Turli mahsulotlardan har xil suyuq taomlar tayyorlashning 6 turi

Go'sht va sabzavotlardan parhezli suyuq ovqatlar

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda go’sht va parranda go’shtidan tayyorlanadigan ovqatlar, tort pishirishning usullari, hamda tortlar retsepti va kerakli masalliqlar haqida gaplashdik, bugungi mavzu, go’sht va sabzavotlardan parhezli suyuq ovqatlar tayyorlash haqida bo’ladi

“Asnavi” sho’rva

Kerakli masalliqlar: 200 gr suyakli go’sht, 1 piyola ivitib qo’yilgan qizil va oq loviya, yarim piyola mosh, 2 — 3 oshqoshiq yog’, 1 bosh piyoz, 1 dona sabzi, 1 ta bulg’or qalampiri, 1 oshqoshiq tomat

Tayyorlanishi: suyakni suvda qaynatib, ichiga oldindan ivitib qo’yilgan qizil va oq loviya, mosh solib pishiriladi. Alohida idishda go’sht, piyoz, sabzi, tomat qovurilib, qaynatmaga qo’shiladi. Oxirida esa bulg’or q’alampiri mayda to’g’rab solinadi. Agar uyda qo’ziqorin bo’lsa, uni ham maydalab qo’shvorish mumkin. Sho’rva yanada mazali va to’yimli bo’ladi.

”Teftel” sho’rva

Kerakli masalliqlar: 300 gr suyakli go’sht, 150 gr qiyma, 1 bosh piyoz, 1 ta sholg’om, 1 dona sabzi, 1 dona bulg’or qalampiri, yarim choyqoshiq tomat, 2 oshqoshiq yog’, ta’bga ko’ra tuz, ko’kat va ziravorlar.

Tayyorlanishi: qozonda salat yoki zaytun yog’ini qizdirgach, go’shtni solib, bir-ikki marta aylantirib, to’g’ralgan piyoz, tomat, sarimsoqpiyoz, katta to’rtburchak shakliga keltirilgan sabzi, sholg’om, bulg’or qalampirini ham qo’shamiz. Biroz qovurgach, suv quyamiz, 35 daqiqa qaynaydi. Qiymaga tuz ziravorlar sepib, uni koptokcha shakliga keltiramiz va qozonga solamiz. Pishgach, taomning ustiga ko’katlar sepib, dasturxonga tortamiz.

Tuxumli ugra

Kerakli masalliqlar: 250 gr tovuq go’shti, 3 litr suv, 1 bosh piyoz, 2 ta sabzi (qizil, sariq), 1 ta sholg’om, 3 ta tuxum, ta’bga ko’ra tuz, ko’kat va ziravorlar.

Tayyorlanishi: tovuq go’shti suvda qaynatilib, ko’pigi olinadi, unga bitta piyoz to’g’rab solingach, past olovda qaynatishda davom etiladi. Alohida tovadagi bir oshqoshiq yog’da piyoz, sabzi, sholg’om ozgina qovurilib, keyin qaynab turgan sho’rvaga qo’shiladi. Alohida idishga 3 dona tuxum chaqilib (bittasi sarig’i bilan, qolgan ikkitasining faqat oqi olinadi), ko’katlar, tuz, murch qo’shib, aralashtiriladi. Tova ozgina yog’lanib, aralashma yupqa holatda quymoqqa o’xshatib pishiriladi. Tuxumli aralashmadan 6 ta quymoq chiqadi. Ular sovitilib, lapsha shakliga keltiriladi va bitta lavr yaprogi bilan qozonga tashlanadi. Tovuq go’shti uzunchoq to’g’ralib qozonga solinadi. Shu holatda o’n daqiqa qaynagach, olov o’chirilib, qopqoq yopiladi, ya’ni taom biroz dimlab qo’yiladi. 5-10 daqiqadan keyin bemalol kosaga suzib, iste’mol qilish mumkin.

Arpa yormasidan sho’rva

Kerakli masalliqlar: 2 oshqoshiq yog’, 200 gr go’sht, 1 tadan piyoz, sabzi, sholg’om, bulg’or qalampiri, yarim piyola ivitilgan arpa yormasi, 1 choy qoshiq tomat yoki bitta pomidor, ta’bga ko’ra tuz va ziravorlar.

Tayyorlanishi: qozonga 2 oshqoshiq pista (yoki zaytun) yog’i quyib, go’sht, piyoz, tomat, sarimsoqpiyoz, sabzi, sholg’om, bulg’or qalampiri solamiz. Meyorida tuz tashlab, hammasini ozgina qovurib, suv quyamiz. Qaynab chiqqach, yarim piyola ivitilgan arpa yormasini solib, oddiy sho’rva kabi past olovda qaynatamiz. Taom pishgach, ko’katlar bilan birga iste’mol qilsa bo’ladi.

Karamli parhez taom

Go’sht va sabzavotlardan parhezli suyuq ovqatlar tayyorlab iste’mol qilish bemorga ham, sog’lom kishiga ham birdek yoqadi.

Kerakli masallqklar: 0,5 kg suyakli go’sht, 2 litr suv, yarimta karam, 1 bosh piyoz, 1 ta sholg’om, 1 dona sabzi, 1 ta pomidor, 3 dona lavr bargi, ta’bga ko’ra tuz, ko’kat va ziravorlar.

Tayyorlanishi: go’shtni suvda, taxminan, 2-2,5 soat qaynating. So’ngra karamni to’rtburchak shaklida (1×1 sm) to’g’rab soling. Agar karamning mazasi taxir bo’lsa, 2-3 daqiqa qaynoq suvda qoldirib, keyin taom uchun foydalaning. Alohida idishda piyozni qovurib, unga sholg’om sabzi, pomidor qo’shing. Tayyor bo’lgach, karamli qaynatmaga soling. Lavr bargi va ko’katlar ham qo’shing. Sho’rva pishganda esa tuzini rostlang.

Loviyali shirin sho’rva

Kerakli masalliqlar: 2 oshqoshiq yog’, 1 bosh piyoz, 1 osh qoshiq tomat yoki 1 dona pomidor, 2-3 dona sarimsoqpiyoz, yarim bog’ selderey (kashnichsimon oshko’k), 100 gr qiyma yoki laxm go’sht, 1 piyola oq loviya, 1 ta kartoshka, 1 ta qizil sabzi, ta’bga ko’ra tuz va ziravorlar.

Tayyorlanishi: yog’ qizigach, parrak-parrak to’g’ralgan piyozni tillarang bo’lguncha qovurib, so’ng unga qiyma yoki laxm go’shtni maydalab solamiz. Yaxshilab aralashtirib, tomat, to’rtburchak shaklida to’g’ralgan sabzi, kartoshka, sarimsoqni ham qo’shib yuboramiz. Keyin qozonga suv quyib, 1 piyola loviyani solamiz. Sho’rva 1-1,5 soat davomida qaynaydi. So’ng tuzini rostlab, to’gralgan seldereyni solamiz. Unutmang, tuz faqat loviyalar pishganidan so’ng tashlanadi.

«Qandli diabetda shifobaxsh dasturxon» kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: