- Sutli taomlar diapazoni.
- Sutli sho’rvalar (bulion).
- Non qotirmalar solib tayyorlangan sutli sho’rva.
- Nonli frikadelkalar solingan parhezli sutli sho’rva.
- Qaymoq solingan rediskali borsh.
- Manna uni solingan parhezli sutli sho’rva.
- Kartoshkali kleslar solingan parhezli sutli sho’rva.
- Sutda xomligicha pishirilgan kartoshkali kleslar.
- Gul karam qo’shib pishirilgan kartoshkali sho’rva.
- Sabzavotlar qo’shib tayyorlangan parhezli sutli sho’rva.
- Mevalar qo’shilgan sulidan tayyorlangan parhezli sutli sho’rva.
- Kartoshka va arpa uni qo’shilgan parhezli sutli sho’rva.
- Sutli lag’mon.
- Bug’doy solingan parhezli sutli sho’rva.
- Gerkules qo’shilgan parhezli sutli sho’rva.
- Belaruscha sutli atala.
- Shirgurich.
- Yangi karam qo’shib tayyorlangan sutli sho’rva.
- Sutda pishirilgan kartoshka.
- Milancha tayyorlangan sutli pure sho’rva.
- Sutda damlanib pishirilgan kartoshka.
- Jo’xori uni solingan parhezli sutli sho’rva.
- Qovoqdan tayyorlangan sho’rva. (shirqovoq)
- Shirqovoq.
Oldingi maqolalarimizda tort pishirishning 4 usuli, turli tortlar tayyorlash yo’llari hamda tortlar retsepti va kerakli masalliqlar haqida gaplashdik. Bugungi mavzu : Xalq tabobatida parhezli sutli sho’rva tayorlashda kerakli sabzavod mahsulotlardan taom tayorlash uslublari haqida.
Mazkur kitobda parhez taomlar va to’gri ovqatlanish deganda hayolimizga dimlangan qovok, turli salatlar keladi. Aslida bunday emas to’gri ovqatlanish, parhez kabob, parhez pissa, go’shtli non, baqlajon kabob, ismaloq, somsani ham yeya olishdir. Aks holda butun umr qovoq dimlama-yu, ko’kat yeb yashab bo’lmaydi. Kitobda keltirilgan taomlarni tayyorlab iste’mol qilar ekansiz, vazningiz ortmasligi, tanangiz yengil bo’lishi uchun ma’lum ko’rsatmalarga amal qilishingiz shifo topishga ishoradir.
Sutli taomlar diapazoni.
Milliy taomlarimizda sugli taomlarni tayyorlash uchun asosan sut va tvorogdan foydalaniladi. Boshqa ozuqa mahsulotlarini qo’shgan holda sutdan sugli sho’rvalar, bo’tqalar (kasha), pudinglar, toblamalar, quymoqlar, souslar va qaylalar tayyorlanadi. Sut qo’shmasdan turib hech bir qandolatchilik mahsulotini va ularga ketadigan kremlarni tayyorlab bo’lmaydi. O’z-o’zidan sut eng ajoyib ichimlik hisoblanadi, ammo uning ishtirokida boshqa to’yimli ichimliklar va kisellar ham tayyorlanadi. Shuningdek sutdan, muzqaymoq tayyorlashda ham foydalaniladi.
Sutli sho’rvalar (bulion).
Sutli sho’rvani o’zidan yoki suv bilan aralashtirib tayyorlash mumkin. Shuningdek uni quyultirilgan sutdan (qaynoq suv bilan bir stakanga 1 oshqoshiq) ham tayyorlash mumkin.
Sutli sho’rvalarga guruch, don, manna va perlovka uni, makaronlar, kartoshka va turli sabzavotlarni qo’shish mumkin.
Sutning foydali xususiyatlari saqlanib qolishi uchun, uni uzoq muddat qaynatish kerak emas. Agar sutni suv bilan teng miqdorda yarim-yarim qilib qaynatilish kerak bo’lsa, avvaliga mahsulotlar pishiriladi, so’ng qaynatilgan sut solinib, yana 2-3 daqiqa qaynatiladi.
Makaron va un mahsulotlari (guruch, perlovka, bugdoy va sh.k.) sutda yomon qaynaydi, shu sabab ularni avvaldan 5—1 O daqiqa qaynatib olishadi. Sutli sho’rvalarni qaynatib olishda sut qizib ketmasligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Buning uchun qalin tubga ega idishdan foydalanib uni sut qo’yishdan oldin suvda chayib olish kerak. Birinchi taomlarni nafaqat sutdan balki, kefir, qaymoq va qatiqlardan ham tayyorlash mumkin.
Non qotirmalar solib tayyorlangan sutli sho’rva.
Non qotirmalarini maydalab, talqon qilib, elakdan o’tkazasiz va qaynab turgan sutning ustiga solib, ozgina qizdirgandan so’ng olovdan olasiz. Shundan so’ng ustiga shakar, sariyog’ va tuxum sarig’i solib aralashtirasiz.
Sho’rva uchun:1,2 l sut, 300 gr non qotirmalari, 30 gr shakar kukuni, 40 gr sariyog’ va 4 dona tuxum sarig’i.
Nonli frikadelkalar solingan parhezli sutli sho’rva.
Qirgichdan chiqarilgan non, tuxum, sariyog’ va sutdan xamir qorilib, yaxshilab yoyiladi. Undan frikadelkalar tayyorlab sutda qaynatib olinadi. Dasturxonga tortishdan avval sho’rvalarga sariyog’dan bir bo’lak solib tortiladi.
Sho’rva uchun.1 l sut, 30 gr sariyog’, 20 gr shakar va ta’mga ko’ra tuz. Frikadelkalar uchun: 0,1l sut nonni ivitish uchun, 1 dona tuxum, 200 gr bugdoy non, 30 gr sariyog’.
Qaymoq solingan rediskali borsh.
Lavlagi, oq karam, sholg’omsimon piyoz va rediskani mayda somoncha shaklida to’grab, ustiga ozgina qaynatilgan suv quyiladi va 6—8 daqiqa dimlanadi. Tayyor bo’lganidan so’ng sovitib, tuz, qaymoq va qolgan sovuq suv qo’shib yuboriladi. Dasturxonga tortib rediska va ukropning maydalangan barglarini ustiga sepib yuboriladi.
Borsh uchun: 0,2 l qaymoq, 400 gr lavlagi, 200 gr karam, 200 gr rediska barglari bilan, 80 gr piyoz, 2 l suv, 10 gr ukrop va ta’mga ko’ra tuz.
Manna uni solingan parhezli sutli sho’rva.
Qaynab turgan sutga un yoki manna uni solinib qurumlar paydo bo’lmasligi uchun yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan unga ozgina tuxum solib bo’laklarga bo’lib chiqasiz.
Sho’rva uchun: 80 gr un yoki manna uni, 20 gr sariyog’, 2 dona tuxum, 05, stakan sut va ta’mga ko’ra sut.
Kartoshkali kleslar solingan parhezli sutli sho’rva.
Tozalangan kartoshkani tuzlangan suvda qaynatib olasiz. So’ng elakdan o’tkazib, sariyog’, un, tuxum va muskat yong’og’i kukunidan solib barcha masalliglarni yaxshilab aralashtirasiz. Kletslarni tayyorlab olib ularni 5—6 daqiqa qaynoq sutda tuz, shakar solib qaynatasiz. Dasturxonga tortishdan oldin likopchalarga kletslar va ular qaynagan sutga sariyog’ qo’shib tortasiz.
Sho’rva uchun: 0,7 l sut, 0,25 l suv, sariyog’, ta’mga ko’ra tuz. Kletslar uchun: 2-3 dona kartoshka, 10 gr sariyog’, 30 gr un, 2 dona tuxum va ta’mga ko’ra tuz solinadi.
Sutda xomligicha pishirilgan kartoshkali kleslar.
Xom kartoshkani mayda qirg’ichdan o’tkazib, yaxshilab siqasiz va 10 gr.dan yumalok shaklda tayyorlab olib, ularni sutda ozgina suv qo’shib pishirasiz va ustidan sariyog’ solasiz.
Kletslar uchun: 1 kg kartoshka, 1,5 l sut, 20 gr sariyog’ va 1 dona tuxum sarig’i.
Gul karam qo’shib pishirilgan kartoshkali sho’rva.
Kartoshkani qaynatib olib, elakdan qaynatilgan suv bilan o’tkaziladi. Tayyor bo’lgan pyureni to’gralgan piyoz, o’simlik moyi, maydalangan murch va mayda to’gralgan gul karam bilan aralashtirib qaynatiladi. Dasturxonga tortishdan oldin ustidan petrushka ko’katlari va qaymoq solinadi.
Sho’rva uchun: 0,2 l qaymoq, 400 gr kartoshka, 300 gr gulkaram, 80 gr piyoz, 40 gr o’simlik moyi, 20 gr mayda to’gralgan petrushka, 1,5 l suv, tuz va ta’mga ko’ra murch.
Sabzavotlar qo’shib tayyorlangan parhezli sutli sho’rva.
Sabzini parrak shaklda to’grab sariyog’da yengil qilib qovurib olasiz. Qaynatilgan suvga bostirilgan gulkaram, mayda bo’laklarga to’gralgan kartoshka va qovurib olingan sabzini suv qo’shilgan qaynatilgan sutga solib tayyor bo’lgunicha qaynatasiz. Oxirida, bo’laklarga to’g’ralgan jandig’ boshoqlarini solib ustiga sariyog’ solasiz va damlab qo’yasiz.
Sho’rva uchun : 2 l sut, 1 stakan suv, 350 gr gulkaram, 500 gr kartoshka, 2 dona sabzi, 200 gr yangi uzilgan jandig’ boshoqlari,40 gr sariyog’ va ta’mga ko’ra tuz.
Mevalar qo’shilgan sulidan tayyorlangan parhezli sutli sho’rva.
Sulini olib suvga solib past olovda qaynatib olasiz. Ular tayyor bo’lganida sut va tuz qo’shasiz.
Ozgina aralashtirib sutga to’gralgan mevalardan solasiz. Agar sho’rvaga magiz solinadigan bo’lsa uni oldindan qaynatilgan suvda yuvib shakar solingan suvda 5—10 daqiqa qaynatib olish zarur. Olma, shaftoli, olxo’ri va boshqa quritilgan mevalarni siropda damlab qo’yish kerak. Tayyor bo’lgan mevalarni siropi bilan birga tayyor sho’rvaga qo’shib yuborasiz.
Sho’rva uchun: 0,5 l sut 1 l suv, 3 oshqoshiq suli, yangi yoki kanservalangan yoki quritilgan mevalar, 1 choy qoshiq shakar va 1 choy qoshiq sariyog’.
Kartoshka va arpa uni qo’shilgan parhezli sutli sho’rva.
Arpa uni va maydalangan kartoshkani yarim tayyor holatida qaynatib ustiga sut qo’shib kartoshka va unni yumshagunicha qaynatasiz. Dasturxonga tortishdan avval ustiga smetana qo’shasiz.
Sho’rva uchun: 0,1 l sut, 1 l suv, 60 gr arpa uni, 5 dona kartoshka, 50 gr smetana, ta’mga ko’ra tuz.
Sutli lag’mon.
Lag’monni bir necha daqiqaga qaynab turgan suvga solasiz va chovliga olib qo’yasiz. Uning suvi oqib tushganidan so’ng qaynab turgan suvga sut solasiz va 15—20 daqiqa qaynatasiz. Oxirida sho’rvaga lagmon, shakar, sariyog’ va ta’mga qarab tuzni solib dasturxonga tortasiz.
Sho’rva uchun: 0,1 l sut 100 gr lag’mon, 1 oshqoshiq sariyog’, 1 choy qoshiq shakar.
Bug’doy solingan parhezli sutli sho’rva.
Bugdoyni iliq suvda yaxshilab chayib olib 3—4 daqiqaga qaynab turgan suvga solasiz. Tayyor bo’lgach elakka olib suvini o’tkizib tashlaysiz va qaynab turgan sutga solasiz. Ustiga tuz va ta’mga ko’ra shakar solib bugdoy yumshagunicha past olovda qaynatiladi.
Sho’rva uchun: 1,5 l supa, 0,5 stakan suv, 120 gr un, sariyog’, tuz va shakar.
Gerkules qo’shilgan parhezli sutli sho’rva.
Qaynatilgan suvga gerkules solinib 10-15 daqiqa qaynatiladi. So’ng ustiga qaynatilgan sut, tuz va shakar solib past olovda qaynatiladi. Dasturxonga tortishdan oldin ustiga sariyog’ solinadi.
Sho’rva uchun: 0,5 l suv, 1 l sup, 150 gr gerkules, tuz, shakar, sariyog’.
Belaruscha sutli atala.
Unni sut va tuxum bilan aralashtirib qaynab turgan sutga solinadi. 10—15 daqiqa muntazam aralashtirib qaynatiladi, so’ng ta’mga ko’ra tuz sepib ustiga sariyog’ va shakar sepgan holda dasturxonga tortiladi.
Sho’rva uchun: 1,5 l sup, 0,5 stakan suv, 160 gr bugdoy uni, 2 dona tuxum, 20 gr shakar, 20 gr sariyog’ va ta’mga ko’ra tuz.
Shirgurich.
Tozalangan va yuvilgan guruchni past olovda 10 daqiqa qaynatasiz so’ng ustiga qaynab turgan sutni qo’shib tayyor holga keltirasiz. Oxirida tuz, shakar va sariyog’ qo’shib yuborasiz.
Sho’rva uchun: 1,5 l sut, 1 stakan suv 100 gr guruch, 200 gr sariyog’ tuz va ta’mga ko’ra shakar.
Yangi karam qo’shib tayyorlangan sutli sho’rva.
Yangi karamni maydalab katta miqdorda suvda sabzi va petrushka ildizlari bilan yumshagunicha qaynatasiz. Ustiga sut quyib ukrop va petrushka ko’katlaridan solasiz. Dasturxonga tortishdan avval qovurilgan undan sepib yuborasiz.
Sho’rva uchun: 1 dona karam, 6 stakan sut, 1 dona sabzi, 1 dona petrushka ildizi, 1 boglam ukrop, tuz, un va ta’mga ko’ra sariyog’.
Sutda pishirilgan kartoshka.
Tozalangan va yuvilgan kartoshkani mayda bo’laklarga to’grab ustiga ozgina suv (1,5 l) bilan aralashtirilgan sut quyib kartoshka yumshagunicha qaynatiladi. Kartoshkaning po’stlogini archib yuqorida tayyor bo’lgan sho’rva ustiga quyiladi. Po’stlogi archilgan, yuvilgan va somoncha shaklida to’gralgan sabzini yogda (20 gr) dimlab sho’rvaga solinadi va ustidan sut quyib baland olovda qaynatiladi. So’ng olovdan olib, ozgina tuz va yog’ bilan aralashtirilgan tuxum sarig’i qo’shiladi. Dasturxonga tortishdan avval ustiga ozgina petrushka sepiladi.
Sho’rva uchun: 1 l sut, 500 gr kartoshka, 75 gr sabzi, 40 gr sariyog’, 2 dona tuxum sarig’i, 15 gr petrushka ko’kati va ta’mga ko’ra tuz qo’shiladi.
Milancha tayyorlangan sutli pure sho’rva.
Tovuq va sabzavotlardan sho’rva tayyorlab olib, alohida idishga suzib olasiz, go’shtni suyagidan ajratib, qiymalagichdan o’tkazasiz. Qaytib sho’rvaga solasiz va ustidan 100 gr sovuq suvda aralashtirilgan unni solib qaynatasiz va ta’mga qarab tuzlaysiz. Tuxum sarig’ini qaymoq yoki smetana bilan aralashtirib sho’rvaga qo’shasiz. Sho’rva bilan grenkalarni dasturxonga tortish mumkin.
Sho’rva uchun: 125 gr qaymoq yoki smetana, 400 gr parranda go’shti, 100 gr sabzi, 50 gr petrushka,1,5 l suv, 2 dona tuxum sarig’i, 20 gr un 30 gr sariyog’ va tuz.
Sutda damlanib pishirilgan kartoshka.
Kartoshka maydalab solinadi. So’ng uning ustiga tuzlangan sut quyilib yarim tayyor holga kelgunicha damlanadi.
Sho’rva uchun: 0,3 litr sut, 950 gr kartoshka, 80 gr sariyog’ va ta’mga ko’ra tuz.
Jo’xori uni solingan parhezli sutli sho’rva.
Jo’xori unini yuvib ustiga qaynatilgan suv quyiladi va 10—15 daqiqa quyuq holiga kelgunicha qaynatiladi. Ustiga qaynatilgan sut, yog, tuz solinib tayyor bo’lgunicha yetkaziladi. Shuningdek, ushbu sho’rvaga quritib mayda to’gralgan go’shtdan solib yuborish mumkin.
Sho’rva uchun: 0,3 litr sut, 40 gr jo’xori uni, 0,2 litr suv, 30 gr quritilgan go’sht, 10 gr charvi yogi sariyog’ va ta’mga ko’ra tuz.
Qovoqdan tayyorlangan sho’rva. (shirqovoq)
Qovoqni yuvib tozalab uruglari olinadi va mayda bo’laklarga to’g’rab ustiga suv quyib qaynatiladi. Tayyor bo’lgach elakcha orqali suvdan ajratib olinadi. Xamir tayyorlab olib, uni sutda qaynatib, dastlabki qovoqga aralashtiriladi. Dasturxonga tortishdan avval ta’mga ko’ra tuz, shakar va sariyog’ solinadi. Un malsulotlari o’rniga guruchdan foydalanish mumkin. Bu holatda qovoq bilan aralashtirilgan guruchni sutga solib ta’mga ko’ra tuz sepib qaynatiladi.
Sho’rva uchun: 1 litr sut, 400 gr qovoq, 250 gr suv, 100 gr bugdoy uni 1 dona tuxum, tuz, shakar va sariyog’.
Shirqovoq.
(ikkinchi usul)
Tozalangan qovoq mayda to’gralib yoki qirgichdan o’tkaziladi va togoraga solinib ustidan qaynatilgan suv quyiladi. Masalliq yumshaguniga qadar qopqog’i yopilgan holda dimlanadi, so’ng ustiga manna uni, tuz va shakar solinib yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor bo’lganidan so’ng ustiga sut solib yana qaynatiladi. Dasturxonga tortishdan avval ustiga shakar va koritsa sepiladi.
Sho’rva uchun: 1 litr sut, 0,5 litr suv, 500 gr qovoq, 3 oshqoshiq manna uni, 1 oshqoshiq shakar, tuz va koritsa kerak bo’ladi.