Tuz haqida haqiqat

Tuzning salbiy xususiyatlari, oqibatlari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda sabzavot va mevalar bilan ovqatlanish, karbogidratlar hamda distillangan suv xususiyatlari haqida gaplashik. Bugungi mavzumiz, tuzning salbiy xususiyatlari, oqibatlari, tuzning qon bosimida ta’siri, oshqozonga ta’siri haqida bo’ladi.

Tuznig salbiy xususiyatlari

Siz ziravor sifatida o’yuvchi natriydan foydalanasizmi? Xlor – zaharli gazdan-chi? Bema’ni savol. Bunaqa ahmoq yo’q!” deysiz siz. Albatta, yo’q. Biroq haqiqat bu dahshatli moddalarni aynan tuz hosil qilishini ko’pchilik insonlar bilmasligidadir. Biz har kuni foydalanayotgan bu mahsulot bizni yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin, agar me’yordan oshsa.

  1. Tuz oziq emas! Pazandalikda tuzdan foydalanish – xlorli kalsiy, bariy, kaliy yoki istalgan boshqa kimyoviy mahsulotlardan foydalanish bilan barobardir.
  2. Organizm tuzni o’zlashtirib, hazm qila olmaydi. U ozuqaviy qiymatga ega emas! Tuz vitaminlar va organik moddalarni o’z ichiga olmaydi. U buyraklarga, qovuqqa, yurakka, arteriyalarga, venalarga va qon aylanish tizimiga zarar yetkazishi mumkin. Tuz organizm to’qimalarini ko’p miqdordagi suvni zahira qilib qo’yishga majbur qilib, shishishga sabab bo’ladi.
  3. Tuz yurak zahari sifatida ta’sir ko’rsatishi mumkin. Buning ustiga, u asab tizimi ta’sirchanligini oshiradi.
  4. Tuz sababli organizm kalsiydan mahrum bo’ladi. U oshqozon va ichaklardagi shilliqlarni qo’zg’atadi.
Tuz haqida haqiqat

Tuzning qon bosimiga ta’siri

Qon bosimi nima sababdan oshadi? Tibbiyot faniga juda ko’p sabablar ma’lum: sresslar, zo’riqish, zaharli moddalar ( masalan, nikotin, benzin bug’lari, oziq qo’shimchalari, dori va sanoatlashtirishdagi qo’shimcha ta’sirli mahsulotlar.

Biroq yuqori qon bosimining asosiy sababi oddiy osh tuzida. Ortiqcha vaznli millionlab insonlarga tuz qanday ta’sir ko’rsatadi? Bu tadqiqot uchun juda qiziqarli savol, chunki ortiqcha vazn ko’pincha qon bosimining oshib ketishi bilan birga kechadi. Semiz insonning qon bosimi bilan uning tuz iste’moli o’rtasida aloqa bormi? Fan mutaxasislari “Ha!” deb javob berishmoqda.

Tuz – bu hayot asosi, deb ko’pincha aytishadi. Biroq bu hech narsa bilan tasdiqlanmaydi. Ba’zi bir xalqlar tuzni mutlaqo ishlatishmaydi va ishlatmagan ham. Agar tuz hayot asosi bo’lganida ular allaqachon o’lib ketgan bo’lar edilar. Ular nafaqat tirikdirlar, balki boshqa millatlardan farqli o’laroq, ancha sog’lomlar.

Tuzning oshqozonga ta’siri

Tuz haqida haqiqat

Tuz istemoliga qarshi bo’lgan muhim asos uning normal ovqat hazm qilishga bo’lgan xalalidir. Oshqozonning tuz kislotasida topilgan pepsin yoki enzim oqsillar hazm bo’lishida asos hisoblanadi. Tuz iste’moli oqibatida pepsinning faqat 50 % ishga tushadi. Ma’lumki, bunday sharoitlarda oqsilli oziq hazm qilinmaydi yoki juda sekin hazm bo’ladi. Natijada esa oqsillarning haddan tashqari ko’p ajralishi, gaz hosil bo’lishi va ovqat hazm qilishlik ishdan chiqishi vujudga keladi.

Tuzga bo’lgan o’rganish orttirib olinadi. Tuzli ovqat yeyilsa tashnalikni keltiradi.

Ko’pchilik taniqli yurak mutaxasislari tuzsiz parhezni ma’qul ko’pishadi. Tuzga bo’lgan o’rganishlarni qondirish uchun natriyi bo’lmagan, uning ajoyib o’rnini bosuvchi narsalardan foydalanishadi, masalan, yanchilgan suv o’tlari, o’tlar va sabzavot ziravorlari.

Tuzning salbiy xususiyatlari bilan yuqorida tanishdik. Uni ishlatishda ehtiyot bo’lish kerak. Tadqiqotchi Pol Bregg umuman tuz ishlatmaslikni tavsiya qiladi. Biz unday qilmasak ham me’yorni oshirmaylik.

Pol Bregg “Yurak” nomli kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: