F-harfiga oid tushlar ta’birlari – 22

F harfiga oid tushlar ta'birlari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimiz O’ harfi, U harfi va T – harfiga oid tushlar ta’birlari haqida bo’ldi, bugungi mavzumizda esa, F – harfiga oid tushlar ta’birlari, unga to’liq izohlar, tushda farishta, folbin, suralar o’qisa nima bo’ladi, batafsil ma’lumot beramiz.

Insonlarga oid tushlar ta’birlari

Firibgar – tushda firibgani ko’rish aldovdan ehtiyot bo’lish, firib yeyish natijasida yomon kayfiyat, stress, vijdon azobiga uchrashdan darak. Tushda o’zini firibgar sifatida ko’rsa, xulqini yaxshi tomonga o’zgartirish kerak.

Firuza – Agar sevishganlar tushlarida firuza toshini ko’rsalar, o’nglarida baxtiyor bo’ladilar.

Folbin – u tushda baxtli hayot, ijobiy hissiyotlar va salomatlik. Tushda folbinning valdirashini eshitish o’ngdagi muvaffaqiyatsizlikka ishora. Tushingizda o’zingiz fol ochayotgan bo’lsangiz, o’ngingizda biron narsaga ega bo’lasiz.

Farishta – kasal odam farishta ko’rsa, og’ir darddan so’ng sog’ayadi. Sog’lom odam farishta ko’rsa, yaxshi kayfiyat, organizmdagi jismoniy va ruhiy kuchning ko’pligi, ichki hamohanglikni bildiradi.

Farosat – agar tushingizda farosatingiz yaxshi bo’lsa, o’ngingizda ham biron ishda farosatlilikni namoyon etib, odamlar e’tiborini tortasiz.

Farrosh xotin – tushda farrosh ko’rsangiz va uning qo’lidagi chelak bo’sh bo’lsa kasallikka ishora.

Fartuk, belbog’ – u tushda xizmatkorga dalolat. Gohida u haj va ehtiromni bildiradi.

F – harfiga oid tushlar ta’birlari suralar bo’yicha

F-harfiga oid tushlar ta'birlari - 22

Fath surasi – Ibn Sirin aytadilarki, agar tushida Fath surasini o’qisa, dalildirki, har yerda unga zafar yor bo’ladi.

Fil surasi – Ja’fari Sodiq aytadilarki, agar tushida Fil surasini o’qisa, dushmani ustidan zafar qiladi.

Furqon surasi – agar tushida Furqon surasini o’qisa, botildan judo bo’ladi, Haq yo’liga kiradi.

Fussilat surasi – Kirmoniy aytadilarki, agar tushida Fussilat surasini o’qisa, salohi dinda bo’ladi.

Fotir surasi – Ibn Sirin aytadilarki, agar tushida Fotir surasini o’qisa, oqibati xayrli bo’ladi, toatga mashg’ul bo’ladi.

Fotiha surasi – Ibn Sirin aytadilarki, kimki tushida Fotiha surasini o’qisa, o’ngda umri uzoq va ishi yaxshi bo’ladi.

Hahvonlarga oid ta’birlar

Fil tishi – tushda fil tishini ko’rmoq, o’ngdagi boylik, martaba, omadga ishoradir.

Fil – u tushda ajamiy, qalb ko’zi ko’r, haybatli, urush va jangni biladigan podshohdir. Kim tushida fil minsa yoki unga ega bo’lsa, martabasi oshadi. Hurmat – e’tiborda uzoq umr ko’radi.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: