Kuzgi xazonlar va Vatanjon

Kuzgi xazonlar va vatanjon sheri

Kuzgi xazonlar

Ilk qaldirg’ochlar bo’limiga qaytish

Sevaman, oltin kuz sevaman jondan ,
Tovusday bezangan daraxt, bog‘larni!
Yomg‘irli oqshoming quyoshli tonging
Xayolga cho‘mganim go‘zal onlarni!

Zulfiya qalamiga mansub ushbu misralar rostdan ham haqiqiy oltin kuz fasli tarovatini naqadar mahorat bilan tasvirlagan. O‘zi aslida Zulfiya she‘rlarida haqiqiy baxt va his-tuyg‘ular madh etiladi. Kuz fasllar ichra noyob fasldir… Qish fasli uchun tayyorgarlik ko‘rib, barcha gullagan va yashil rangga kirgan daraxtlarni sekinlik bilan oltin, sariq va olov rangga bo‘yab, to‘ka boshlaydi. Shu bilan birga yashil barglar kuz kelishi bilan xazonga aylanadi. Kuz nafasi naqadar yoqimli…

Sharros yog‘gan yomg‘irlarning yoz faslidan qolgan issiq yerlarga to‘kilishi va undan yoqimli hovur ko‘tarilishi insonni mast qiladi. Daraxtlar va atrofdagi yashil gulzorlarning sariq rangiga aylanishi bois «oltin kuz» deb nomlagandirmiz balki. Yoki olov rangga kirib, o‘z shoxidan uzilay-uzilay deb, axiri uzilgan barglarning yerga gilamdek to‘kilgani bois «oltin kuz» deb atarmiz.

Vatanjon

Bag’ringda tug’ildik, sen tomon yurdik
Murg’ak qalbimiz bilan sen tomon chopdik.
Ko’ksimiz tubida sen abad qolding,
O, mening jonimdan jon Vatanim.

Vatan deya urgan bu yurakka,
Qalqon bo’lsin senga jon-u tanimiz.
Sen uchun yashamoq, o’limdan afzal,
O, mening jonimdan jon Vatanim.

Asrlarga teng tarixing bor seni,
Har qadamingda buyuk siymolar yashar.
Faxrlanib, sendek Ona zamindan,
Sen uchun yashamoq o’limdan afzal.

Sayfiddinova Marjona

Rating
( 3 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: