Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda qomatning go’zalligi hamda uzoq umr ko’rishning asosiy shartlari haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, piyoda yurishning foydalari, piyoda sayohat, yugurish va uni qanday boshlash haqida bo’ladi.
Piyoda yurishning foydalari
Jismoniy faolliklar ko’rinishi ichida tananing katta qismini harakatga keltiradigani – bu piyoda yurishdir. Piyoda yurish vaqtida gavdani tik tutib, chuqur-chuqur nafas oling. Qo’llarni harakatga keltirib zarb bilan yurishga harakat qiling. Tez yurish mashqlar qirolidir.
Kuniga bir necha kilometr yo’lni yayov bosib o’tishingiz kerak. Piyoda yurish maxsus jihozlarni talab qilmaydi. Buning ustiga u bilan siz har qanday qulay vaqtda shug’ullanishingiz mumkin. Har qaysi inson piyoda yura oladi, istalgan joyda, xohlagan vaqtda. Piyoda yurish o’rniga golf o’ynashingiz ham mumkin.
Agar siz toza havoda sayr qilishga imkon topa olmasangiz, xonaning ichida, yo’lakda, balkonda, qayerda havo ko’p bo’lsa, o’sha joyda aylanib yuring. Bu piyoda yurmaslikdan ko’ra yaxshiroq.
Yurish paytida sizda yaxshi kayfiyat bo’lishi va ko’nglingiz g’ash bo’lmasligi kerak. Agar sizni atrofingizdagi tabiat qiziqtirmasa, ma’naviy hayot haqida o’ylang. Piyoda yurish vaqtida siz jismoniy harakatni ma’naviy harakatga aylantirasiz. Shu yo’l bilan barcha g’ubor va tashvishlardan xalos bo’lasiz. Piyoda yurish aqlni tozalaydi, uni ijobiy fikrlar bilan to’ldirib, sizni salomatlikka boyitadi.
Yiliga bir marta mamlakatning o’zingizga yoqqan qismida kuniga 20-25 kilometr piyoda yurib sayohat qilish juda foydalidir.
Hayot uchun yuguring
Har kuni hayot uchun yuguring, chunki yugurish mashqi yurak xurujlaridan xalos bo’lishga yordam beradi. Mayda qadamlar bilan yugurish kerak. Bu bir me’yordagi bosh ko’tarilgan, yelka rostlangan va qo’llar bo’sh qo’yilgan holatidagi yengil qadamdir. Barcha sportchilar yugurishning bu turini mashg’ulotlarning eng yaxshi shakli deb hisoblashadi.
Har bir inson o’zi uchun qulay vaqtni tanlashi kerak. Spot bilan shug’ullanish jismoniy va aqliy rivojlanish, emotsional kayfiyatni rag’batlantirish uchun juda muhim. Individual jismoniy holatga va yoshga to’g’ri keluvchi kundalik yugurish mashqlari chidamlilikni oshiradi, umumiy holatni yaxshilaydi. Farovonlik tuyg’usini vujudga keltiradi, organizmning kasalliklarga bo’lgan qarshiligini oshiradi.
Sport bilan shug’ullanish yurakni mustahkamlaydi va umr davomiyligini uzaytiradi.
Sport – salomatlikni bir maromda ushlab turuvchi vosita
Kasbi-koringiz kim bo’lishidan qat’iy nazar, sport bilan albatta shug’ullaning
Kundalik yugurish, kichik qadamlar bilan yugurish yoki tez yurish mashqlari – salomatlikning qat’iy stabilizatoridir. O’z salomatligi holatining yaxshilangani va ozib qolganini his qilish, ayniqsa, ayollarni quvontiradi. Bel chizig’i – bu hayot chizig’i.
Kelishgan, oriqqina qomatli inson hamisha yoshroq va jozibaliroq ko’rinadi. Agar siz sovuq va yomg’irli kunlarda yugura olmasligingizni his qilsangiz, yugurishni turgan joyingizda, oyoqlaringizni galma-gal chamasi 20 santimetr balandlikka ko’tarib bajaring. Mashqni xotirjam bajarish kerak. Tempni sekin-asta tezlashtirib, yugurish davomiyligini oshirib borish afzal. Yugurish mashqlarini havo ko’proq bo’lgan joyda – ayvonda, yo’lakda, balkonda, eshik oldida, xonada bajaring.
Yugurish mashqlarini qanday boshlash kerak
Ugurish uchun tovoni qalinlashgan rezina tagli oyoq kiyim kerak. Lekin qaysi oyoq kiyimda yugurishingiz muhim emas. Tovonlarni yugurish natijasida ishqalanishdan asrash juda muhum. Ammo oyoqlar yupqa tagli oyoq kiyimda ishqalanib ketishi, bu esa noqulaylik tug’dirishi va hattoki kayfiyatni tushirib yuborishi ham mumkin.
Oyoq kiyim juda tor va juda keng bo’lishi kerak emas. Ko’pincha oyoqlar yugurish paytida qon sirkulyatsiyasi kuchayib ketishi oqibatida shishib ketadi. Agar oyoq kiyim juda tor bo’lsa, qavariqlar paydo bo’lishi mumkin. Paypoqlar ham oyoqda yaxshi joylashib turgan bo’lishi kerak.
Yugurishni o’ta mayda qadamlar bilan boshlash yaxshi. Chunki u silkinishlarni yumshatadi, bu esa gavdali insonlarga qulay. Sekin boshlangan yugurish mushak va paylarga mustahkamlashish va ishlab ketish imkonini beradi.
Pol Breegg «Yurak» nomli kitobidan.