Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda qandli diabetda parhez ovqatlanish, qandli diabetni xalq tabobati bilan davolash hamda ertalabki va kechgi mashqlar haqida gaplashdik, bugungi mavzumizda, salomatlikni qanday tiklash mumkin, sog’ligimiz o’zimizga bog’liqligi, eng muhim omillar haqida gaplashamiz.
Sog’ligimiz – boyligimiz
Dunyoda 15-20 yil davomida «mol to’plab» yashovchi johil insonlar soni qanchadan-qancha!
Ular yurak xuruji yoki biror-bir boshqa xastalikka yo’liqqanlarida: «Men juda bir zo’riqish bilan ishladim. Mening barcha xastaliklarim stresslar oqibatida…» degan gaplar aytishadi.
Bo’lmagan gap! Agar bu kishilar o’z organizmlariga yetarlicha e’tiborli bo’lganlarida ham pul ishlab, ham sevina olarli darajadagi ajoyib bir salomatlikka ega bo’lar edilar.
Boy kishilar: «Men sog’lik uchun barcha boyligimni berib yuborgan bo’lardim», deganlarini necha marta eshitganmiz. Lekin ular biroz mulohaza bilan ish ko’rib, aqlni ishga solganlarida edi, unga ham, bunga ham sazovor bo’lardilar. Ularga kerak bo’lgan narsalar – tananing tuzilishi haqidagi elementar bilimlar, va sog’lom aql, xolos.
Inson o’z organizmining asosiy vazifalari haqida va turli xil suiiste’molliklardan o’zini qanday saqlashi mumkinligini bilishi zarur.
Ko’pchilik insonlar karera uchun yillar sarf qilishadi. Ammo o’z sog’liklarini mustahkamlash uchun besh daqiqa ham sarf qilishni istashmaydi.
Salomatlik – bu uzoq va muvaffaqiyatli hayot poydevoridir.
Salomatlikni qanday tiklash mumkin
Inson organizmining eng g’aroyib xususiyatlaridan biri – bu tiklanish qobiliyatidir. Masalan, biror joyingizni kesib olsangiz, ko’p o’tmay, yangi to’qima yaralangan hujayralarni yangilaydi va jarohat bita boshlaydi. Biror suyak sinib qolsa, singan suyak davolanish jarayonida avvalgidan ham mustahkamroq bo’lib tiklanadi. Jarohat haqida biroz qayg’ursangiz, orttirilgan har qanday jarohat nisbatan tezroq tuzaladi.
Noto’g’ri hayot tarzi bilan yashab, organizmga yetgan zarar uncha namoyon bo’lavermaydi. Biroq, organizm uchun kuch va vaqtingizni ayamasangiz, unga bo’lgan uzoq e’tiborsizlikdan so’ng ham u yetarli darajada yaxshi tiklana olishi mumkin.
Ammo darhol mo’jizani kutmang. Organizmingizni ishdan chiqarish uchun siz ancha vaqt sarflagansiz. Shuning uchun ham uning tiklanishi uchun ko’p vaqt kerak bo’ladi.
Kasallikni davolashdan ko’ra, uning oldini olgan afzal
Biz tabiiy mahsulotlar bilan ovqatlanib, jismoniy faollik tamoyillari bilan turmush kechirsak, hayotimiz sog’lom va umrimiz uzun bo’ladi. Ko’pchilik insonlar kasallikning oldini olish uchun hech nima qilishmaydi. Kasallikning oldini olish choralari o’zimizga bog’liq. Har qanday yoshda qarimaydigan, sog’lom yurak bo’lishi kerak.
Biz energiyaning katta qismini quyosh energiyasi bilan to’yingan oziq-ovqat mahsulotlaridan olamiz. Shuning uchun salomatlikni saqlash yo’lidagi eng ahamiyatli omil – bu sog’lom ovqatlanishdir.
E’tibor qaratilishi kerak bo’ldan eng muhum omillardan biri – bu tananing bahaybat qon aylanish tizimi bo’ylab qonning sirkulyatsiyasidir. Yaxshi qon aylanishiga muntazam jismoniy faollik bilan erishiladi.
Natijalar sizning shu ikkala omilga sarflagan kuchingizga monand bo’ladi. Bunga mukofot – har qanday stressni ko’tara oladigan sog’lom yurak va tana bo’lishi mumkin .
Shunda siz hayot yo’liqtirishi mumkin bo’lgan barcha yomonliklarni tabassum bilan kutib olasiz.
Pol Bregg «Yurak» nomli kitobidan.