Miriqib uxlash – baquvvat yurak garovidir

Qancha va qanday uxlash kerak

Salom do’stlar, bugungi mavzumiz, qancha va qanday uxlash kerak, uxlashning yurak uchun, salomatlik uchun foydaligi haqida bo’ladi.

Qiziqarli savol javoblarga o’tish

Uxlashning salomatlik uchun foydaligi

Pulga karavot sotib olish mumkin, ammo uyqu emas; kitob, ammo aql emas; taom, ammo ishtaha emas. Dabdabali liboslar sotib olish mumkin, ammo go’zallik emas; dori, ammo salomatlik emas; zeb-ziynat, ammo madaniyat emas; o’yin-kulgu, ammo baxt emas; din, ammo najot emas.

Ibtidoyi odamlar tongda turib, erta vaqtini jismoniy faollikka bag’ishlashgan. Kunning o’rtasida ular to’yib ovqatlanib, uxlashgan. Bir soat o’tgandan keyin ular kunning ikkinchi yarmidagi ishga shay bo’lib uyg’onishgan. Quyosh botganda esa ular yana uxlashga yotishgan. Shunday qilib, ibtidoyi odam sutkasiga 12 soatdan uxlagan va bedor bo’lgan.

Zamonaviy odam ertalab uyg’onadi va kunni katta zo’riqish bilan o’tkazadi. Uning kuni stresslar, hayajonlar va tashvishlar bilan to’la. Kundalik ovoragarchilikdan biz har kungi tushlikdan keyingi uyquni esdan chiqarib qo’ydik. Uning ustiga, zamonaviy odam choy, qahva, alkogol, sigaretalar, shakar, muzqaymoq, konfetlar bilan o’zini «stimulyatsiya» qiladi.

Hattoki tunda ham yorqin chiroqlar uning bedor bo’lishiga sabab bo’ladi. Barcha o’yin-kulgu va mehmon kutishlar tunda boshlanadi va aynan shu vaqtda tungi klublar o’z eshiklarini ochishadi. Chiroqli reklama uni ekrandagi to’lqinlantiruvchi va qiziqarli voqealarni tomosha qilishga undaydi. Uxlashning o’rniga u «baxt» deb nomlanmish tutqich bermas holat orqasidan quvib yuradi.

Bedor holda qolish uchun dori yoki qahva ichishadi. U doimo asab tizimini zo’riqtiradi. Bularning barchasi yurakka halokatli ta’sir ko’rsatadi.

Zamonaviy insonning asabi shunchalik oriqki va tarangki, u uxlashga yotganida uxlay olmaydi. Yaxshi dam olish va miriqib uxlashsiz baquvvat yurak, o’tkir aql va sog’lom asab tizimi bo’lmaydi.

Uyqu – sog’lom yurak uchun asosdir. Uxlash taomdan ham kerakliroqdir. Hech kim bir necha kundan ortiq uyqusiz yashay olmaydi.

Miriqib uxlash - baquvvat yurak garovidir

Qancha va qanday uxlash kerak

Haqiqatdan ham, biz qancha uxlashimiz kerak? Bu savolga aniq javob berish mumkin emas. Odamlar bir-biridan farq qiladi. Shubhasiz, ba’zilarning uyquga bo’lgan ehtiyoji ko’proq, ba’zilarda esa – kamroq. Katta hayotiy kuch zahirasiga ega bo’lgan insonlar uyqu paytida uning yo’qolgan qismini tez tiklab olishlari mumkin. Kuchsiz, past funksional layoqatga ega bo’lgan insonlarga esa tiklanib olish uchun ko’proq vaqt kerak bo’ladi.

Shubhasiz, har kungi uyqu uchun ko’pchilikka 7-8 soat, ba’zilarga, ayniqsa, ayolllar va bolalarga ko’proq kerak bo’ladi. Ularga ko’pincha hattoki 9-10 soatdan ham ko’proq vaqt ketadi.

Sog’lom yurak egasi bo’lish uchun sutkasiga, albatta, 8 soat uxlash zarur. Buning ustiga uning 1-2 soati tunning yarmigacha bo’lishi muhim. Tunning yarmigacha bo’lgan bu vaqtdagi bir soat uyqu tundagi 3 soat uyqu o’rnini bosadi.

Miriqib uxlash - baquvvat yurak garovidir

Qanday uxlash kerak

Yer tebranishi fazasida bo’lish uchun boshni Shimolga qaratib yotish kerak. Ayvonda yoki yaxshi shamollanib turadigan xonada uxlash afzal.

Ob-havo bunga yo’l qo’ysa, shir yalang’och yoki tungi kiyimda uxlash lozim.

Yurak boshga qon haydab zo’riqmasligi uchun yostiqsiz yoki yumshoq va tekis yostiqda yotgan yaxshi.

Qattiq to’shakda yoki yumshoq par to’shak ostiga taxta qo’yib yotish yaxshi. Bu mushaklarning hordiq chiqarishiga, hayotiy zarur a’zolarga bo’lgan bosimni kamaytirish va yumshoq to’shak ta’sirida yopilib qolayotgan qonning aylanishini tiklashga yordam beradi.

Poyezd, samolyot, kema, avtobus va avtomobillarda tovush va shovqinlarni eshitmaslik uchun po’kakli quloq probkalaridan foydalaning. To’liq jimjitlikda uxlash yaxshi. Chunki shovqinning vibratsiyali ta’siri yurak, qon va asab tizimlariga zarar ko’rsatadi.

Inson bir o’zi uxlashi kerak. Agar ikki kishi birga uxlasa, bu ularga salomatlik olib kelmaydi. Chunki bir odamdan chiqayotgan toksinlarni ikkinchi odamning terisi shimib olishi mumkin. Ular nafas olish, xurrak otish, notinch uxlash bilan bir-birlariga xalaqit berishlari mumkin. Inson tunda agar bir o’zi uxlasa, ko’proq hayotiy energiya jamlaydi. Er-xotinlar yonma-yon, ammo o’zlarining shaxsiy to’shaklarida uxlashsa, tetik va dam olgan hollarida uyg’onadilar. Agar buning iloji bo’lmasa karavot ikki kishilik bo’lishi kerak.

Pol Bregg «Yurak» nomli kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: