Tushlar ta’birlari harfilar bo’yicha 0,3

Harflar bo'yicha tushlar ta'biri, V harfi bo'yicha

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimiz izohli tushlar ta’birlari 0,1, izohli tushlar ta’birlari 0,2 va bahor va ko’klam haqida sherlar o’qidik, bugungi mavzumiz, V – harfi bo’yicha tush ta’birlari, tushlar olami, tushlarga izohlar, harflar bo’yicha tush ta’birlari haqida bo’ladi.

Buyumlarga oid tush ta’birlari

Vakkum – chaqaloq, xursandchilik, shirinso’z, xastalik, g’am-tashvish, yolg’iz boshi bilan farzandini tarbiyalayotgan ayol, ikki sevishgan uzoq vaqt ko’rishmasligi, qiz unashtirish, to’y-tomoshani bildiradi.

Vayrona uy – g’am tashvish, tush sohibining bir qarorga kelishi, pushaymonlik, ayriliq, horg’inlik, salomatligi yomonlashishi, oiladagi notinchlikni bildiradi.

Varrak – tushda varrak ko’rish xushxabar eshitish, badavlat bo’lish, chiroyli muhabbat, g’am- tashvish, uylanish, to’y-tomosha, qulay fursatni boy berish, shuhrati ortishi, o’zini aldab yashashni bildiradi.

Velosiped – jiddiy qaror qilish fursati yetgani, lekin tush sohibi hanuz ikkilanayotganini bildiradi.

Vilka (sanchqi) – xonadon boshlig’i, to’y dasturxoni, rizq-nasiba, serdaromad ish, kutilmagan xushxabarga ishora.

Vilka bilan taom yeganini tushda ko’rish bir yetimning ko’nglini olishni bildiradi.

Vedomost – ish haqi vedmostini tushda ko’rish umid amalga oshmaydi, yomon kayfiyat.

Vertolyot – tushda vertolyot xavf-xatar belgisi, ijobiy ehtiroslar, yaxshi xabarlar, yaxshi kayfiyat va nafas olish a’zolari kasalliklariga ishora.

Video – tushda videoni televizorga ulashni bilmasangiz, o’ngda darslaringizni yaxshi bajarasiz.

Vino – tushda vino ichish asab tizimi muvozanatining buzilgani, ruhiyatdagi xavotirlik, turli yengil kasalliklarga ishora.

Virus – tushda kompyutiringizga virus tushgan bo’lsa, o’ngda yangi o’rtoqlar orttirasiz, eski do’stlardan voz kechishga ishora.

Vodoprovod – tushda vodoprovodni ko’rish hayotdagi o’zgarishlar, asab, yurak-tomir va limfatik kasalliklariga ishora.

Vulqon – tushda vulqon ko’rish xavf belgisi, g’azablanish, asab, ruhiyat va gormonal muvozanatning buzilgani ishorasi. Otilib turgan vulqon isitmali kasallik belgisi.

Tushlar ta'birlari harfilar bo'yicha 0,3

Harflar bo’yicha tush ta’birlari insonga oid

Vrach – tushda vrach ko’rish bemor uchun tuzalish ehtimoli, umid ishorasi. O’zini vrach sifatida ko’rish turmush tarzi yaxshi tomonga o’zgarishidan darak.

Vasiyat – tushda vasiyat qilganini ko’rish uzoq va baxtli hayot kechirish, tushunmovchiliklar bartaraf bo’lishi, merosga ega bo’lish, sevishganlar baxtga yetishi, salomatligi yaxshilanishi, xursandchilikni bildiradi.

Va’da berish – tushda va’da berish qarzdor bo’lib qolish, iymoni go’zalligi, irodasi, qat’iyati, afsuslanishi, rizqiga baraka kirishi, muhtojlarga yordam qilish, nochorni quvontirish, xiyonatga duch kelish, yangi ish belgilashiga ishora.

Vahshiy odamlar – kim tushida vahshiy odamlar qabilasiga yetakchi bo’lsa, o’ngida hech kim qilmagan ishni qilib muvaffaqiyatga erishadi. Tushda vahshiy odamlar quvlasa, o’ngda omadsizlik kutadi.

Tushlar ta'birlari harfilar bo'yicha 0,3

Yurt, biron joy haqida tush ta’birlari

Vodiy – tushda vodiy bo’ylab aylanib yurgan bo’lsangiz, o’ngda orzularingiz amalga oshadi. Sevishganlar bunday tush ko’rsalar, o’nglarida turmushlari farovon bo’ladi.

Voha – tushda voha ko’rsangiz, o’ngda do’stlaringizdan biri yordam so’raydi. Unga yordam berishingiz kerak, aks holda uni ko’ngilsizliklar kutadi. O’zingiz voha o’rtasida bo’lsangiz, o’ngda birovning yordamiga muhtoj bo’lasiz.

Vokzal – tushda temir yo’l vokzalini ko’rish, uzoq vaqt ko’rishmagan odamingiz kelishiga ishora. Vokzal zalida bo’lib qolish, o’ngda safarga bog’liq ishdan darak bo’ladi.

“Izohli tush ta.birlari” kitobidan

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: