Sabzavot va mevalar bilan ovqatlanish

Taomnomada sabzavot va mevalar bo'lishi shart

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda organizmni ichki tozalash, karbogidratlar hamda distillangan suv xususiyatlari haqida gaplashik. Bugungi mavzumiz, taomnomada sabzavot va mevalar bo’lishi kerakligi, lesitinning vazifalari va foydalari, yurak va asablar uchun soya kukunining ahamiyati haqida bo’ladi.

Taomnomada sabzavot va mevalar

Biz iste’mol qiladigan ovqatning beshdan uchini xom meva-sabzavotlardan to’g’ri tayyorlangan salat va desertlar tashkil etishi kerak. Ular nafaqat vitamin va organik moddalar bilan ta’minlaydi, balki organizmning to’g’ri ishlab turishi uchun talab qilinadigan hajm va namlikni beradi. Ular shuningdek, organizmdagi ishqorga bo’lgan reaksiyani saqlab turishga yordam beradi hamda ovqatga xilma-xillik, ta’m, rang va tuzilish baxsh etadi.

Sabzavotlarda yog’ va xolesterin mavjud emas. Salat va garnirlar organizmni vitamin hamda minerallar bilan ta’minlaydi. Sabzavotlar olovda pishirilsa, ba’zi bir vitamin va mineral moddalar yo’qotiladi.

Yangi tayyorlanga sabzavot sharbati kundalik ratsiondagi vitamin va mineral moddalarning ideal manbaidir. Ko’proq sabzi va lavlagi sharbati aralashmasini petrushka sharbati bilan ichish kerak. Ammo shu kabi juda mazali bo’lgan boshqa sabzavot sharbatlari aralashmasini ichsa bo’laveradi.

Sabzavot va mevalar bilan ovqatlanish

Lesitinning vazifalari va ahamiyati

Jigar organizmda xolesterin paydo qilishdan tashqari, lesitin deb atalmish muhim oziq substansiyani ham ishlab chiqaradi. Lesitin tabiatning eng muhim ne’matlaridan biridir. U o’tpufakda safro bilan aralashib, oshqozonni tark etgan yog’larni hazm qilishga yordamlashish uchun u bilan birga ingichka ichakka boradi. Lesitin – yog’larni ma’lum bir o’lcham va sifatda mayda bo’laklarga bo’lib beruvchi kuchli vakildir.

Lesitinning eng boy manbai soyadir. Biroq u boshqa narsalar tarkibida, yog’ bo’lgan mahsulotlarda ham uchratilgan (masalan, turli xil urug’larning kurtaklarida). Sotuvdagi lesitindan turli tuman sohalarda foydalaniladi. Jumladan, juda aniq mexanizmlarda moy sifatida, shuningdek, qandolatchilikda ham qo’llaniladi.

Demak, turli xil ko’rinishdagi soyani iste’mol qilish tufayli organizm yog’larni gomogenizatsiya qiladigan katta miqdordagi lesitinni qabul etadi va qon darajasini normallashtirib turadi.

Sog’lom yurak va asablar uchun soya kukuni

Sabzavot va mevalar bilan ovqatlanish

O’zini sog’lom hisoblovchi insonlar uchun kukun ko’rinishidagi soya tavsiya etiladi.

Lesitinga boy bo’lgan soya nafaqat yog’larning hazm bo’lishi uchun kerak, balki u asab va organizmning boshqa hujayralarida ham uchratilgan. Asab tizimi va bezlarning normal ishlashi ko’p darajada lesitinning muhim bir komponentlaridan biri bo’lgan fosfolipedning organizmda mavjudligiga bog’liq.

Asabiy va aqliy mehnat qiluvchi insonlar flegmatik (sovuqqon) insonlarga qaraganda ko’proq lesitin “yoqishlari” va shuning uchun unga ko’proq muhtoj bo’lishlari aniqlangan.

Oziqlanish fani asab tizimiga har kuni lesitin va B guruhidagi vitaminlar zarurligini o’rgatadi.

Pol Breegg “Yurak” nomli kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: