X-harfiga oid tushlar ta’birlari – 24

X-harfiga oid tushlar ta'birlari

Salom do’stlar, biz oldingi maqolalarimizda Q, F va O’ harflari bo’yicha tush tabirlari haqida gaplashdik, bugungi mavzumizda, X – harfiga oid tushlar ta’birlari, harflar bo’yicha to’liq izohlar, tushda xazina, xurjun, xontaxta, xurmo, xo’roz ko’rsa nima bo’ladi, shu kabilarga to’liq izohlar beramiz.

Buyumlarga oid tushlar ta’birlari

Xazina – ilm o’rganish, mashaqqat, badavlat bo’lib ketish, salomatligi yomonlashishi, farzand, ko’ngil sirlariga ishora. Tushda xazina ko’rish ishda omad kulib boqishi, to’y-tomosha, uylanish, qadrli sovg’a, vafodor umr yo’ldoshi, sirlari oshkor bo’lmasligi, xursandchilikni bildiradi.

Xanjar – achchiq so’z, uka, farzand, salomatlik, boylik, do’stning yordami, xiyonat, ayolning ishvali qarashini bildiradi.

Xarita – ayol kishi safarga chiqishi, oila, mol-mulk, uzoqdan keladigan mehmon, yangi ish, ayrilganlar qayta topishishiga ishora. Tushda xarita sotib olish uzoq safarga chiqishga ishora. Bemor kishi xarita ko’rsa, salomatligi yaxshilanadi.

Xaroba uy – oilada yoshi ulug’ kishining xastalanishi, tashvish, sog’inish, zulm ko’rish, musibat, javobsiz sevgini bildiradi. Tushida uyi xarobaga aylanib boyqushlar o’tirganini ko’rsa, ishida muammolar tug’iladi. Boyqushlar uchib ketganini ko’rsa, tez orada ishlari joyiga qaytishiga ishora.

Xurjun – egizak aka-uka, ishda sherikchilik, egizak farzandli bo’lish, er-xotin yarashuvi, uzoq-safarga chiqish, xursandchilik, savob yo gunoh, yaqin qarindoshlar inoqligini bildiradi.

Xarsangtosh – tushda xarsangtosh ko’rsangiz, o’ngda hamkasblaringiz ko’tarilishingizga xalal beradi. Xarsangtosh yo’l chetida bo’lsa, xalal beruvchilarning niyatlari amalga oshmaydi. Tosh qirrali bo’lsa, oilada va qarindoshlar o’rtasida notinchlik va munosabatlar buzilishini bildiradi.

Xona – qiz bola chiroyli bezatilgan xonani ko’rsa, o’ngida baxt unga hamroh bo’ladi.

Xontaxta – tushda xontaxta usti bo’sh bo’lsa, kambag’allikdan dalolat. Xontaxta usti to’la bo’lsa, boyishga ishora.

X-harfiga oid tushlar ta'birlari - 24

X – harfiga oid tushlar ta’birlari tabiiy nematlarda

Xamir – tushda xamir ko’rish emizikli ayolga ishora. Shuningdek, serdaromad ish, boylik, xursandchilik, osuda hayot, tushunmovchilikni bildiradi. Tushda xamirdan kulchalar pishirib qo’shnilarga tarqatish xush xabardan darak. Oilali kishi xamir ko’rsa, xotini homilador bo’lishiga ishora.

Xina – kutilgan xushxabar, kelin, mehr-oqibat, sevgi, mashaqqat bilan topilgan pul, boylik, sir saqlash, xursandchilikka ishora.

Xachir – qisir xotin, kuchli va rostgo’y erkak, uzoq safarga chiqish, go’zallik, uzoq umr ko’rish, notinchlik, dushmanga ishora.

Xirmon – xonadoniga fayz kiritgan ayol, birovning daromadidan boylik orttirgan kimsa, uzoq vaqt ishlab yiqqan pul, xursandchilik, yong’in chiqishi, ilm o’rganishga ishora.

Xurmo – xushxabar, ota-onasining so’zini ikki qilmaydigan farzand, barakali yil, qarindoshlari hurmat qilishini bildiradi. Tushda xurmo bog’ini ko’rish yuksak martabaga erishishiga ishora. Tushda xurmo danagini olsa farzandli bo’ladi. Daraxtdan xurmo boshiga tushganini ko’rsa, barcha tashvishlardan xalos bo’lishiga ishora.

Xo’roz – oila boshlig’i, muazzin, qiroati bor odam, oqibatli farzand, uylanish, xursandchilikni bildiradi.

Xashak – xashak tushda molu ne’mat bo’ladi. Agar uyida xashak ko’p bo’lsa, mol-davlatga ega bo’ladi.

Xiyobon – kim tushida go’zal, daraxtlar bilan o’ralgan xiyobonda sayr qilib yursa, tez orada xorijiy safarga ketadi. Yoki hayotida quvonchli hodisalar ro’y beradi. Tushda xiyobon qorong’i bo’lsa, o’ngda ishi baroridan kelmaydi.

Xolva – tushda xolva ko’rish va yeyish uch narsaga ta’bir qilinadi. Boylikka, ilmga, iltifotga, shirin so’zlar tinglashga.

Xonaki it – tushda xonaki it zolim dushmandir.

Xushbo’y buta o’simligi – kasal odam uni tushida ko’rsa, sog’ayib ketishiga, qomatini tutishga, yuzini soch bilan to’sishga yoki qaddini libos bilan to’sishga dalolat.

Xushbo’ylik – barcha xushbo’y narsalarni tushda ko’rish yoki his etish maqtov va shuhratga, yaxshi nom qozonishga, diniy bilimlar ahamiyatiga, iymon sofligiga, yaxshi xulqqa, farovonlikka va aqlli xotinga ishoradir.

Xrizantema– tushda bu gulni ko’rsangiz, sizga do’st bo’lib qoladigan qiz bilan tanishasiz.

Xo’jag’at (malina) – Quvonch va halovatga ishora.

X-harfiga oid tushlar ta'birlari - 24

Insonlarga oid tushlar ta’birlari

Xayrlashish – tushda hamma bilan xayrlashganini ko’rish ko’z yoshi, qizning fotihasi buzilishi, oiladagi notinchlik, sog’ingan insonni ko’rish, iztirobni bildiradi.

Xasislik – tushda qizg’onib xasislik qilish, musibat, qarzdor bo’lish, qisir xotin, iqtidorsiz erkak, barakasiz ishga ishora.

Xafagarchilik – tushda xafa holda o’tirgan bo’lsa, biror tashvishdan ogohlantirsh, salomatligi yomonlashishi, yo’qchilik, bor davlatidan ayrilish, davlatini behudaga sovuradigan kimsani bildiradi.

Xizmatkor – o’zini do’st korsatuvchi dushman, xayrli mol-mulk, kutilgan xushxabar, yo’qchilik, boshiga kulfat tushishiga ishora.

Xizr (a. s.) – tushda Xizr (a. s.) ni ko’rish salomatlik, uzoq umr, rizq-nasiba, baraka, hosil mo’l bo’lishi, xushxabar, uchrashuv, er-xotin baxtli yashashiga ishora.

Xushomadgo’y odam – tushda xushomadgo’y odamni ko’rish yaxshilikka emas. Ishda omad yuz o’girishi, g’am – tashvish, foydasiz ishlar bilan mashg’ul bo’lish, pushaymon bo’lish, ekindan hosil ololmaslik, chigal muammolarni bildiradi.

Xorlik – kim o’zining xor bo’lganini tushida ko’rsa, u azizlik, obro’-e’tiborga erishadi. Xorlik-faqirlik, ziqnalik hamdir.

Xotira – tushda achchiq xotiralar bosib kelishi, o’t qopi kasallanishini bildiradi. Yaxshi xotiralar, salomatlik, uzoq umrdan darak.

Xotin – tushda chiroyli xotin yaxshilik olib keluvchi yilga dalolat. Yana u sandiq, xazina saqlanadigan joy, mevali daraxt, quduqqa ishora.

X-harfiga oid tushlar ta'birlari - 24

Xurpaygan, to’zigan soch – xurpaygan sochni ko’rish mol-davlatdagi xasislik, baxillikka ishora.

Xursandchilik – tushdagi xursandchilik, shodlik, gohida xafachilik, yig’iga dalolat. Kim o’zini xursand ko’rsa, xafa bo’ladi. Do’stlarini shod ko’rsa, yaxshi ishga dalolat.

Xurrak – tushda u dushmani uni tanib olishi va sirini ochishiga dalolat. Gohida u xavfdan tinch bo’lishga ishora, chunki uyqu rohatdir.

Xunuk odam – badbashara odamni ko’rish, ko’z tegishi va kinna. Odam o’zini xunuk holda ko’rsa, kamchiliklarini bartaraf etishi lozim. Kasallik va g’am -tashvishga ham yo’yiladi.

Xushro’y bola – bunday tushni xoh o’g’il bola, xoh qiz bola ko’rsin, yuragiga muhabbat oralayotganidan darak.

Xushxabar – tushda xushxabar olmoq yaxshilikka yo’yiladi.

Xusumat – agar tushda biron kishi bilan xusumat qilib, u g’olib kelsa, dushmani ustidan g’alabaga erishadi.

Xabar – tushda biror xabar eshitganini ko’rish uchrashuv, visol, janjal, safarga chiqishni bildiradi. Tushda noxush xabar eshitish, xushxabar eshitishga ishora.

Dildora Abdullayeva «Tushlar olami» kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: