Salom do’stlar, oldingi maqolalarimiz Y harfi, I harfi va Z harfiga oid tushlar ta’birlari haqida bo’ldi, bugungi mavzumiz, yana K-harfiga oid tushlar ta’birlari bo’ladi. Tushda kema, kitob, kumush, kamzul, kulol, kulgi ko’rsa nima bo’ladi, shu haqda batafsil ma’lumot beramiz.
Buyumlarga oid tushlar ta’birlari-1
Kalit – tushda kalit ko’rish niyatlari ijobat bo’lishidan darak. Katta kalit ko’rish yuksak marralarni egallashga ishora. Temirdan yasalgan kalit omad kulib boqishi, ishlari yurishib ketishidan darak.
Qiz bola tushda kalit ko’rsa, yaqin orada to’yi bo’lishiga ishora. Erkak kishi kalitini yo’qotib qo’ysa, yangi uyga ko’chib o’tishidan darak.
Kamar – farzandli bo’lish, uzoq umr, salomatligi yaxshilanishi, badavlat yashash, ko’ngildagi sirlarga ishora.
Kamzul – tushda yangi kamzul ko’rish yangi ishga, eski kamzul esa oiladagi yo’qchilikka ishora. Sariq rangli kamzul ko’rish xastalik, qora rangli kamzul noxush xabar, yashil rangli kamzul orzular ushalishi, oq rangli kamzul xushxabardan darak.
Kanalizatsiya – gunoh, nopok ishlar, noxush xabar, yomon do’st, zino, tuhmat, afsuslanish, harom davlatni bildiradi. Kanalizatsiyaga tushib ketganini ko’rish tush sohibining umri qo’rquv va afsuslanishda o’tadi.
Tushda kanalizatsiya yaxshi ta’bir qilinmaydi.
Karavot – bir-birini chin dildan ardoqlovchi er-xotinga ishora. Tushda karavot ko’rish, uylanish, farzandli bo’lish, boylik, xursandchilik, g’am-tashvish, savdoda katta foyda ko’rishni bildiradi.
Kasalxona – kasallik, afsuslanish, g’am-tashvish, notinchlik, ishda omad kulishini bildiradi. Tushda kasalxonada yurish gunohlari uchun tavba qilishi lozimligini bildiradi.
Kassa – mehnatkash, ma’suliyatni biladigan odamga ishora. Ba’zan uzoq safar, sayohat, tashvish, katta boylik, orzularining hammasi ham ushalavermasligini bildiradi. Tushda kassa ochiq bo’lib, bilet sotib olsa, orzulari ushalishidan dalolat.
Katta tarozi – birovni azoblashni yaxshi ko’radigan zolimga ishora. Tushda tarozida biror narsani o’lchayotganini ko’rsa, badavlat bo’lishi, salomatligi yaxshilanishiga ishora.
Kema – tushda kema ota-ona, farzand, yaqin qarindosh, tashvish, qayg’urish, musibat, jarima to’lash, ma’nan barkamol odamga ishora. Tushda kema cho’kib o’zi omon qolsa, omadi kelib ishlari yurishadi. Tushda kema sotib olsa, muhabbatini topishi va to’y-tomosha bo’lishini bildiradi. Bo’sh kemani ko’rish oilasi bilan baxtli hayot kechirishga ishora.
Kiyim astari – tushda kiyim astarini ko’rish qayg’uli, motam ichida o’tirgan kishini bildiradi. Shuningdek, tashvish, safarga chiqish, to’yga tayyorgarlik ko’rish, nikoh o’qishda guvoh bo’lishni bildiradi.
Buyumlarga oid tushlar ta’birlari-2
Kiyim – erkak kishi tushda toza kiyimni ko’rsa, jamiyatdagi yuksak maqom va yaxshi xotinga ishora. Ayol kishi tushda toza kiyim ko’rsa yaxshi er yoki yaxshi insonga turmushga chiqadi.
Kitob – u tushda quvvatdir. Tushda qiziq kitoblar o’qish xursand bo’lish belgisi. Tushda kitob o’qish hurmat va boylikdan belgi beradi. Yosh bolaning qo’lida kitob bo’lsa yoki o’qiyotganini korish, xursandchilik va yaxshi istiqboldan darak.
Kley – kley ko’rish noxushliklar, salbiy hissiyotlar belgisi. Biror narsani kleylash munosabatlarni asrab qolishga urinish, yengil jarohatga ishora.
Kompyuter – uni tushda ko’rish muammo va tushunmaydigan narsalar serobligini bildiradi. Asab tizimi kasalligi, ko’rish organlari zo’riqishi, umurtqaning charchaganligini bildiradi.
Kumush – u tushda baxt va yaxshi kayfiyat. Kimga tushida kumushdan yasalgan biror narsa berilsa, o’ngida mol yoki matoni omonatga beradi. Bemor kishi uchun kumush tushda ahvolining yomonlashuvini bildiradi.
Ko’rpa – tushda ko’rpa ko’rish uylanishga ishora. Baxtli bir oila bo’lishdan dalolat.
Ko’prik – ko’prik odamlar bilan aloqa o’rnatish zarurligi va muammolar borligidan darak. Tushda ko’prik to’g’ri yo’lga dalolatdir. U yana yo’l, mushkullarning oson bo’lishi, martaba, xabar, ilm, namoz, hidoyat, ro’za tutish, mol-dunyo, farzandga ishora.
Ko’zmunchoq – uni tushda ko’rish, rajalaringiz amalga oshishi uchun kimningdir qo’llab- quvvatlashiga ehtiyoj sezasiz. Bu tush hushyor va aql bilan ish tutishingizga da’vat qiladi.
Ko’zgu – uni ko’rish noxushlik va aldanish natijasida xafa bo’lishni bildiradi. Ko’zguni sindirish-qalb larzasi va xastalikka ihora.
Harflar bo’yicha tushlar ta’birlari tabiiy ne’matlarga oid
Kungaboqar – uni tushda ko’rish ko’tarinki kayfiyat, jismoniy va ruhiy ahvolning yaxshilanishi, o’ziga ishonch, maqsadga yetishni bildiradi.
Kunduz – tushdagi manzara kunduz kuni kechsa, yaxshi kayfiyat, voqeaning ijobiy rivojlanishini bildiradi. Havo bulut, yomg’irli kunda kechsa, xafagarchilikka ishora.
Kunjut – u tushda rizq va halol mol-davlatdir. Kim tushida kunjut eksa, gullab yashnayotgan viloyat va rivojlanayotgan savdo, barakali kasb-kor va xursandchilikka erishadi. Tushda kunjut ko’rish faqat tabiblar uchungina yaxshilik belgisi, boshqalar uchun isitma kasaliga dalolat deyishadi.
Kurka – uzoq kasallikdan dalolat.
Kuchuk – u mahbub boladir. Tushda qora kuchuk ko’rish oilaga boshliq bo’lishga dalolat. Oq kuchuk esa tush ko’ruvchining iymonidir.
Kuchli chaqmoq – Bu jarohat yoki o’lim
Ko’k nok – O’z vaqtidan boshqa vaqtda ko’rilgan nok, agar ko’k rangli bo’lsa, kelgan tashvishdir.
Ko’k piyoz – u tushda kar kishi tomonidan yetadigan rizqdir.
Ko’kat – u tushda yaxshilik qiluvchi kishilardir. Tushingizda ko’rgan ko’katlarni o’ngingizda yesangiz sog’lom bo’lasiz. Ulamolar ko’katlar haqida yaxshi va yomon ta’bir qilishadi. Mol-davlat, ranbarlik va xafagarchilik ham oz muddatga bo’lishi ta’bir qilinadi.
Ko’knori urug’i – u tushda halol moldir. Kim tushida uni ko’rsa halol rizqqa erishadi.
Ko’l – toza suvli tinch ko’l ruhiy poklanish zarurligini bildiradi. To’lqinli ko’l-ruhiy hayajon, iflos suvli ko’l-kasallikdan darak. Ko’l bo’yida turib, suv yuzida o’z aksini ko’rish, o’ngda biron erkak bilan tanishishga ishora.
Ko’mir – u tushda xatarli kishidir. Kim tushida ko’mirga o’t ketganini ko’rsa, uning moli tortib olinadi. Qishda ko’mir mol deb ta’bir qilinadi.
Ko’lmak – ko’lmak suv – xavf belgisi. Unga yiqilib tushgandan sakrab o’tib ketgan yaxshi.
Ko’chat – ko’chat ko’rish, uni ekish orzuning yuzaga chiqishi, yaxshi kayfiyat, farzand tug’ilishidan darak beradi.
Ko’rshapalak – u tushda obid kishidir. U yana pahlavonlik va xavfning ketishiga dalolat. Tushda ko’rshapalak ko’rish-noxushliklar, salbiy ehtiroz, ruhiyatning joyida emasligi, issiq-sovuq yoki kinna kirgani ishorasi.
Ko’chki – tushda tog’lardan qor ko’chkisini ko’rish, hayotda hayratda qoldiradigan hodisa ro’y beradi, lekin quvonch keltirmaydi.
Harflar bo’yicha tushlar ta’birlari insonlarga oid
Kulgi – tushda kulish o’ngdagi xafalikdan dalolat. Qahqaha otib kulish g’am-tashvish va yig’iga dalolat. Odamlarning kulayotganini ko’rish, yomon voqealar va uning stressli oqibatini bildiradi. O’zining kulayotganini ko’rish noxushliklar va muvaffaqiyatsizlikka ishora.
Kulol – kim tushida kulol korsa, o’ngida birovning ta’siriga tushib qoladi. U esa kelajakdagi ishlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tushda o’zi kulol bo’lsa, o’ngda ishlari rivojlanib ketadi.
Kurash – tushda kurashish o’ngdagi tashvishlar, janjallarga ishora. Tushda yovuzlikka qarshi kurashayotgan bo’lsangiz, o’ngda sizni mukofot kutadi.
Kuchsizlik – tushda o’zingizni kuchsiz va holdan toygan ko’rsangiz, o’ngda omadingiz qaytishidan dalolat.
Ko’z – uni tushda ko’rish mol-dunyo, farzand, aka-uka, ota, rahbar yoki liderlarga ishora. O’ng ko’z erkak kishi, katta yoshli va ulug’larga dalolat qiladi. Chap ko’z pastkash kishilarga ishora. Ko’rlik katta tasvishlar, jarohat belgisi. Tushda chiroyli, chaqnoq, kattalashgan ko’zlar yaxshi kayfiyat belgisi. Yoshli ko’zlar xursandchilik va yaxshi vorqealarga ishora.
Ko’krak – Kimki tushida ayol ko’kragini ochiq holda ko’rsa, farzandga yo’yiladi. Ayol kishi ko’kraklarining chiroyli bo’lganini ko’rsa, o’ngida sevgilisidan xat oladi. Oilali ayol bolasini emizayotganini ko’rsa, o’ngida farobonlikka erishadi. Ko’krakda jun borligini ko’rish, o’ngda boylik topadi.
Kokil – u homilador ayol uchun farzanddir.
Kuyov – tushda kuyovni ko’rish o’ngdagi quvonchli va qutlug’ kunlarga ishora.
Kuyish – Tushda kuyib qolish, baxtsiz muhabbat tufayli tushkunlik va yomon kayfiyat belgisi. Terida eski kuyuk izlarini ko’rish, o’ngda xazina topishga ishora. Shuningdek, tushda kuyib qolish uylanish va o’g’il ko’rishga ham darakdir
Kelin – tushda kelin ko’rish omad kulib boqishi, xushxabar, qimmatbaho hadya, to’y-tomoshaga ishora.
Keksa kishi – tushda keksa kishini ko’rish, ojizlik, umidlaridan ayrilish, davlati qo’ldan ketishi, ajali yaqinlashgani, afsuslanish, qo’rqoqlikka ishora.
Ka’ba – tushda Ka’bani ko’rish namozga ishora. Jannat ne’matlari, yuksak martaba, xursandchilikni bildiradi. Tushda uyida Ka’bani ko’rish saodatli umr kechirishga ishora.
Kechirish – yaxshilikka ishora. Shirinso’z, oxir-oqibat, berilgan sadaqa, xushxabar, salomatligi yaxshilanishi, boylikni ham bildiradi.
Kiprik – tush sohibini qo’riqlovchi mehribon do’stga ishoradir.
Kiyim tikmoq – tushda kiyim tikayotganini ko’rish reja bilan ish yurituvchi kishini bildiradi. Orzu-umidlar ushalishi, sadoqat, mehnatkash odamni anglatadi.
Ko’k to’n – ko’k to’n mazorat bo’ladi.
Dildora Abdullaeva «Tushlar olami» kitobidan.