Salom dustlar! Bugungi hikoyamiz, boylik va kambag’allik hakida bo’ladi.
Bir shaharda kambag’al odam yashardi, u o’zining kambag’alligidan qayg’urar edi. Nega bu dunyoda odamlar qiynalib yashaydi, nega Olloh kimnidir boy, kimnidir kambag’al qilib yaratgan. Nega Olloh boylik bermaydi, nega kambag’allarga rahm qilmaydi. Nega boylar kambag’allarga ko’p-ko’p pul berib yordam qilmaydi degan savol unga tinchlik bermasdi.
Kunlarning birida u bir shaharda dono donishmand borligini eshtib, o’zini qiynab kelayotgan savollarga javob olish uchun o’sha donishmandning uyiga boradi. U donishmandning uyiga borib qarasa donishmand juda badavlat boy ekan. Donishmandning uyini ko’rgan kambag’al u yerga kirishni xohlamaydi va ortiga qaytishga qaror qiladi.
Shu payt uyning darvozasi ochilib donishmand chiqib qoladi va kambag’alni ko’rib, nega qaytib ketyapsan. Bu yerga nega kelganingni unitdingmi, menga savol bermoqchi eding, so’ramay ketaverasanmi, deb qoldi. Kamabag’al hayron bo’lib, sizga savolim borligini kim aytdi, qayoqdan bildingiz deb so’radi. Sen kimni oldiga kelganingni unutding shekilli, axir men donishmandman, mening oldimga kim nima maqsadda kelganini yaxshi bilaman, uyalma beraver savolingni deydi.
Kambag’al biroz o’ylanib turdida, ey donishmand, qani aytchi, nega Olloh nochor kambag’allarga yordam bermaydi. Nega Olloh boylik bermaydi, axir Olloh bitmas tuganmas boylik egasiku, mana sen ham badavlat ekansan deydi. Bilasanmi sening shahringda qanchadan qancha kambag’al bor, ularning yeyishga noni ham yo’q axir, bu adolatsizlikku. Kimdir hamma narsaga ega, boshqalarning esa hech vaqosi yo’q.
Xo’sh, boylik va kambag’allik hakida donishmand nima dedi…
Kambag’alni savolini eshitgan donishmandning javobi
Senga o’z boshimdan kechirgan bir voqeani aytib beraman. Avvallari meni ham anashu savollar qiynardi, kambag’al nochor odamlarni ko’rsam chiday olmasdim. Bir kun ustozimga uyimni sotib pulini kambag’allarga berishimni aytdim. Ustozim esa, men bunday qilmagan bo’lardim dedi, kulimsirab. Men ustozimga quloq solmay ertasi kuni uyimni sotib ikkita kambag’alga bo’lib berdim. Bu ishimdan juda xursand bo’ldim, o’shanda juda yaxshi ish qildim deb o’ylagandim, lekin adashkan ekanman.
Men o’sha kambag’alga yaxshilik qilaman deb yomonlik qilib qo’yganimni keyin tushindim. Ularni baxtli qilaman deb aksincha baxtsiz qilib qo’ydim. Chunki, ikkala kambag’al ham pul bermasimdan oldin boriga shukur qilib baxtli hayot kechirishardi. Pul berganimdan keyin esa, kambag’allardan biri xasislik balosiga giriftor bo’ldi. Puli tugab qolishidan qo’rqib hech narsa yemay qo’ydi, o’g’ri tunab ketishidan xavotirda, tunlari uxlay olmaydigan bo’ldi, tinchligi yo’qoldi.
Ikkinchisi esa, aksincha pulni qadriga yetmay xohlagancha sarf qildi, ko’ngli nima xohlasa shuni qildi, oxir oqibat puli tugab odamlardan qarz oldi, chunki u yengil hayotga o’rganib bo’lgandi. Axiri qarzga botib boshi g’am tashvishdan chiqmay qoldi. Ikkala kambag’al ham mendan minnatdor bo’lmadi. Raxmat o’rniga la’nat aytishdi, mendek ilimli odamni shayton deb haqorat qilishdi. Shundan buyon boylikni qadriga yetmaganlarga pul bermaydigan bo’ldim.
Chunki, boylikni qadriga yetmagan odam pul bilan bahtli bo’lmaydi. Olloh ham shunday, u rahimli, bizni yaxshi ko’radi, lekin pulni nima ekanligini tushunmaganimizcha Olloh boylik bermaydi. Kimki sabr bilan mehnat qilsa, pulning nima ekanni tushunib yetsagina boylik berib sinaydi. Barcha yaltiragan narsa oltin bo’lmaganidek, ko’zimizga baxt bo’lib ko’ringan narsa tavqi la’nat bo’lishi ham mumkin, deydi donishmand.