Miya shikastlari, miya chayqalishi va miyaga qon quyilishi

miyaga qon quyilishi

Oldingi maqolalarimizda terini mayin qilish, buyrak og’rig’ini davolash hamda buyrak kuchsizligini davolash haqida gaplashdik. Bugun esa, kalla ichiga, miyaga qon quyilishi, kalla suyagi singanda suyaklarning botishi, miyaning shishishi va boshqalar haqida gaplashamiz. Odatda suyak siniqlari botganda bosh miya bir vaqtda qattiq eziladi va lat yeydi, miya to’qimalarining qattiq shikastlanishidan miya shishadi. Kalla suyagi va miya shikastlanishining og’ir-engilligi bu ikki holdaham darhol namoyon bo’ladi. Lekin miyaga qon quyilishi bir oz og’ir kechadi.

 Ba’zan yengil shikastlangan bo’lishiga qaramay, miya, ayniqsa, uning pardalaridagi qon tomirlar yorilib ketishi mumkin. Miya ezilishining birinchi belgisi bosh og’rig’ining kuchayishidir. Bemor bezovtalana boshlaydi yoki uyqu bosadi, keyin hushidan ketadi, yurak faoliyati va nafas buzilib, uning hayoti xavf ostida qoladi. Shikastlangan odam faqat kasalxonada davolanadi.

Ba’zan (miya ezilganda, unga qon quyilganda) jarrohlik amaliyoti o’tkazishga to’gri keladi. Shikastlangan kishi tezlik bilan kasalxonaga olib boriladi (albatta, zambilda). Hodisa sodir bo’lgan joyda ko’rsatilgan birinchi yordam darhol jarohatga antiseptik boglov qo’yishdan iborat. Quloq, burundan qon oqayotgan bo’lsa, mikrob tushish xavfi borligi uchun doka yoki paxta tiqish yaramaydi.

Agar yurak to’xtab qolsa, u massaj qilinadi, sun’iy nafas oldiriladi. Kalla suyagi va miya shikastlanishining oldini olish uchun umumiy shikastlanishlarning oldini olishda qo’llaniladigan tadbirlar bilan bir qatorda ko’rilishda ishlaganda, mototsikl minganda, xokkey o’ynaganda boshga kaska kiyib olish kerak.

Kalla suyagi va miya shikastlari – kalla va uning ichida joylashgan miya to’qimalari hamda miya pardalarining mexanik shikastlanishi. Yopiq va ochiq shikastlanish farq qilinadi. Yopiq shikastlanishda miya va uning pardalariga infektsiya tushmaydi, chunki bosh terisiga putur yetmaydi, faqat yumshoq to’qimalar shikastlanib, kalla suyagi butun qoladi. Ochiq shikastlanishda yumshoq to’qimalar bilan kalla suyaklari baravar zararlanadi.

 Bunda jarohatga deyarli hamma vaqt mikrob tushish xavfi bo’lib, meningit, abstsess, entsefalit kabi asoratlarga olib keladi. Ochiq shikastlanishda miya qattiq pardasining yaxlitligi buzilsa, buni miyaga kirib boruvchi shikastlanish deyiladi (bunda miyaga infektsiya kirish xavfi ko’prok bo’ladi).

Kalla suyagining shikastlanishi yorilgan, teshilgan va ezilgan sinishlar, kalla asosi suyaklarining sinib, burun va quloq yondosh bo’shliklarining ochilib (ba’zan ochilmay) qolishi ko’rinishida bo’lishi mumkin. Kalla asosi suyagi singanda burun hamda quloqdan qon va orqa miya suyuqligi keladi, ko’z atrofiga qon kuyiladi.

Miya chayqalishi

Yopiq va ochiq shikastlanishda miya chaqkalishi, lat yeyishi va ezilishi mumkin. Bular alohida yoki birga ro’y  beradi. Miya chaykalishi asosan yopiq shikastlanishda kuzatiladi. Bosh miyaning lat yeyishi boshqa tuo’qima va organlarning lat yeyishidan farq qiladi. Bosh miya yopiq shikastlanishda kalla suyagi siniqlari miyani shikastlaganda  ochik, ayniqsa, ichga kirib boruvchi shikastlanishda esa bevosita lat yeydi.

 Bosh miyaning lat yeyishi ham miya chayqalishi kabi kishining birdan, lekin uzoq vaqt (bir necha soat, kun va xafta) hushdan ketishi bilan o’tadi. Miya lat yeganda tananing unga qarama-qarshi tomonida sezuvchanlik va xarakat buziladi (falaj bo’lib koladi), bosh miyaning chap yarim shari lat yeganda nutq o’zgaradi. lat yeyishning yengil formalarida harakat qilish, sezuvchanlik va boshqa buzilishlar 2-3 xafta davomida butunlay tuzalib ketadi, ogir formalarida esa asoratlar qolishi (bemor chala yoki to’lik falaj buo’lishi, nutki o’zgarishi, tutqanoq tutib turishi) mumkin.

“Birinchi tez yordam” kitobidan:

Tuzuvchilar: Yu Tolipov; Z Xamdamova;

Muharrir: A Xamro qizi

Taqrizchi: Toxir Ibragimov

tibbiyot fanlar doktori, professor

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: