Tushlar ta’birlari harflar bo’yicha Y-harfiga oid -10

Y-harfi bo'yicha tushlar ta'birlari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimiz I harfi, Z harfi va J harfiga oid tushlar ta’birlari haqida bo’ldi, bugungi mavzumiz, Y-harfiga oid tushlar ta’birlari harflar bo’yicha, tushda yig’lasa, yo’talsa, yo’l, yo’lbars ko’rsa nima bo’ladi, shu haqda bo’ladi.

Insonlarga oid tushlar ta’birlari

Yig’lash – tushda yig’lash yaxshilikka ta’bir qilinadi. Yo’qotgan odamini topadi.

Tushda o’kirib yig’lash, o’ngda xushxabar eshitishni bildiradi. Yig’lamasa ham ko’zdan yosh oqsa noxush xabarga ishora. Tushda yig’layotganda ko’zdan qon oqishini ko’rish qulay fursatni qo’ldan boy berganiga ishora.

Yiqilish – tushda birovning ustiga yiqilib tushganini ko’rish dushmani qarshisida ojiz qolishdan dalolat.

Baland yerdan yiqilganini ko’rish martabasi yuksalishiga ishora. Yo’lda ketayotib yiqilib tushganini ko’rish yaqinlari g’amxo’rligiga sazovor bo’ladi.

Yo’tal – Tushdagi yo’tal shikoyatga dalolat qiladi. Kim tushida yo’talayotganini ko’rsa, rahbarga aloqasi bor inson ustidan shikoyat qiladi.

Yo’lto’sar – kim tushida yo’lto’sarni ko’rsa, o’ngida g’iybat va taxminlarga ishonadigan bo’ladi. Qiz bola tushida yo’lto’sarga uchrasa, o’ngida shaxsiy hayotidagi ko’ngilsiz voqealarning oldini olishi kerak ekan.

Tushlar ta'birlari harflar bo'yicha Y-harfiga oid -10

Yo’ldan nopok narsalarni olib tashlash – bunday tush dinda g’ayrat qilishga, uyg’oqlikka dalolatdir. Yana xotin, farzand va o’ylab gapirishni, gunohlari kechirilishiga ishora. Yo’lga tikan, tosh kabilarni tashlaganini ko’rsa, o’ngda fohishaga tili va qo’li bilan ozor berishiga ishora.

Yo’qotish – tushda biror narsani yo’qotish xavf, tashvish va baxtsizlik belgisi. Bemorlar uchun dardning zo’rayishi. Kim tushida kiyimi, uyini yo’qotsa, egalik qilgan ba’zi narsalari noaniq bo’lib qoladi.

Yo’g’on arqon – u tushda rizq yo uzoq umr yoxud bo’ydoq uchun oila qurishga ishora.

Yo’l – tushda tekis, uzun yo’ldan ketayotgan bo’lsangiz, o’ngda uzoq yillar baxtli umr kechirasiz. Yo’l O’nqir-cho’nqir, so’qmoqli bo’lsa, o’ngda muammolar borligidan dalolat. So’qmoqlardan qiyinchilik bilan sekin o’tsangiz, turmushdagi noxushliklar uzoq davom etadi. Tushda notanish yo’ldan yurish din yo’lidan adashish belgisidir.

Yo’lak – tor joy siqilish va qashshoqlik ramzi. Kim tushida yo’lak va yo’lakdan yursa, qashshoqlik va og’ir mehnatga ishora.

Tushlar ta'birlari harflar bo'yicha Y-harfiga oid -10

Y-harfiga oid tushlar ta’birlari hayvonlar to’g’risida

Yirtqich hayvon – tushda yirtqich hayvon ko’rish biror xavfdan ogohlantirish, g’am-tashvish, kutilmagan noxush xabar, toshqin, og’ir xastalikka ishora.

Yirtqich hayvonlarning terilari – yirtqich hayvonlarning terilari zolim kishiga dalolat qiladi.

Yo’lbars – tushda yo’lbarsni ko’rish zolim podshoh yoki kuch qudratli, nomdor dushmanga dalolat qiladi. U kasallikka ham, ikkala ko’zning og’rishiga ham ishora. Kim yo’lbarsni o’ldirganini ko’rsa dushmanini bo’ysundiradi. Kimki unga minsa, juda ulkan saltanatga ega bo’ladi.

Yo’lbars go’shtini tushda yesa, mol-davlat va sharafga yetishadi.

Yo’lbars bilan jang qilish – tushda yo’lbars bilan jang qilsa, dushmani bilan xusumati bor. Agar yo’lbars g’olib chiqsa, dushmani uni yengadi.

Yo’lbars suti – Agar kishi tushda yo’lbars sutini ichsa, dushman undan qo’rqadi.

Yo’sin – zax joyda o’sadigan o’tni yo’sin deydilar. Kimki tushida yo’sin ko’rsa, o’ngida tinchlik va xotirjamlik topadi.

Dildora Abdullaeva “Tushlar olami” kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: