum, 2 ta apelsin, 500 gr yogli smetana, mayda kirg’ichdan chiqarilgan limon po’chog’i, 1 ta limon sharbati.
Tayyorlanishi:
Duxovkani 180 S ga qizdirib, kerakli masalliqlar solinadi.
- Bitta apelsin qaynatiladi (30 daqiqa).
- Blenderda (qaxva maydalagich) qaynatilgan apelsin, yong’oq va pechenye maydalanadi.
- Tuxum sarig’ini oqidan ajratib, 150 gr shakar bilan ko’pirtiriladi va sariyog’ ko’shiladi. Maydalangan mandarin, yong’oq va pechenye qo’shib yuboriladi,
- Tuxum oqini qotgunicha qattiq ko’pirtiriladi va unga 50 gr shakar qo’shib aralashtiriladi.
- Ko’pirtirilgan tuxum oqini apelsin-yong’okli aralashmaga qo’shib yuboriladi.
- Dumalok tort formasiga folga qog’ozi yoziladi va uning ichiga sariyog’ surtiladi. Tayyor massaning yarmini tekis qilib quyilib pishirib olinadi. So’ng ikkinchi yarmini ham alohida pishirib olinadi. 25-30 daqiqa davomida pishiriladi.
- Qolgan shakar bilan smetanani ko’pirtirib, limon sharbati va qirindisini qo’shib yaxshilab aralashtiramiz.
Muzqaymoq tort tayyorlashda kerakli masalliklar
Kerakli masalliqlar:
Biskvit uchun: 7 ta tuxum, 7 osh qoshiq shakar, 7 osh qoshiq un.
Krem:
600 ml qaymoq, 1/3 stakan shakar yoki 1 ta quyiltirilgan sut
Tayyorlanishi:
- Tuxum sovuqligida oqi bilan sarig’ini ajratib olamiz.
- Tuxum oqini mikser bilan yuqori tezlikda ko’pirtiramiz.
- Hatto idishni teskari agdargandayam ko’pirgan tuxum oqi siljimasligi kerak.
- Ko’pirtirilayotgan tuxum oqiga 1 osh qoshiqdan shakarni qo’shib boramiz. Toki, shakar yaxshi erib, massada mikser izlari kolgunicha.
- Massaga, ajratib qo’yilgan tuxum sarig’ini qo’shib, yaxshilab aralashtiramiz.
- Navbat unga. Unni ham bir qoshiqdan solib, asta-asta aralashtiramiz.
- Tort qolipiga solib, 180 S qizdirilgan duxovkada 35-40 daqiqa davomida, yoki o’rtasiga gugurt chup, yeki pichoq tiqib ko’rilganda quruq chikkunicha.
- Tort pishguncha krem tayyorlaymiz. Qaymoqli krem yaxshi chiqishi uchun, krem tayyorlaydigan idish va mikser venchiklarini muzlatgichda 30 minutgacha muzlating.
- Qaymoqqa shakarni solib, oldin past tezlikda, keyin yukori tezlikda mekser yordamida ko’pirtiramiz.
- Krem tayyor! Ehtiyot bo’ling! Mana shunday holatga kelgunicha aralashtiramiz. Bundan o’tsa, qaymoqning suvi bo’lak, yog’i bo’lak ajrab chiqadi. Agar shakar o’rniga sut ishlatmoqchi bo’lsangiz, oldin qaymoqni shu holatgacha ko’pirtirib, keyin quyultirilgan sutni qo’shib, yana 15-30 soniya ko’pirtirasiz.
- Tort sovigach, qancha ko’tarilgan bo’lsa, shuncha o’tiradi. Xayron bo’lmang.
- Tortning bir chetiga tayyor kremdan chiziq tortamiz (bo’laklarga bo’lganimizdan keyin yana o’z joyiga qo’yish uchun).
- Tortimizni kamida 5 bo’lakka bo’lamiz. Har bo’lagiga krem suramiz (Propitka qilish kerak emas).
- Ust va yonini yaxshilab krem bilan qoplab, xolodilnikga 30 daqiqaga qo’yamiz.
“Chumoli uyasi” tortini tayyorlashda kerak bo’ladigan masalliqlar
Kerakli masalliqlar:
Xamiri:
200 gr sariyog’, 2 ta tuxum, 150 ml sut, 2 chek razrixlitel (yoki 1 chm. soda), 0,5 kg un
Kremi:
1 ta banka quyultirilgan sut (380 g), 200 gr sariyog’
Tayyorlanishi:
- Tuxum bilan sariyog’ni aralashtiramiz va sut solib aralashtirishda davom etamiz.
- Aralashmaga razrixlitel va un solib o’rtacha xamir qoriladi, zuvala qilib 1 soatga sovutgichga qo’yiladi.
- Gaz listi yog’lanadi yoki falga qog’ozi yoziladi. Sovutgichdan xamirni olib kichik bo’lakchalarga bo’lib chiqilib listga teriladi.
- Oldindan 180 S da qizdirilgan duxovkada 15-20 daqiqa qizarguncha pishiriladi. Tayyor xamirdan to’rtta list chiqadi.
- Krem tayyorlash uchun sariyog’ni mikser yordamida ko’pirtiriladi. Oqargandan so’ng quyultirilgan sut solib bir xil holatga kelgunicha aralashtiramiz.
- Pishgan xamir bo’lakchalarini kremning bir bo’lagi bilan aralashtirib birlashtiriladi. Ustidan qolgan kremni sekin surtib chiqiladi. Listga piramida shaklida taxlab, ustiga shokolad qirindisi sepiladi.