Soliq imtiyozlariga qaramay, gaz qazib chiqarish kamaydi

Газ қазиб чиқариш: солиқ имтиёзларига қарамай

Tabiiy gaz bo‘yicha soliq stavkasi 3 baravarga, neft va gaz kondensati bo‘yicha 2 baravarga kamaytirildi. 2022 yilda yer qa’ridan foydalanuvchilar bir yil oldingiga qaraganda salkam 2 trln so‘m yoki 12 foiz kam soliq to‘ladi. Shunga qaramay, gaz qazib chiqarish 4 foizga, gaz kondensati qazib olish 3 foizga kamaydi; neft qazib olish 2 foizga oshdi.

2022 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha davlat budjetiga tushumlar 13,9 trln so‘mni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 1,9 trln so‘mga (12,2 foizga) kamaydi. Bu haqdagi ma’lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotida keltirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha tushumlarning asosiy qismi (63,7 foiz) davlat ulushiga ega. Oltin va mis qazib oluvchi korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Bu soliq turi bo‘yicha tushumlarning pasayishi foydali qazilmalarning ayrim turlari bo‘yicha soliq stavkalarining unifikatsiya qilinishi va pasaytirilishi bilan bog‘liq.

Soliq stavkalari tabiiy gaz bo‘yicha – 30 foizdan 10 foizgacha, neft va gaz kondensati bo‘yicha 20 foizdan 10 foizgacha pasaytirildi. Hamda 2022 yildan boshlab soliq bazasini aniqlashda “Netback” (ortga hisoblash) mexanizmi joriy etilgani natijasida soliq to‘lovchilar ixtiyorida 538,1 mlrd so‘m qoldirildi”, – deyiladi hisobotda.

2022 yilgi prognozlariga ko‘ra

Davlat budjetining 2022 yilgi prognozlariga ko‘ra, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari 14,3 trln so‘m bo‘lishi kerak edi. Imtiyozlar tufayli budjetga tushumlar prognoz ko‘rsatkichlaridan kamroq bo‘lgan: 13,76 trln so‘m.

2022 yildan boshlab O‘zbekistonda yer qa’ridan foydalanganlik uchun (oltindan tortib gazgacha) soliq stavkalari pasaytirilgandi. Lekin stavkalar NKMK, OKMK va “O‘zbekneftgaz” uchun o‘zgarmasdan qoldi. Imtiyozlardan maqsad xususiy kompaniyalarni investitsiya kiritish va foydali qazilmalar miqdori kam konlarni o‘zlashtirishga rag‘batlantirish ekani aytilgandi.

Yerosti boyliklarini o‘zlashtiruvchilarga yer qa’ridan foydalanganlik uchun pasaytirilgan soliq stavkalari quyidagicha edi:

Neft va tabiiy gaz qazib chiqarish bo‘yicha 10 foizgacha (avval neft 20 foiz, tabiiy gaz 30 foiz edi).
Oltin va mis uchun 7 foizgacha (avval oltin 10 foiz, mis 10 foiz edi).
Volfram konsentrati uchun 2,7 foizgacha (avval 10,4 foiz edi).
Uran uchun 8 foizgacha (avval 10 foiz edi) kamaytirilgan.
Bundan tashqari, yangi neft va gaz quduqlarini, sanoat usulida foydalanishga topshirilgan oydan boshlab, dastlabki ikki yil davomida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lashdan ozod qilish, keyingi uch yilda ushbu soliq uchun belgilangan soliq stavkasining 50 foiziga kamaytirilgan stavka qo‘llanishi ham belgilangandi.

Manba

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: