Oldingi maqolalarimizda buyrak og’rig’ini davolash, buyrak kuchsizligini davolash hamda buyrak yaralarini davolash haqida gaplashdik. Bugungi mavzu: yosh ko’rinish, oyoq hidlanishi, gijja tushirish, qon tozalash va uzoq umir ko’rish hakida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz.
Yotishdan bir soat oldin, har kuni yuzingizga glitserin va E vitamini aralashmasini surting.
Tayyorlash usuli:
30 gramm glitserinni va vitamin E ning 10 dona kapsulalarini olamiz. Kapsula igna bilan teshiladi va yog‘i shishaga siqib chiqariladi. Barcha dorixonalarda bor, arzon narxda sotib olishingiz mumkin.
Mahsulotni qo‘llashdan oldin yuzning terisini tozalash va yumshoq cho‘tka bilan engil massaj qilish kerak, shunda yuzning sirti biroz qizaradi. Bu holatda hujayralar ozuqa moddalarini maksimal darajada qabul qiladi.
Bir minus tomoni bor – glitserin so‘rilgani sari teri biroz yopishqoq bo‘lib qoladi. Noqulaylikni yo‘qotish uchun terini tetiklantiruvchi tonik bilan tozalang.
Insonning yosh ko’rinishida yong’oqning roli qanday
Har bir inson yeng’ok haqida eshitgan bo‘lishi kerak albatta. Biroq, 2 hafta davomida suvda saqlanib quvvati yuzlab marta ko‘paygan yong‘oqning noyob retsepti haqida juda kam odam biladi.
1 kg tozalanmagan yong‘oq sovuq suvga solinadi. Suv yong‘oqni qoplashi kerak.
2 hafta davomida saqlang, har kuni suvni alishtiring. Kuniga 2 marta yong‘oqni aralashtiring.
2 hafta ichida yong‘oq iste’mol qilishga tayyor bo‘ladi. Yong‘oqlarni muzlatgichda (pastda) suvda saqlang. Ertalab va kechqurun 3 donadan tozalangan yong‘oqni iste’mol qiling.
Ushbu retsept sizga yangilanish, organizm hujayralarini yoshartirish, immun va asab tizimini tiklash va qon aylanish tizimini tozalash, tananing suyak to‘qimasini oziqlantirish imkonini beradi.
Natija: har kuni bunday ozuqaga teringizni minnatdorchiligini kuzatasiz. Ajinlar tekislanadi va teri jilodor bo‘ladi.
Oyoq hidlanishining oddiy yechimi
Bir litr iliq suv, 6 tomchi yod va 4 oshqoshiq tuz oling. Aralashtiring va oyoqlaringizni shu aralashmada vanna qiling. Natija yaxshi bo‘lishi uchun kuniga 5-10 daqiqa davomida oyoqlaringizni shu tarzda muolaja qiling. 3-4 kunda natijasini sezasiz
Gijjani tushirish
- Indov talqoniga asal qo‘shib, och qoringa 6 kun 3 mahal 1 choy qoshiq to‘la yeyilsa, 1 million gijja to‘liq o‘lib tushadi…
- Shaftolining ho‘l bargi suviga paxtani to‘yintirib, kindikka yopishtirib bog‘lab yotilsa ham gijjani daf etadi.
- Yong‘oq bargiga baravar sabzi urug‘ini qo‘shib qaynatib, och holda 3 mahal 100 grammdan ichilsa ham foyda qiladi.
- Makkai sanoni qaynatib, och holda 100 grammdan ichsa ham gijjalar tushadi.
Qonni tozalash va vazn yo‘qotish uchun ajoyib retsept
Qo‘llash usuli: 0,5 kg sarimsoqni maydalang va 24 dona limonni siqib oling. Aralashmani keng og‘izli idishga (banka) soling va oziq-ovqat plyonkasi bilan yoping. 24 kun kuting. So‘ng iste’mol qilishdan avval silkiting! Kuniga bir maxal yotishdan oldin 1 choy qoshiq aralashmani yarim stakan suvga solib, aralashtirib iste’mol qiling. 10-14 kundan keyin siz vazn yo‘qotasiz charchoq hissi yo‘qoladi, uyqu yaxshilanadi.
Uzoq umr ko‘rish uchun foydali maslahatlar
- Telefonda chap quloqda gaplashing
- Bir kunda ikki marta kofe ichmang.
- Tabletkani sovuq suv bilan qabul qilmang.
- Soat 17:00 dan keyin to‘yib ovqatlanmang.
- Yog‘li taomlardan biroz tiyiling.
- Ertalab ko‘proq, kechda kamroq suv iching.
- Qo‘l telefonlari quvvatchilaridan (zaryadnik) uzoqroq yuring.
- Telefon orqali uzoq gaplashmang.
- Uxlash uchun eng yaxshi vaqt kech 22:00 dan ertalab 06:00 gachadir.
- Tibbiy muolajadan so‘ng darrov uxlash uchun yotmang.
Qorinni oddiy nafas mashqlari yordamida yo‘qotamiz
➥ Belingiz bilan rasmdagidek tekis yoting;
➥ Burun bilan ichingizga chuqur nafas oling;
➥ So‘ng o‘pkangizda bor nafasni butunlay chiqarib yuboring;
➥ Qorningizni iloji boricha ichingizga torting «kindigingiz umurtqaga yopishguncha»;
➥ Asta sekinlik bilan ichingizga nafas oling va umumiy nafas olishni tiklab oling.
• Mashqni 10 soniyadan 10 marotaba qaytaring.
• Kuniga ikki marotaba mashqni bajaring: ertalab uyqudan keyin va kechqurun uyqudan oldin.