R-harfi bo’yicha tushlar ta’birlari -17

R-harfi bo'yicha tushlar ta'birlari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimiz P harfi, O harfi va N harfiga oid tushlar ta’birlari haqida bo’ldi, bugungi mavzumiz, R- harfi bo’yicha tushlar ta’birlari, tushda ro’mol ko’rsa, rassom, rayhon, rediska, rasm va shu kabilarni ko’rsa nima bo’ladi, shu haqida bo’ladi.

Buyumlarga oid tushlar ta’birlari

Radiatr – musibat, salomatligi yaxshilanishi, oila tinchligi, uylanish, afsuslanish, ishdagi muammolar, savdoda katta daromad qilishga ishora.

Ramka – u tushda va’dasini bajaruvchi do’st, oiladagi inoqlik, sevgi, baxt, xursandchilikni bildiradi.

Rasm – ayriliq, xastalik, uzoq safarga chiqish, qiz unashtirish, to’y-tomosha, kutgan muhabbatini topishini bildiradi.

Restoran – u tushda hammaga yordam berishga shoshiluvchi saxovatli odam, rizq-nasiba, yaxshilik, yo’qchilik, manfaatini ko’zlash, serdaromad ishga ishora.

Rozetka – agar tushda rozetka ko’rsangiz, o’ngda ko’ngilsiz hodisa ro’y beradi.

Ro’mol – tushda ro’mol ayollarning hayosidir. Agar ayollar ro’mol o’ragan bo’lsa, bu ish xayrlidir. Yana ro’mol tushda xotin yoki er bo’ladi.

Ro’molcha – tushda ro’molcha yomon kayfiyat, shamollash, allergik kasalliklarga ishora.

R-harfi bo'yicha tushlar ta'birlari -17

Insonlarga oid tushlar ta’birlari

Raqs tushmoq – tushda raqs tushish yo raqsni tomosha qilish yaxshilikka emas. Bemor kishi tushida raqs tushsa, kasali og’irlashadi. Bolalar raqs tushayotganini ko’rish tush sohibi tuhmatga uchrab boshi baloga qolishiga ishora.

Rask qilish – tushda rashk qilganini ko’rish fitna va fasod, yo’qchilik, adovat, g’urur, manmanlik, afsuslanish, sevib qolish, xoinlik yolg’onga ishoradir.

Rassom – u tushda so’zni qabul qilish yoki fikr egasiga dalolat qiladi.

Rahbar – tushda rahbarni ko’rib muomala qilish asab tizimining charchaganidan dalolat. Qiz bola tushida yo’l ko’rsatuvchi rahbarni ko’rsa, o’ngida namunali xonadonga kelin bo’lishidan dalolat.

Rohib – kim tushida o’zining rohib bo’lganini ko’rsa, u bid’atchi kishidir.

Risola – tushingizda risola yozayotgan bo’lsangiz, o’ngingizda orqangizdan g’iybat qilishadi.

Rayhon – oqila, chiroyli qizni uchratish, baxt-saodat, yangi ish topish, qisqa vaqt davom etadigan ayriliq, xastalik, do’stini aldagan erkak, erini el ichida izzatli qilgan oqila ayolga ishora.

Rediska – tushda rediska ko’rsangiz, o’ngda chaqirilgan ziyofatga bormang, yomon natija bilan tugaydi. Rediskani ko’rish, yeyish – aldov va hafsala pir bo’lishini bildiradi. Organizmda ba’zi vitaminlar yetishmasligi, oshqozon – ichak ishining yomonlashganidan darak.

R- harfi bo’yicha tushlar ta’birlari suralarga oid

R-harfi bo'yicha tushlar ta'birlari -17

Rum surasi – Ja’fari Sodiq aytadilarki, agar tushida Rum surasini o’qisa, dalildirki, odamlar salohidan bahra oladilar.

Ra’d surasi – Ibn Sirin aytadilarki, agar tushida Ra’d surasini o’qisa, dalildirki, Qur’on o’qishga mashg’ul bo’ladi.

Ramazon – tushda ramazon oyini ko’rish rizq-baraka, orzulari ushalishi, tashvishlardan xalos bo’lish, xushxabar eshitishni bildiradi. Kutilmagan mehmon kelishi, musibatlarga sabr qilish, tavba qilish, ibodatlarini kanda qilmasliklarini ham bildiradi.

Ro’za – sabr- toqatning mustahkamligini anglatadi. Tushida ro’za tutayotganligini ko’rgan odam o’ngida gunohlaridan forig’ bo’ladi.

Dildora Abdullayeva “Tushlar olami”kitobidan

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: