Organizmni ichki tozalash

Qattiq suvning arteriyalarga salbiy ta'siri

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda chekishni tashlash hamda tamaki, alkagol zararlari haqida gaplashdik, bugun esa, organik va noorganik moddalar farqi, qattiq suvning qon tomirlarini bo’g’ib qo’yishi, organizmni ichki tozalash haqida bo’ladi.

Distillangan suvning ahamiyati

Toza elastik tomirlar va yaxshi qon aylanishiga ega bo’lish uchun nafaqat to’g’ri ovqatlanish, balki to’g’ri ichish han kerakdir. Organizmga borayotgan suyuqliklar toza va ozuqaviy bo’lishi kerak.

Har bir inson kuniga 6-8 stakan yomg’ir yoki distillangan suv ichishi kerak. Yomg’ir suvi – inson uchun ideal ichimlikdir. Bu – toza, distillangan suv. Agar yomg’ir suvi topilmasa, dorixonalardan distillangan suv xarid qilish kerak.

Distillangan va yomg’ir suvi tomirlar devorlariga o’rnashib qoluvchi organik bo’lmagan moddalarni o’z ichiga olmaydi. Undan farqli o’laroq, buloq va daryo suvlari inson organizmida hech eriy olmaydigan noorganik moddalardan iborat. Ular qon tomirlarini uydagi suv oqayotgan temir quvurlarni kemirgani kabi kemirib tashlaydi.

Organizmni ichki tozalash

Qattiq suvning arteriyalarga ta’siri

Inson organizmi keng qon aylanishi tizimiga ega. Sog’lom yurak toza arteriyalar bilan ular orqali qon erkin harakatlanib, yurakka bir maromda va unumli ishlashiga imkoniyat berishi uchun birgalikda faoliyat ko’rsatishi kerak.

Qattiq suv istemol qilinsa, tomirlarning ichki devorlarida organizm o’zlashtira olmaydigan noorganik moddalar yig’ilib qoladi. Qon miqdori ma’lum bir darajadan kamayganida kasallik bilan jarohatlangan yurak qismlari boshqa faoliyat ko’rsata olmaydi. Yurak mushagining qaysidir bir qismi ishdan to’xtagan paytda o’limga olib kelishi mumkin bo’lgan yurak xuruji paydo bo’ladi.

Bunday bekilib qolishlar arteriyalarda va boshqa istalgan tomirlarda paydo bo’lishi mumkin. Agar ular miyaga boradigan tomirlarda paydo bo’lsa, falaj xavfini tug’diruvchi og’ir izdan chiqishlar ro’y beradi.

Ateroskleroz paytida arteriyalar tomirlar ichki devorlarida yig’ilib qolgan ajralmalar oqibatida o’zining elastiklik va qayishqoqligini yo’qotib, qattiq va mo’rt bo’lib qoladi. Qon tomiri tizimi shunchalik bekilib qolishi mumkinki, tana hujayralari va uning hayotiy zarur a’zolariga kislorod hamda oziq olib boruvchi qon o’tolmay qoladi.

Ko’pchilik insonlar arteriyalar yosh o’tgan sari qotib boradi, deb hisoblashadi. Biroq kalendar yillari tomirlardagi noorganik moddalarni chiqarib tashlamaydi. Vaqt zaharli emas! Vaqt tanaga tahdid soluvchi kuch emas! Vaqt – bu o’lchov xolos. Yoshingizni o’zingizning barcha qiyinchiliklaringiz aybdori deb hisoblamang. Aybdor deb tabiat baxsh etgan noyob organizmingiz haqida qayg’urmaganingiz uchun faqat o’zingizni aytishingiz mumkin.

Organizmni ichki tozalash

Organik va noorganik moddalar farqi

Noorganik moddalar passivdir, bu esa ular organizmda o’zlasha olmasligini bildiradi.

Organik moddalar – jonli tabiat elementlaridir Ularning 16 tasi inson organizminihg asosiy tarkibiy elementlaridir. Hayvonlar organik moddalarni o’simliklardan oladilar. Insonlar esa uni ham o’simliklar, ham hayvonlardan oladilar. Faqatgina tirik o’simliklar noorganik moddalarni tuproqdan chiqarib, uni organik moddalarga aylantira oladilar. Hayvon ham, inson ham bunga qodir emas.

Agar sizni hech narsa o’smaydigan kimsasiz orolga tashlashsa, ochlikdan o’lib ketasiz. Tuproq organizmga kerakli bo’lgan barcha 16 ta moddani o’z ichiga olsa-da, inson uni o’zlashtira olmaydi.

Organik moddalar hayot uchun zarur, ular sababli biz tirik va sog’lommiz. Noorganik moddalar esa bizni o’limga olib kelishi mumkin.

Pol Breegg «Yurak» nomli kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: