Salom do’stlar, bugungi mavzumiz, ko’p yeyishning zararlari, kam yeyish foydalari, ochlikning ahamiyati va foydalari, och qolish umrni uzaytirishi va me’yoriy ovqatlanish haqida bo’ladi.
Ko’p yeyishning zararlari
Soniyalar, daqiqalar, soatlar, kunlar o’tgan sayin bizning vafodor, sodiq yuragimiz hayotni saqlab turish uchun ishlayveradi. Har bir zarba o’rtasidagi qisqa vaqtdan tashqari, yurak bedorlik paytida ham, uyqu vaqtida ham uzluksiz ishlab turadi.
Yurak eng og’ir ishni inson ovqatlangandan keyin bajaradi. Yeyilgan ovqat qanchalik ko’p bo’lsa, yurak shunchalik ko’p ishni ovqat hazm qilish trakti orqali ulkan miqdordagi qonni haydab berish yo’li bilan bajarishi kerak.
Keragidan ortiqcha yeyish yurakka boshqa har qanday narsadan ko’ra ko’proq og’irlik beradi. Ko’pincha 10 ta taomdan iborat tushlikdan so’ng insonlarni yurak xuruji quvib yetadi.
Keragidan ortiq yeyish – og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin bo’lgan dahshatli odatdir. Dasturxon ustidan yana biroz yesam bo’lardi, degan his bilan turish kerak.
Kam yegan ko’p yashaydi
Hayvonlar ustida o’tkazilgan ilmiy tajribalar kam yegan ko’p va uzoq kuchga to’lib yashashini aniqladi va aniq isbotlab berdi.
Sekin ovqatlaning! Ovqatni astoydil chaynahg! Dilingiz g’ash bo’lsa, ovqatlanmang. Chaynalmasdan yutib yuborilgan ovqat oshqozonga juda ko’p ko’ngilsizliklar tug’dirishi va yurakka haddan tashqari ko’p og’irlik yuklashi mumkin. U yurakda gazlar bosimini hosil qiladi, natijada esa yurak xuruji sodir bo’ladi.
Agar ovqatlanish uchun vaqtingiz tig’iz bo’lsa, umuman ovqatlanmang! Uzoq umr ko’rish, o’zni yosh his qilish va sog’lom yurakni saqlab qolish uchun yomon odatlardan xalos bo’lish, ovqatlanishda sog’lom ko’nikmalar hosil qilish kerak.
Ochlik – bu yurak uchun dam olish
Agar siz baquvvat yurakni saqlab qolishni xohlasangiz, sizda bir- ikki ovqat tanovulini o’tkazib yuborish va hattoki ba’zida kun mobaynida ochiqish hissi paydo bo’lishi kerak.
Bir-ikki kun mobaynida ovqatdan umuman voz kechish oqibatida yurak qanday yaxshi dam oladi! Bu kunlarda sovuq distillangan suv ichish kerak. Issiqroq narsa ichmoqchi bo’lsangiz, bir piyola o’tli, masalan, yalpizli choyni ozgina asal bilan ichishingiz mumkin. Ammo ochiqish paytida hech qanday sharbat yoki taom istemol qilmang.
Och qolishdan qo’rqmang
Odatda, inson agar bir necha ovqatni o’tkazib yuborsa va ikki-uch kun davomida och yursa, uning organizmida xatarli o’zgarishlar sodir bo’ladi, deb o’ylaydi. Bu haqiqatga umuman to’g’ri kelmaydi. Biroq shifokor nazoratisiz uzoq vaqt och yurmang.
Faqatgina ochlik organizmga energiya va hayot kuchini berishi, yurak va ovqat hazm qilish tizimini mustahkamlashi mumkin. Ochiqish butun tanani tozalaydi. Qisqa vaqt davomida och yuring va bu qanday natijalar berishini tekshirib ko’ring.
Agar siz dushanba kuni kechqurungacha odatdagiday ovqatlansangiz, seshanba kuni tushlikkacha hech narsa yemang. Bu vaqtda distillangan suv ichish mumkin. Shu bilan ovqat hazm qilish va ajratish tizimlariga to’liq dam beriladi.
Haftasiga bir kun och yurish samarali natija beradi. Bu ochiqish qon aylanishini yaxshilab, barcha to’qimalarni tozalaydi, yurak va qon aylanish tizimini unda yig’ilib qolgan begona narsalardan xalos etadi.
Ochiqish paytida sizda bosh og’rig’i, kuchsizlik, ko’p gaz hosil bo’lishi mumkin. Bu esa ochiqish davolay boshlaganini bildiradi. Zaharlar organizmdan ajratish tizimi orqali chiqib ketganidan so’ng bu alomatlar o’tib ketadi.
Yiliga bir necha marta ochlik odatini takrorlab turing. Bu vaqtda distillangan suv iching va sharbatlar, mevalar istemol qilmang. Bu – to’liq ochiqishdir.
Pol Bregg «Yurak» nomli kitobidan.