Me’da (oshqozon) og’rig’ining sabablari va davolash yo’llari

Oshqozon og'rishining sabablari va davolash yo'llari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda asab tizimi kasalliklari, miya shikastlanishi hamda terini mayin qilish haqida gaplashdik. Bugungi maqola oshqozon og’rishining sabablari, belgilari va uni davolash haqida bo’ladi.

Me,da og’rig’i yo moddasiz mizoj buzilishi sababli yoki moddali mizoj buzilishi, ayniqsa achishtiruvchi issiq mizoj sababli paydo bo’ladi. Yana bu og’riqlar tortishtiradigan yoki kuydirib achishtiradigan yeldan yoki issiq shishlarda bo’lganidek, shu ikkala ta’sirning birlashuvi sababli ham yuz beradi.

Ayrim kishilarda og’riq oshqozonga ovqat kirishi muddatining oxirida o’ninchi yoki shunga yaqin soatda paydo bo’ladi. Ayrim kishilarda esa og’riq sirka singari nordon va tushgan yerini vijillatib qaynatadigan bir narsani qusmaguncha bosilmaydi; qusgandan keyin og’riq to’xtaydi. Ba’zilarda ovqat me’dadan tushishi bilan og’riq to’xtaydi va ular qusmaydi.

Birinchi xil bemorlikka taloqdan me’daga safro quyilishi, ikkinchisida esa jigardan oshqozonga safro quyilishi sabab bo’ladi. Ikkala xilt ham og’rimaydi, chuzhi ular me’daning tagiga tushadi. Keyin ular ovqatga aralashgach, birgalashib ko’tarilib, me’da og’ziga chiqadi.

Ba’zi kishilarning me’dasida ko’p yeyish va haqiqatda qorni ochmay turib ovqatlanish sababli, shuningdek, me’da buzilishidan keladigan to’liqliq sababli toqat qilib bo’lmaydigan kuyib achishish paydo bo’ladi.

Yeldan bo’ladigan me’da og’riklari ba’zan kuchli bo’ladi. Ba’zi kishilarning me’dasida og’riq yoki qattiq kuyib achishish paydo bo’ladi va ovqat yegach, to’xtaydi. Bunga me’da bo’sh qolganda unga keluvchi achishtiruvchi moddalarning kuyishi sabab bo’ladi. U moddalar yo nordon mazali zardob bo’ladi, yoki o’tkir mazali safro bo’ladi.

Ayrim kishilarda me’da sezgirligi shu bilan birga me’daga o’t xiltlarining quyilishi chidab bo’lmaydigan zo’r og’riq paydo qiladi, bu hil og’riq ba’zan hushdan ketkazadi. Goho sovuq suv ichishdan ham me’dada betoqat qiladigan va kishini chiniqtiradigan og’riq paydo bo’ladi. Ba’zan yurakka og’riq borib yetishi sababli kishi to’satdan vafot etishi mumkin, ba’zan og’riq quyiga tushib qulanj kasalligini paydo qiladi.

Kishida oshqozon og’rig’i uzoq cho’zilsa, shish paydo bo’lishdan qo’rqish kerak. Me’da og’rig’i homilador ayollarda <<bachadon bo’g’ilishdan» darak beradi, buning ustiga homilador ayollarda me’da og’zining og’rishi ham ko’p bo’ladi. Kishida qorin og’rig’i bilan birga uning qoshida qora dog’lar va boqiladek qora toshmalar paydo bo’lib, keyin ular yaraga aylansa va ular ikkinchi kungacha yoki undan keyinroqqacha turib qolsa, yomon oqibatga olib keladi. U kishida qattiq uyqu paydo bo’ladi.

Qanday belgilari mavjud

Me’daning alangalanib achishuvi kayfiyati o’tkir, issiq, achchiq va shur modda borligiga dalolat qiladi. Achishish doimiy bo’lmay, vaqt-vaqti bilan bo’lib tursa, jigardan safro moddasi quyilayotgan bo’ladi. Bu xil achishish esa kunora tutib turadigan isitma va shu bilan birga o’ng tomonda og’riq paydo qiladi.

Bu me’da og’rig’ida jigarni qoplab turuvchi pardaning hamkorligiga dalolat qiladi. Agar isitma bosilib, me’da achishishi davom etsa, bunda jigar chiqindilaridan biror moddaning me’daga quyilishi yoki buzuq issiq mizoj yoki me’daga yopishgan xilt sabab bo’ladi

Me’da achishuvi alangasiz bo’lsa, nordon moddaga belgi bo’ladi. Ovqat yegandan keyin bir necha soat o’tgach, paydo bo’ladigan og’riqning zardob sababli bo’lishiga sirkasimon nordon qusuq kelishi, keyin og’riqning tuxtashi yoki taloqning zararlanib, hazmning yomonlashishi belgi bo’ladi.

Safro sababli bo’ladigan og’riqqa sirkasimon qusuqning bo’lmasligi, hazmning tugal emasligi, safro belgilarining namoyon bo’lishi, jigarning issiq holati dalil bo’ladi.

Yeldan bo’ladigan og’riqda esa kekirik, hiqichoq, qorin quldirashi, qovurg’a tog’aylari va qorinning tortishuvi belgi bo’ladi.

Oshqozon og’rishining sabablari, belgilari va uni davolash yo’llari

  1. Buzilgan issiq mizojdan bo’lgan me’da og’rig’ida 7 kun 3 mahal och holda sigir qatig’i, achigan ayron ichilsa, tuzaladi. Bemorga semiz tovuq go’shtlari, jo’ja, mosh, qovoq va semizo’t, sirka bilan mayda baliqlar tavsiya etiladi.
  2. Agar bemorda ozish, so’lish alomatlari bo’lsa, ko’proq issiq suv qo’shilgan suyuq uzum sirkasini ichirish va suyuq ovqatlar berish kerak, (10 kun 3 mahal) yaxshi ta’sir qiladi.
  3. Agar sovuq va yeldan bo’ladigan me’da og’riklari bo’lsa, 7 kun 3 mahal tariq qizdirib qoringa bog’lansa, tuzaladi.
  4. Yel ko’p bo’lsa 10 kun 3 mahal osh qoshiqdan eski uzum sirkasi ichirilsa, begumon tuzaladi.
  5. Me’da yonida qamalib qolgan yeldan bo’lsa, 9 kun 3 mahal yovvoyi qora zirani qovurib, 1 osh qoshiqdan kapalansa, foyda qiladi.
  6. Qorinda qotish va yellar ko’p bo’lsa, 2 kun 1 mahal 1 osh qoshiqdan makkai sano talqonini kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, ichni qattiq suradi.
  7. Qorinda shish bo’lsa, 11 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan zaytun yog’i yoki 50 grammdan ukrop suvi ichilsa, foyda qiladi.
  8. Ovqatdan so’ng qo’zg’alib sirkasimon modda qusib tashlashga majbur qiladigan og’riqni davolash uchun 12 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan eski uzum sirkasi ichirilsa, foyda qiladi. Ovqatlari: tovada qovurib pishirilgan ovqatlar, qaynatilgan tuxum va asal kabi issiq ovqatlar bilan me’dani isitib kuchaytirish lozim.
  9. Ovqat yegandan keyin boshlanib, qusib tashlash bilan to’xtamaydigan og’riй bo’lsa, 13 kun 3 mahal ovqatdan oldin 1 osh qoshiqdan asal iste’mol qilinsa, bemor tuzaladi.
  10. Yana qusishga qarshi, sedana va arpabodiyonni teng baravar aralashtirib, 5 kun 3 mahal och holda 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, tuzaladi.
  11. Me’dada og’riq va qorinda yel bo’lsa, ko’k pista po’sti 30 gramm va qudrat norin talqonidan 300 grammini aralashtirib, 8 kun 3 mahal och holda 1 osh qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, foyda qiladi.
  12. Jolinusning aytishicha, 3 kun 3 mahal tovuq me’dasi ichki terisini quritib, talqonini 1 osh qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, me’da og’rig’i kasali tuzaladi. Ko’pincha me’da achishuvini qatiq va shunga o’xshash narsalar to’xtatadi.

Hoji Mengnazar Ructam o’g’lining “Dard borki, darmon bor” kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 4 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: