Yevropa Ittifoqi Rossiyaning qo‘shni davlatlariga importning keskin o‘sishini tekshiradi – FT 

Jahon yangiliklari haqida

YS, AQSh va Buyuk Britaniya vakillari sanksiyalarni chetlab o‘tish masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qo‘shni davlatlar bilan savdo munosabatlari hajmi sezilarli darajada oshgani masalasiga qiziqmoqda.

Bu haqda Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha yangi tayinlangan komissari Devid O’Sallivan Financial Times nashriga xabar berdi.

«Biz Yevroittifoqdan Rossiyaga savdo oqimining keskin kamayib borayotganini va uchinchi davlatlar, ayniqsa, Rossiyaga yaqin davlatlar bilan savdoning g‘ayritabiiy o‘sishini kuzatmoqdamiz», dedi u.

O’Sallivan so‘zlariga ko‘ra, savdo oqimlaridagi o‘zgarish bo‘yicha surishtiruv boshlangan. Endi Yevropa Ittifoqi va hamkorlar, xususan, AQSh va Buyuk Britaniya vakillari 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda sanksiyalarni chetlab o‘tish masalasida fikr almashmoqchi. Bu ularning nazoratni kuchaytirishga intilishi bilan bog‘liq.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hisobotida aytilishicha, Rossiyaga qo‘shni davlatlar, xususan Qirg‘iziston va Armaniston Rossiyaning Ukrainaga tajovuzkorligi boshlanganidan beri tovarlar importini sezilarli darajada oshirgan. Tahlilchilarning fikricha, bu ularning Rossiya uchun savdo vositachisi rolini o‘z zimmasiga olganidan dalolat beradi.

Avvalroq, Rossiya joriy qilingan sanksiyalarga qaramay, Niderlandiyadan mikrochiplar sotib olishda davom etayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Germaniyaning Smart Impex kompaniyasi ham G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tib, Rossiya bozoriga mikrochiplar yetkazib berishda gumon qilinmoqda. Turkiya va Honkongda ham mikrochiplarni yetkazib berish bo‘yicha vositachi firmalar tashkil etilgan. Yaqinda Xitoy kompaniyasi Rossiyaga raketa uskunalari yetkazib berayotganlikda ayblangan edi.

Bloomberg nashrining yozishicha, Rossiya kir yuvish mashinalari va muzlatgichlarning mikrochiplarini keyinchalik harbiy texnikada ishlatish uchun uchinchi davlatlar orqali sotib olmoqda. Natijada, Rossiyaga uchinchi davlatlardan maishiy texnika eksporti kutilmaganda keskin oshgan.

Avvalroq, Yevroittifoq Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda uchinchi davlatlar yordam berayotgan bo‘lishi mumkinligidan xavotirda ekani, jumladan Yevropa Ittifoqidan O‘zbekistonga eksport miqdori «shubhali» tarzda oshayotgani aytilgan edi.

Manba.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: