Qon aylanishini kuchaytirish

Qon aylanishini yaxshilashda suv mashqlari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda yurish va yugurishning inson salomatligiga foydalari hamda piyoda yurishning jismoniy foydalari haqida gaplashdik, bugun esa, qon aylanishini yaxshilash uchun suv mashqlari, mashqlarning buyraklar uchun ahamiyati, qon aylanishining kuchayishi haqida bo’ladi.

Qon aylanishini yaxshilash uchun suv mashqlari

Suv mashqlari jarayoni butun tanadagi qon aylanishini yaxshilashga xizmat qiladi. Bu uchun katta cho’tka yoki boshmaldoqli mochalka, yaxshi atir sovun bo’lagi va katta dag’al sochiq kerak bo’ladi.

Dush tagiga turing va chiday oladigan darajadagi qaynoq suvni oching. So’ng sovunlangan cho’tka yoki mochalkani butun tanangizga surtib chiqing. Dastlab teriga ziyon yetmasligi uchun tanaga ehtiyotkorlik bilan surting. Teri o’rganib olgani sari ishqalashni kuchaytirishingiz mumkin.

Tanani issiq suv bilan yuvib tashlab, suvni sekin-astalik bilan sovutishni boshlang. Biroq noxush tuyg’u tug’diradigan darajada sovutmang.

Charchagan mushaklar hordiq chiqarishi va qon aylanishini tiklashning ajoyib usuli issiq va sovuq suvlarni navbatma-navbat almashtirishdan iborat. Suvning kuchli oqimini yelkangiz va orqangizga qarating hamda suv haroratini bir necha marta o’zgartiring.

Ishbilarmon kishilar uylariga zo’riqqan va charchagan hollarida qaytganlarida tushlikdan oldin hordiq beradigan dush qabul qilishlari maqsadga muvofiqdir. Bu ularni tetiklashtiradi va tinchlantiradi.

Qon aylanishini kuchaytirish

Suv mashqlari tanani zo’riqtirmaydi

Tanani bo’shashtirish uchun suv haroratini bir necha marta sekin astalik bilan biroz sovuqroq, biroz issiqroq qilib almashtiring. Lekin chidab bo’lmas darajadagi haroratdan saqlaning. Bu issiq-sovuq dush yurak-qon tomiri tizimining ajoyib rag’batlantiruvchisidir. Chunki qon aylanish tizimi issiq va sovuq suv ta’siri oqibatida turli xil tartibda ishlashni boshlaydi.

Issiq suvda sovunni yuvib tashlang, mochalkani chayib, u bilan endi sovuq suv yoqib tanani ishqalashni boshlang. Dastlabki kunlarda teriga ziyon yetmasligi uchun ishqalashni ehtiyotkorlik bilan bajaring. Keyinchalik teri ko’nikkani sari uni qizg’in suratda olib borishingiz mumkin.

Qon aylanishi kuchaygani oqibatida terida yengil achishish his qilganingizda suvni o’chirib, katta dagal sochiqni oling. Bu sochiq bilan 10 daqiqa davomida boshingizdan barmorlaringiz uchigacha bo’lgan har bir santimetrini arting va ishqalab chiqing. Bu jarayondan keyin qonning tez aylanishi tufayli tana yoqimli qiziydi.

Qon aylanishini kuchaytirish

Jismoniy mashqlarning buyraklarga foydaligi

Kimki sport bilan shug’ullanishga vaqt topa olmasa, kasallik uchun vaqt topishga majbur bo’ladi.

Lord Derbi

Buyraklar organizmda filtr vazifasini bajaradi. Ular organizmda eng aktiv a’zodir. Beldagi engashish va aylanish mashqlari buyraklarni rag’batlantirishga yordam beradi. Ular unumliroq ishlashni boshlaydilar.

Buyraklarning rag’bati uchun bo’lgan mashqlar:

  1. To’g’ri turing, qo’llar tepada bo’lsin. Egilib, oyoqlarni bukmasdan qo’llaringizni oyoqlar barmog’iga tekkizishga urinib ko’ring. Rostlaning, qo’llarni tepaga ko’tarib, iloji boricha orqaga bukiling.
  2. Qo’llarni bosh tepasiga ko’tarib, birlashtiring hamda navbat bilan chap va o’ng taraflarga iloji boricha pastroq engashing.

Organizmning ajralib chiquvchi mahsulotlarining asosiy qismi buyraklar orqali o’tishi sababli har kuni buyraklarga rag’bat beruvchi mashqlarni bajaring. Har bir mashq miqdorini 10 tadan 50 taga yetkazing.

Pol Breegg «Yurak» nomli kitobidan

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: