Oziq ovqat maxsulotlardan zaharlanish, birinchi tez tibbiy yordam

Озик-овкат махсулотларидан захарланиш

Oldingi maqolalarimizda qandli diabet, qonni suyultirish hamda meda yarasi va behuzurlikni davolash haqida gaplashdik. Bugun esa, eskirib qolgan (aynib qolgan) oziq-ovqat maxsulotlaridan zaharlanish (go‘sht, kolbasa, baliq, konserva, sir va boshkalar) hamda zaharli zamburug‘lardan zaharlanish haqida gaplashamiz. Belgilari – qorinda og‘riq turib qayt qilishi, ich surishi, bosh og‘rishi va aylanishi, darmon qurishi hamda og‘ir xollarda bemorning xushdan ketishi. Bunda darxol vrachga murojat qilish zarur.

Qo’ziqorindan zaharlanish aksari bahor-kuz faslida ko‘p uchraydi. Umum qabul qilingan klassifikatsiyaga kura, qo’ziqorinlar yeb buladigan, ya’ni yeyishdan oldin pishiriladigan (smorchok, strochok, svinushka, volnushka) va zaharlilarga bo‘linadi. Zaharlanishga zaharli va shartli zaharli qo’ziqorinlar sabab buladi. Hammadan ko‘p tarqalgan zaharli qo’ziqorinlarga oq poganka, muxomor, soxta opyat kiradi, Oq pogankadan zaharlangan odamlarning 90 foizi o‘ladi.

Oziq-ovqat maxsulotlaridan zaharlanish alomatlari odamda yashirin davrdan keyin yuzaga chiqadi. Bu alomatlar to’satdan paydo bo’ladi va tez zurayadi (odamning kungli ayniydi, qusadi, qornida ogriq turadi, ichi ketadi, ba’zan qon va shilliq aralash  keladi).

Qo’ziqorindan zaharlanish

Bolalarda oziq-ovqat maxsulotlaridan zaharlanish juda ogir kechadi, ko’pincha o‘lim bilan tugaydi. Qo’ziqorindan zaharlanganda vrach kelgunicha bemorning me’da va ichagini yuvib, o‘rniga yotqizib qo’yiladi. Me’dani iliq suv, soda eritmasi yoki kaliy permanganatning nimtatir eritmasi bilan yuvish mumkin, Ichakni tozalash uchun kanakunjut moyi yoki taxir tuz ichiriladi, ichakni butunlay tozalash uchun klizma qilinadi. Qusish va ich ketishi natijasida yo‘qotilgan suyuqlik o‘rnini to‘ldirish uchun bemorga sho‘rroq suv yoki achchiq choy ichirish kerak.

Qo’ziqorindan zaharlanganda alkagolli ichimlik ichish yaramaydi, chunki u zaharning organizmga so‘rilishini tezlashtiradi. Qo’ziqorindan kuchli zaharlangan bemor kasalxonaga qanchalik tez olib borilsa, xayotini saqlab qolish shunchalik mumkin buladi. Zaharli o‘simliklardan zaharlanish yilning issiq paytlarida bahorda, yozda, kuzda notanish o‘simliklar va qo’ziqorinlarni yeydigan sayyoxlar, shuningdek, yozda dam olishga chiqqan bolalar o’rtasida ko‘p uchraydi. Davolanish maqsadida vrach maslaxatisiz o’z bilganicha o‘simliklardan foydalanish ham zaharlanishga sabab buladi. O‘simliklardan zaharlanishda asosan nerv sistemasi zararlanadi.

Oziq-ovqat maxsulotlaridan zaharlanish va sodir bo’ladigan alomatlar

Bemor bezovtalanadi, oyoq-qo’llari tirishadi, o‘ylamay-netmay ko’ngliga kelgan ishni qilmoqchi bo’ladi, yo‘q narsalar, voqiya-xodisalar unga seziladi, teri qichishadi, ko‘z oldida mayda xasharotlar uchib yurgandek bo’ladi, ko’z qorachiqlari ancha kengayadi,  teri quruq va issiq bo’ladi, yutish qiyinlashadi„ puls va nafas tezlashadi.

oziq-ovqat maxsulotlaridan zaharlanish, va davolash

Belladonna, bangidevona, koramug, akonit, shuvok, mingdevona va boshqalardan zaharlanganda shunday bo’ladi. Ko’knori, kirqbo’gin, pikuli va boshkalardan zaharlanganda ham yuqoridagi alomatlar kuzatiladi.

Kuchli zaharlanganda nerv sistemasi falajlanadi. Ko’pchilik zaharli o‘simliklar hazm yo’llari shilliq pardasiga kuchli ta’sir qiladi, bunda qorin og‘riydi, ko‘ngil ayniydi, bemor qusadi, ichi ketadi, organizmi tezda suvsizlanib, juda holi quriydi, xansirab qoladi, yurak faoliyati sustlashadi. Yurak faoliyatini buzadigan zaharli o‘simliklarga angishvonagul, marvaridgul, adonis (goritsvet), oleandr, xususan, morolqulok damlamasi sabab buladi.

Bemor o‘simlik maxsulotlaridan zaharlanish

Zaharli o‘simliklardan zaharlangan bemorlarni davolash zaharni turli ziddizaharlar bilan chiqarib tashlashdan iborat. Zaharlangan odamga vrach yetib kelguncha tezda 1-2 stakan suv (1 stakan suvga 1/2 choyqoshik osh tuzi solib) ichirilib, 5-6 marta qustirish, keyin 80-100 g qora suxari yoki aktivlangan ko‘mir (3-4 tabletka), surgi dori – natriy sulfat yoki magniy sulfat (30-60 g)ni yarim stakan suvda eritib ichirish juda muxim.

Zaharlanishning oldini olish uchun yaxshi bilmaydigan o’simlik, qo’ziqorinni, qishda noto’gri saqlangan kartoshkani, don, grechika, no’xatni ovqatga ishlatmaslik, vrach maslaxatisiz uyda o’simliklardan dori tayyorlamaslik, vrach buyurgan dorini belgilangan dozadan ortikcha ichmaslik va bolalarga rezavor-meva hamda qo’ziqorin yedirmaslik, tibbiyotdan bexabar odamlarda davolanmaslik kerak.

“Birinchi tez yerdam” kitobidan:
Tuzuvchilar: E Tolipov; Z Xamdamova;
Muxarrir: A Xamro Qizi
Takrizchi:
Toxir Ibragimov
tibbiet fanlar doktori, professo

Rating
( 4 assessment, average 4.25 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: