Qandli diabetda parhez ovqatlanish va quyuq taomlar

Qandli diabetda parhez taomlar, taomnoma

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda yuz falajini davolash, sistik kasalini davolash hamda ayollarda siydik yo’llarini davolash haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, qandli diabetda parhez taomlar tayyorlash usullari, qandli diabet taomnomasi, petseplar va tayyorlanish jarayoni haqida bo’ladi.

Lavashdan somsa

Kerakli masalliqlar: 200 gr qiyma, 1 bosh piyoz, 3 oshqoshiq yog’, 1 ta lavash xamiri, ta’bga ko’ra tuz, ziravor va ko’katlar.

Tayyorlanishi: 200 gr qiyma bilan piyozni yog’da ozgina qovurib olib, ko’katlar qo’shiladi. Sovigach lavash xamiriga solib, 4-5 qavat qilib o’raladi. Keyin uni pech yoki tovada pishirib olinadi. Mana shu zaylda mazali va parhezbop somsa tayyor bo’ladi.

Qandli diabetda parhez ovqatlanish va quyuq taomlar

Gulkaramli quymoq

Kerakli masalliqlar: 250 gr gilkaram, 1 dona tuxum, 1 oshqoshiq suli uni, 1 oshqoshiq qatiq, ta’bga ko’ra tuz, murch, 1 oshqoshiq yog’.

Tayyorlanishi: gulkaramni qaynatib, qiymalagichda (blenderda) maydalab olinadi. Unga tuxum, tuz, murch, bir oshqoshiq qora un yoki suli yormasi, bir oshqoshiq qatiq yoki suv qo’shib, yaxshilab aralashtiriladi. Tovaga bir oshqoshiq yog’ solib, xuddi quymoq singari pishirib olinadi.

Qandli diabetda parhez ovqatlanish va quyuq taomlar

Non palov

Kerakli masalliqlar: 3 bo’lak achitqisiz (drojasiz) qora non, 1 dona tuxum, 1 ta pomidor, 50 gr pishloq, 1 choy qoshiq sariyog’, 1 bo’lak sarimsoqpiyoz, ta’bga ko’ra tuz ko’kat va ziravorlar.

Tayyorlanishi: Tuxum idishga chaqilib, mayda to’g’ralgan pishloq, pomidor, sarimsoq, tuz, ziravor va ko’katlar qo’shib aralashtiriladi. Yupqa qilib kesilgan nonning ustiga sariyog’ surtiladi. So’ng tuxumli aralashmaga botirib olinib, pech patnisiga terib chiqiladi. 10 daqiqa past olovda pishirib olinadi.

Qandli diabetda parhez ovqatlanish va quyuq taomlar

Tuxumli non

Kerakli masalliqlar: 3 bo’lak qora non, 2 dona tuxum, 100 gr pishloq, ta’bga ko’ra tuz, ko’kat va ziravorlar.

Qandli diabetda parhez taomlar tayyorlash usullari: nonni kesib o’rtasidagi mag’zi olib tashlanadi. Bitta idishga tuxum, to’g’ralgan ko’kat, tuz, ziravorlar hamda qirg’ichdan chiqarilgan pishloqni solib aralashtiriladi. Tovaga ozgina sariyog’ solib, avval non terib chiqiladi. Nonlarning mag’zi o’yib olingan joyiga tuxumli aralashma solinadi. Keyin ikki tomoni salgina qovuriladi. Gaz o’chirilgan holda qopqog’i 5 daqiqa yopib qo’yiladi. Shu bilan, mazali nonushta osongina tayyor bo’ladi.

Qandli diabetda parhez ovqatlanish va quyuq taomlar

Ko’katli omlet

Kerakli masalliqlar: 2 dona tuxum, 100 gr un, ko’katlar, sariyog’ va tuz.

Tayyorlanishi: tuxumning oqi sarig’idan ajratib olinadi. Oqini tuz va un bilan ko’pirtiriladi. Unga mayda to’g’ralgan ko’katlar solib, yana aralashtiriladi. Qizdirilgan tovaga sariyog’ solib, tuxumli aralashma quyiladi. Qopqog’i yopilib past olovda pishiriladi. Tayyor bo’lgach dasturxonga tortiladi.

Tovada pishgan pitsa

Kerakli masalliqlar: 1 dona sabzi, 1 bo’lak go’sht, 1 ta bulg’or qalampiri, 1 oshqoshiq qora un, 2 dona tuxum, 1 bosh piyoz, 1 bog’ ko’kpiyoz, 1 bog’ petrushka, 1 oshqoshiq o’simlik yog’i.

Tayyorlanishi: pishgan sabzi, pishgan bir bo’lak go’sht, bilg’or qalampiri uzunasiga to’g’raladi. Qora un yoki maydalangan suli, 2 ta tuxumning oqi, piyoz, ko’kpiyoz, petrushka, o’simlik yog’i qo’shiladi. Tovada xuddi quymoq kabi ikki tomoni pishirib olinadi. So’ng ustidan ozgina suv yoki pomidorli qayla quyib past olovda dimlanadi. Shu bilan qo’lbola pitsa tayyor bo’ladi.

Qandli diabetda parhez ovqatlanish va quyuq taomlar

Makaron palov

Kerakli masalliqlar: 200 gr yirik makaron, 100 gr qiyma, 1 ta piyoz, 2 oshqoshiq yog’, ta’bga ko’ra zira, murch.

Qandli diabetda parhez taomlar tayyorlash usullari: makaronni tuzli suvda qaynatib, pishgach, salfetkaga yoyib quritib olinadi. Tovadagi yog’da qiyma, piyoz, zira, murch qovurib, ozgina dimlab qo’yiladi. Pishgach, makaron bilan aralashtirib, 5 daqiqa yana dimlanadi. Ustiga qirg’ichdan chiqarilgan pishloq sepib, ko’katlar bilan dasturxonga tortiladi.

Go’shtli non

Kerakli masalliqlar: 3 bo’lak qora non, 300 gr qaynatilgan go’sht, 1 bosh piyoz, 2 oshqoshiq non talqoni, bir dona tuxum, 3 oshqoshiq sariyog’ va tuz.

Tayyorlanishi: qaynatib pishirilgan go’sht piyoz bilan birga qiymalagichdan o’tkaziladi. Qiymalangan go’shtga non talqonini qo’shib, yog’da qovuriladi. Ustiga tuxumning oqi solib, tuzi postlanadi. Hammasi yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma non bo’laklariga surtib, gaz pechida 8-10 daqiqa pishirib olinadi.

Qandli diabetda parhez ovqatlanish va quyuq taomlar

Qiyma kabob

Kerakli masalliqlar: 100 gr qiyma, yarimta piyoz, yarimta sabzi, bir chimdim kashnich urug’i, zira, murch, 1 bo’lak qora non, 1 oshqoshiq yog’.

Tayyorlanishi: hamma masalliqlar bitta idishga solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Keyin ularni kabob (shashlik) shakliga keltirib, qizib turgan tovada ikki tomoni qizartirib olinadi. Pech patnisiga folga qog’ozidan solib, ularni me’yoriga yetguncha pishiriladi va dasturxonga tortiladi.

“Qandli diabetda shifobaxsh dasturxon” kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: