Parhez ovqatlanish qoidalari

Parhezli ovqatlanish foydalari va qoidalari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda sog’lom ovqatlanish, kiyik o’tining foydalari hamda ko’z shikaslanganda birinchi yordam ko’rsatish haqida gaplashdik. Bugungi mavzumiz parhezli ovqatlanish foydalari va tamoyili to’g’risida bo’ladi.

Tibbiyotda bir qator kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo’ladigan ratsional ovqatlanishga amal qilmaslik hisoblanadi. Jumladan, semizlik, arteroskleroz, arterial gipertenziya, qandli diabet, surunkali jigar, oshqozonosti bezi, o’t qopi, oshqozon-ichak kasalliklari, buyrak va harakat-tayanch tizimi kasalliklarining kelib chiqishiga sababchi bo’ladi.

Bu kasalliklarni dori-darmonlar, fizioterapiya, shifobaxsh o’tlar orqali davolash bilan birga shifobaxsh ovqatlanish, ya’ni parhez ovqatlanish katta ahamiyatga ega. U bemor organizmining ozuqa moddalariga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashi hamda kasal a’zoning faoliyatini tiklashga yordam berishi zarur.

Parhez ovqatlanish o’zining tarkibi va tayyorlash usullari bilan sog’lom insonlar ovqatlanishidan farq qiladi. Bemorlarning ovqatlanishi faqat ular organizmini ozuqaviy moddalar va zaruriy energiya bilan ta’minlash bo’libgina qolmay, balki muhim davolovchi tadbir sifatida qaralishi kerak.

Parhez, bemor organizmida bo’layotgan o’zgarishlardan kelib chikkan holda mutanosib ovqatlanishdir. Organizmda tez hazm bo’luvchi, me’da-ichak tizimida bemorni davolashga qaratilgan chora tadbirlarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bemorlarning parhez tutishlarida muhim o’rinni faqatgina ovqat tarkibi emas, balki uning qabul qilish davomiyligi, ovqat harorati va hokazolar egallaydi.

Ko’pgina kasalliklarning og’ir yoki surunkali turga o’tishi bemorning parhezni buzishi bilan bog’lik. Masalan, diabet kasalligida parhezga rioya qilmaslik qonda qand miqdorining keskin ko’tarilishiga olib keladi. Parhezli ovqatlanish jaroxatlangan a’zolar va tizimlarga ta’sir etib, ularning faoliyati va tuzalishiga yordam berish uchun yo’naltirilgan bo’lishi zarur.

Parhezli ovqatlanish foydalari va tamoyili

Shifobaxsh parhezning asosiy tamoyili quyidagilardan iborat: ya’ni, ovqat fiziologik jixatdan to’la qimmatli bo’lishi shart. Taom o’ziga xos terapevtik xususiyatga ega bo’lishi kerak. Davolovchi, bemorlarning ovqatlanishi xaqidagi fan diyetologiya deyiladi. Ba’zi hollarda diyetologiya asosiy davolovchi usul sifatida qo’llanilishi mumkin. Masalan: ortiqcha vaznda, me’da-ichak tizimi kasalliklarida.

Parhez aynan kasallikning turiga bog’lik bo’ladi. Gipertoniya (xafaqon) kasalligi bilan xastalangan bemor parhezi qandli diabet yoki gepatit (sarik kasalligi) bilan xastalangan bemornikidan tubdan farq qiladi. Bu ovqatlanish xar bir kasallikning o’ziga xos xususiyatlarini, klinik kechishini hisobga olgan holda tuziladi. Va u ma’lum davrga mo’ljallanadi. Parhez ovqatlar uzoq muddatga buyurilmaydi.

Xo’jamurod Sultonovning «Sog’lom ovqatlanish» kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: