So’fiy-tabib amaliyotidan ertalabki va kechki mashqlar

Ertalabki, kechki mashqlar va zikr qilish

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda ayollarda siydik tuta olmaslikni davolash, qandli diabetda parhezli ovqatlar hamda qandli diabetni xalq tabobati bilan davolash haqida gaplashdik, bugungi mavzumizda, So’fiy tabibning mashqlari va zikr qilish, ertalabki va kechki mashqlarning bajarilish usullari haqida bo’ladi.

So’fiy ta’limoti dunyodagi eng sehrli, eng jozibali, shu bilan birga eng sodda va hayotga tatbiq etilishi oson bo’lgan ta’limotdir.

Ertalabki mashqlar

So’fiylarning ertalabki mashqlari quyidagicha: Xudoni zikr etib uyg’onmoq, turmoq, keyin namozdan oldin ijobiy, ruhni ko’taruvchi, sevinchli hissiyotlarni eslamoq. O’zingizga kelish uchun bir necha mashqlarni bajaring. Mushukday egilib, yelkalarni, qo’llarni qimirlatmoq, nafasni rostlamoq kerak. So’ng sekin badan massajini boshlang. Barmoqlardan boshlab, qo’llar, tirsak, bo’yin, ko’krak, qorin, boldir, tizza, oyoqlar, tovon, barmoqlar massaj qilinadi.

Keyin yuz, ya’ni quloq terisi, burun ichi, lunj, jag’, ko’z, qorachiqlar, kiprik, chakkalar uqalanadi. Bosh xuddi soch yuvgandagidek massaj qilinadi. Massaj qilish jarayonida siz ruhan davolanayotganingizni unutmang.

Mashqlarni sokin, xotirjam bajaring. Shunda qushdek yengil tortasiz va kunni yaxshi kayfiyat bilan kutib olasiz. Mashqlarni yakunlaganingizdan so’ng cho’miling. Cho’milish jarayonida kimga sog’liq tilamoqchi bo’lsangiz, o’sha odamni eslang. Unga yaxshilik tilang, ilohiy dunyoni zikr qiling.

Shundan so’ng kiyining. Bir necha daqiqada chuqur, kindikdan tepaga qarab nafas oling, Xudoni bir nafasda zikr qiling. Shundan keyin bemalol namozga kirishing. Namozdan so’ng esa Alloh haqida zikr qilishni unutmang. Zikrni tamomlaganingizdan keyin bir stakan suv olib duo o’qing va suvni ichib yuboring. Kun bo’yi buyruqlarini bajaring. Tahoratli bo’lgan holda jismonan va ruhan toza qolishga harakat qiling.

Sizning yurak urishingiz va nafas olishingiz Alloh bilan bog’liq bo’lishi lozim. Xudoga shukronalar ayting, doim unga iltijolar qiling, undan yo’l so’rang. Zikrni har doim o’zingiz istagan, xohish paydo bo’lgan paytda yoki majbur bo’lganda qiling.

So'fiy-tabib amaliyotidan ertalabki va kechki mashqlar

So’fiy tabibning mashqlari va zikr qilish, kechki mashqlar

Xuftondan keyin ertalabki zikr mashqlarini bajarib, butun xato va nuqsonlarni, muammo va mushkulotlarni o’ylab, ularning bosh bo’shlig’idan yo’q bo’lishini tasavvur qiling. Aqlingizni ruhiy kuch bilan ulang. Jismonan, aqlan va ruhan – batamom davolanishni , kimga yordam berishni istasangiz, o’sha odamni o’ylang. U bilan suhbatlashing va uyquni boshqaring. Xudoni eslab uxlang va ruhiy boylikda orom oling.

“Yassaviy – Turkiston” kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: