Yugurish va yurishni navbatma-navbat bajaring

Yugurishning foydalari, yugurish texnikasi

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda piyoda yurishning foydalari va qomatning go’zalligi haqida yozdik, bugun esa, yugurishning foydalari, yugurish texnikasi, yugurish turlari haqida bo’ladi.

Yugurishning foydalari

Birinchi qadam – bu uzoq safarning boshlanishidir! Qadimgi xitoylarda shunday maqol bor.

Siz bosib o’ta oladigan eng katta qadam taxminan bir metrga teng. Endi 25, 50 yoki 100 metr yugurib keling. Agar siz oldin shug’ullanmagan bo’lsangiz, avval 25 yoki 50 metrlik masofadan boshlang. Tanlangan masofani yugurib bo’lganingizdan so’ng uni uch marta piyoda yurib bosib o’ting.

Tez chuqur nafas olib, boshni tepaga ko’tarib, yelkalarni rostlab, qo’llarni silkiting. Chuqur nafas olish juda muhim.

Agar siz har kuni yugursangiz, qon tomirlari devorlaridagi uzluksiz qon bosimi unga elastiklik bag’ishlab, ulardagi qisqarish xususiyatini oshiradi. Shuning uchun ham qon oqimini oshirishga imkoniyat beradi. Oddiyguna narsa, biroq bu ortiqcha, keraksiz xolesterindan xalos bo’lish yo’lidagi ijobiy qadamdir.

Yugurish va yurishni navbatma-navbat bajaring

Londondagi yurak bo’yicha yirik mutaxasislardan biri: “Bir yil mobaynida har kuni 15-30 daqiqa yugurgan inson o’z arteriyalari hajmini ikki marta oshirib olish baxtiga muyassar bo’ladi”, degan edi. Bu baquvvat yurak barpo etish yo’lidir.

Yurish, yugurish va hokazo paytida nafas olish faolligi ko’proq energiya talab qiladi. Tana bu energiyani kislorod yordamida yoqilg’ini (ovqatni) yoqish yo’li bilan hosil qiladi. Organizm oziqni kerakli paytuda ishlatib, g’amlab qo’ya oladi, biroq kislorodni g’amlab qo’ya olmaydi.

Yugurish katta miqdordagi kislorodni talab qiladi. Organizm esa uni barcha hujayralarga tarqtadi. Kuchsiz va harakatsiz bo’lgan taqdiringizda ham oddiy sayrlar, yengil mashqlar sizda qon sirkulyatsiyasini yaxshilaydi. Kislorodning ancha faol iste’mol qilinishini ta’minlashga yordam beradi.

Yugurish katta miqdordagi kislorodni talab qiladi. Organizm esa uni barcha hujayralarga tarqatadi.

Sog’lom yurak yaxshi ishlaydigan avtomobil kabidir. Unda hech qanday buzilishlarsiz uzoqqa va tez borish mumkin. Lekin dam hamda profilaktik ishlarni olib borish paytlari ham kerak bo’ladi.

Yugurish va yurishni navbatma-navbat bajaring

Yugurish tartibi

Kundalik mashqni birinchi bo’lib 100 metrlik yugurishdan boshlang. Keyin shu masofani yayov yurib o’ting. Qizib olgandan keyin 200 metrga yuguring va shu masofani orqaga qaytib yurib o’ting. Undan keyin 300 va 400 metrga yuguring. Doimo yugurgan masofani yayov yurib o’ting. Shunday qilib yuragingizni zo’riqtirib qo’ymang.

Pol Breeg “Yurak” nomlikitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: