Oqsillarning inson organizmida roli va ahamiyati

Oqsillarning inson organizmida roli va vazifalari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda xolesterin, qon aylanishini yaxshilash hamda qo’l oyoqdagi qon aylanishi haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, oqsillarning vazifalari va ahamiyati, go’sht va sut mahsulotlarining foyda va zararlari haqida bo’ladi.

Oqsillarning vazifalari va ahamiyati

Oqsil (protein) lar – oziq elementlarining eng muhimlaridan biridir. Ular organizmning har bir hujayrasi tuzilishi uchun zarur. Yurak sog’lom va baquvvat bo’lishida ham oqsillar kerak.

Mushaklar, qon, suyaklar,yurak, teri, sochlar – organizmning barcha a’zolari asosan oqsillardan tashkil topgan. Organizmning asosiy vazifasi hayot mo’jizalaridan biri bo’lmish oziqni tirik hujayralarga aylantirishdir. Oqsillar va tana to’qimalari o’rtasidagi bo’lgan aloqa vazifasini aminokislotalar bajaradi. Ular qonga tushganida butun organizm bo’ylab tarqaladi. U yerda esa tirik to’qimalarni tiklaydi, qaytadan joylaydi va saqlaydi. Qizil qon ishlab chiqib, tananing turli xil a’zolari, shuningdek, yurak holatini yaxshilaydi. Oqsillarsiz biz bir tuzalmas nogiron bo’lar edik.

Oqsilli taomlar – go’sht, baliq, yong’oq, qush, don va urug’lar (kungaboqar, qovoq va boshqalar), pivo achitqisi, bug’doy, soya, sut mahsulotlari.

Oqsillarning inson organizmida roli va ahamiyati

Go’sht va sut mahsulotlari

Mol, qo’y, go’shtlari tabiatan ham yog’larga, ham xolesteringa boy. Shuning uchun ham haftasiga 3-4 martadan ko’p yemaslik kerak.

Go’shtning qimmatroq saralangan navi juda katta miqdordagi yog’lardan iborat va ko’pincha yog’ning miqdori atayin ko’paytiriladi. Shuning uchun uning arzonrog’ini sotib oling. Bu aynan bizga kerak bo’lgan narsa. Uni tayyorlashdan oldin yog’ini kesib tashlang va erigan yog’lar yana go’shtga shimib ketmasligi uchun go’shtni panjarada pishiring. Qovurilgan taomni ovqat hazam qilishini buzishi va og’ir yurak xastaliklariga olib kelishi tufayli yemang. Tovada qaynab turgan yog’dagi katta go’sht bo’laklari – sizning yuragingiz va butun organizmingiz dushmanidir.

Go’sht yog’li qayla o’rniga ko’katlar, sarimsoq, piyoz tomatlar, qo’ziqorinlar bilan bezatilishi mumkin. Go’shtga garnir sifatida turli xil istalgan shaklda to’g’ralgan xom sabzavotlar (salat, petrushka, selderey, sabzi, rediska, shirin qalampir, bodringlar) dan foydalanish mumkin. Taomga mazali ta’m berish uchun go’shtning tayyor bo’lishidan 5 daqiqa ilgari unga yuzi bo’ylab banan yoki olma pallachalari qo’yib chiqilsa, yaxshi bo’ladi.

Go’shtlar ichida faqatgina baliq kam yog’li proteindir. Eng yaxshisi, juda mazali va salomatlik uchun zarali bo’lmagani uchun tirik baliq sotib olgan afzal.

Qushlardan hayvon proteinlari manbai, odatda, tarkibida yog’ va xolesterin miqdori kam bo’lgan jo’ja va kurka iste’mol qilish kerak. O’rdak va g’ozlarni yemagan maqul. Ularda juda ko’p miqdorda yog’ bor.

Oqsillarning inson organizmida roli va ahamiyati

Agar siz tuxumni xush ko’rsangiz, haftasiga 3-4 dona bilan kifoyalaning. Tuxumning sarig’i konsentratsiyalangan (bir joyga to’plangan) shakldagi xolesterinli yog’lardan iboratligini esdan chiqarmang.

Sut va sut mahsulotlari kam yog’li ovqatlar qatorida emasligini biling. Agar taom yog’siz sutdan tayyorlangan bo’lmasa, yog’ni ham o’z ichiga olgan bo’ladi. Pishloq ko’p miqdordagi yog’ni tashkil etadi. Shuning uchun ratsionda uning miqdorini chegaralash yoki umuman olib tashlash kerak. Pishloq va hattoki tvorog ishlab chiqarish uchun turli xil kimyoviy moddalardan foydalangani, shuning uchun ular tabiiy mahsulot bo’lmagani tufayli iste’mol qilish kerak emas.

Pol Breegg “Yurak” nomli kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: