E-harfiga oid tushlar ta’birlari-28

E-harfi bo'yicha tushlar ta'birlari

Salom do’stlar, bundan oldingi maqolalarimizda biz SH va CH harflari bo’yicha tush tabirlari haqida gaplashdi, bugungi mavzumizda, E-harfiga oid tushlar ta’birlari, tushda eshak, echkiemar, emchak, etik, elak va boshqalarni ko’rsa nima bo’lishini izohlaymiz.

Insonlarga oid tushlar ta’birlari

Egizak – u tushda kutilgan xushxabar, katta merosga ega bo’lish, katta daromad, xursandchilik, savob ishlar qilish, rizq-nasibani bildiradi.

Elchi – ikki kishi orasini buzuvchi, tush sohibi bergan qaroridan qaytishi, mehmon kelishi, kutilmagan xabar, birovdan yordam so’rash, yuqori martabaga ko’tarilish, niyatlari ijobat bo’lishini bildiradi.

Emaklash – tushda emaklab yurganini ko’rish gunoh ish qilish, xato, yangi ish boshlash, beqarorlik, davlatidan ayrilishini bildiradi.

Emchak – u turlicha ta’bir qilinadi. Oiladagi kenja farzand yo qiz farzand, davlat, uzoq umr ko’rishga ishora.

Tushda emchagi kattalganini ko’rish davlati ortishidan darak. Kelin emchagidan sut oqqanini ko’rishi homilador ekanligidan dalolat. Erkak kishi ko’kragidan sut kelganini ko’rsa, umri uzun bo’ladi, muhtoj bo’lsa, badavlat bo’ladi.

Enaga – tushda enagasini korish tush sonibining kimnidir ko’rishni istaganini, ammo o’sha insonni ko’ra olmayotganidan darak. Yana mehmon kelishi, xushxabar, xolasini sog’inish, xursandchilikni bildiradi.

Erinchoqlik – u tushda ish joyini almashtirish, tushkunlikka tushish, yomon xislatlarga odatlanmoq, yomon gap eshitish, muammoli vaziyat, xiyonatga ishora.

Erishish – tushda biror yutuqqa erishganini ko’rish yaxshilik, pochtadan keladigan xat, sevgilisiga yetishmoq, olimlik darajasiga ko’tarilish, noxush voqeadan darak.

Esnash – bergan va’dasini bajarmaslik, boshlagan ishi yakuniga yetmasligi, gunoh ish qilishini bildiradi. Tushda tez-tez esnash ishda notinchlik yuzaga kelishini bildiradi.

Emizikli ona – kimki tushida bola emizayotgan onani ko’rsa, o’ngda ishlari o’nglanib ketishidan dalolat.

E-harfiga oid tushlar ta'birlari-28

Er – tushda erini ko’rish unga g’amxo’rlik qilish lozimligini bildiradi. Tushda er bilan janjallashish kasallikka ishora. Ruhiy tayanch yo’qligi, rashkni bildiradi.

Erkak kishi – Uni tushda ko’rish fazl va kenglikka dalolat qiladi. Chunki Alloh taolo er kishini fazilatli qilgan.

Erkak to’ni – erkak to’ni kasallikka ishora.

Erkalash – tushda go’dakni erkalayotganini ko’rsangiz, demak, yangilikka qiziqar ekansiz. Atrofingizdagilar sizni yaxshi ko’radi.

Eski-tuski – tushda eski narsalarni sotib olish faqirlikdir. Ularni sotib yuborish faqirlikning ketishidan dalolat. Eski narsalarni sotib oluvchini ko’rish yolg’on, tashvish, ayriliq, darmonsizlik, noxushlikka ishora.

Ehson – tushda ehson qilish najot topishga dalildir.

Ehtiyoj – ehtiyoj sezish-kamtarroq yashash kerakligidir.

Etikdo’z – uni ko’rish nikoh o’quvchi odamga dalolat qiladi. Shuningdek, safarni ham bildiradi.

Eshikbon – agar tushda idora eshikboni sizni to’xtatib qolib, ichkariga kiritmasa, o’ngda ishlaringiz to’xtab qolishidan darak.

E-harfiga oid tushlar ta’birlari buyumlarga doir

E-harfiga oid tushlar ta'birlari-28

Elak – u tushda keraksiz ishlar bilan mashg’ul bo’lib, kunini bekor o’tkazadigan odamga ishora. Shuningdek, behuda gap, charchoq, horg’inlik, qarilik, darmonsizlik, ayriliqni bildiradi.

Egar – tushda egar ko’rish kishining umr yo’ldoshidir. Ayol kishi tushida egar ko’rishi eri, mollari, davlati, daromadi, safarga chiqish, xursanchilikni bildiradi. Tushda egarga minish daromadi ko’payishidan dalolat.

Egov – egov ko’rish ayb ish qilgan odamga ishora. Uyda biror narsalarni egovlayotganini ko’rsa, xonadonda notinchlik hukm surishidan dalolat. Bo’ydoq bo’lsa ota-onasi bilan, oilali bo’lsa xotini bilan orasiga sovuqchilik tushadi.

Etik – tushda oyog’ida etik ko’rsa, u tashvishdir. Kim etik bilan birga yangi to’n kiygan bo’lsa, ahvoli yaxshi bo’ladi.

Etik moyi – tushda har qanday poyabzalga surtiladigan moyni ko’rish qayg’uga ishora. Poyabzalni moylash o’ngdagi foydasiz ishdan darak.

Eshik – kimki tushida ochiq eshikni ko’rsa, o’ngdagi quvonch va iltifotga ishora. Yopiq eshik pushaymonlik va ko’ngilsizlik ramzi. Ba’zida ochiq eshiklar yuqumli kasallikka ishora, yopiq eshik esa kasalikka duchor bo’lmaslikni bildiradi.

Eshkak – tushda eshkak ko’rish uzoq safarga ishora. Tushda birovning yordamisiz eshkak eshsangiz, o’ngda birovning ishini qo’lidan olasiz.

Eshik tambasi – tushda eshik tambasini ko’rish uyni daydi it va begonalardan qo’riqlaydigan kishini bildiradi.

Eshik ostonasi – u tushda xotin va xodimga dalolat qiladi. Ammo uni tik qiluvchi narsalari o’g’il farzandlarga yoki aka-ukalarga dalolatdir.

Tabiiy nematlarga doir tushlar ta’birlari

E-harfiga oid tushlar ta'birlari-28

Echki bolasi – u tushda bolaga dalolatdir.

Echki – semiz echki boy xotin, orig’i kambag’al ayolga dalolat. Kim echki topib olsa, keng rizq, samara va yaxshilikka yetishadi. Tushda oq echki omad va quvonchni bildiradi. Kulrang echki kayfiyat va ishning bir me’yordaligini, qorasi esa biroz xafagarchilikni bildiradi.

Echkiemar – tushda echkiemar insonlar boyligini aldab oluvchi arab kishidir. Kim uni tushida ko’rsa, kasal bo’ladi. Tushda echkiemar jahldor, la’natga duchor bo’lgan kishini bildiradi.

Eshak – kimki tushida eshak ko’rsa, o’ngda farzandli bo’ladi.

Eshak suti – tushda u yaxshilik yetishidir.

Ekin – tushda ekin ko’rish ayol, farzandli bo’lish, serdaromad ish, orzu-niyatlari ijobat bo’lishidan darak. Yam-yashil boshoq ko’rish yil bo’yi barakali ish qilishga ishora. Ekin ekkanini ko’rish qiynalmay daromad qilishini bildiradi.

Erkak asalari – u tushda foydasi ko’p serunum kishi bo’lib, xatari ham kattadir. Va yana u birovga aziyat bermaydigan diyonatli, zohid kishidir.

Ertalab – tushda ertalab quyosh chiqqanini ko’rsangiz, o’ngda odamlarga eng yaxshi fazilatlaringizni namoyon qilasiz. Barcha harakatlaringiz yaxshi samara beradi.

Erta tong – u rizqi ulug’ yoki turmushga chiqqan qizlarga dalolat qiladi. Ba’zan esa zikr qilish va Qur’on o’qishga dalolatdir.

Dildora Abdullayeva “tushlar olami” kitobidan

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: