Putin Ukraina urushidan oldin Bayden bilan sovg‘a almashgani ma’lum bo‘ldi

Puten vf Bayden uchrashuvi

AQSh va Rossiya o‘rtasida 2021-yilgi qisqa muddatli «iliqlik» davrida ikkala davlat rahbari sovg‘a almashgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2021 yilda Jyenevada bo‘lib o‘tgan birinchi prezidentlik sammitida AQSh prezidenti Jo Baydenga 12 ming dollarlik ruchka va kanselyariya to‘plamini sovg‘a qilgan.

Bloomberg nashrining yozishicha, sovg‘a almashinuvi 2021 yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan 2,5 soatlik Jyeneva sammitida yuz bergan. Bu hozirda AQSh-Rossiya munosabatlaridagi so‘nggi qisqa muddatli «iliq davr» sifatida baholanmoqda. Ukraina bosqini boshlangach, munosabatlar keskin yomonlashdi.

Nashrning qayd etishicha, kanselyariya to‘plami o‘sha yili Baydenga berilgan eng qimmatbaho sovg‘a bo‘lgan.

AQSh prezidenti bunga javoban Putinga o‘zining sevimli qora «aviator» ko‘zoynaklaridan bir juftini va bizonning shisha haykalchasini sovg‘a qilgan. Bu haqda Oq uy xabar bergan edi. Biroq, Putinning sovg‘asi haqidagi ma’lumotni Oq uy ham, Kreml ham oshkor qilmadi.

Baydenning Putinga sovg‘asi qiymati xabarda keltirilmadi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2021 yilda Baydenga 700 dollarlik AQSh bayrog‘ini sovg‘a qilgan.

Qo‘shma Shtatlarda davlat rahbari va yuqori lavozimli boshqa shaxslar tomonidan olingan sovg‘alar hisoboti an’anaviy tarzda e’lon qilib boriladi. Qimmatbaho sovg‘alarning aksariyati odatda AQSh Milliy arxiv va hujjatlar boshqarmasiga (NARA, National Archives and Records Administration) topshiriladi. Ammo istisnolar ham bo‘ladi. Mulozimlar sovg‘a qiymatini o‘z hisobidan davlatga to‘lab, uni o‘zida qoldirish huquqiga ham ega.

Buyuk Britaniya Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi, ular 92 jismoniy va yuridik shaxsga ta’sir ko‘rsatdi. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Cheklov choralari, London ma’lumotlariga ko‘ra, «Rosatom» va «Gazprom» bilan bog‘liq bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga nisbatan joriy etilgan.

Avvalroq Buyuk Britaniya hukumati Ukrainaga qarshi urush uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini e’lon qilgandi. 

Manba.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: