Harflar bo’yicha tushlar ta’birlari D-harfiga oid 0,5

Harflar bo'yicha tushlar ta'birlari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimiz G va G’ harflari, B harfi va izohli tushlar ta’birlari haqida bo’ldi, bugungi mavzumiz, harflar bo’yicha tushlar ta’birlari, buyumlarga, tabiiy nematlarga, insonlarga xos tush ta’birlari haqida bo’ladi.

Buyumlarga xos tush ta’birlari

Dazmol – chigal ishlari yechimini topishi, xushxabar, yangilik eshitish, ruhiy iztirobni boshidan o’tkazishi, yangi ishga kirishga ishora. Yaqinlari bilan bahslashish, sirdosh do’stlari bilan uchrashuv, omonatga xiyonat qilishi, yomon odatlarni tark etishini bildiradi.

Dasturxon – yaxshilik qiluvchi, mard, hamma hurmat qiladigan insonga ishora. Rizq- nasiba, savob ish qilish, baxtli oila, yangi do’stlar orttirish, uzoq umr ko’rish, xayrli safarga chiqish, tashvishlardan qutulishni bildiradi. Qiz bola tushida dasturxon ko’rsa, badavlat kishiga turmushga chiqishiga ishora.

Daftar – tush sohibining xatti-harakatlarini bildiradi. Qilgan savob amallari-yu gunoh ishlariga ishora.

Tushda stoli ustida ko’p daftar ko’rsa, mehribon do’stlari ko’p bo’lishidan dalolat.

Dahliz – tushda dahliz ko’rish kishining kelajagini bayon qiladi. Dahliz toza, keng va yorug’ bo’lsa, kelajakda tush sohibi baxtli-saodatli, osuda hayot kechirishini bildiradi. Dahliz tor va qorong’u bo’lsa, qayg’uli kunlarni boshidan kechrishiga ishora.

Devor – baland va chiroyli devorni ko’rish tush sohibi yuksak martabaga erishishini bildiradi. Devor egri va yiqilay deb turgan bo’lsa, martabasidan ayrilishini bildiradi. Devor yiqilganini ko’rsa, merosga ega bo’lishga ishora.

Deraza – quvonch, baxt-saodat, xonadon sohibi, farzandlar, ayriliq, safarga chiqish, ko’z yoshi, salomatligi yaxshilanishiga ishora.

Tushda derazadan yorug’ tushganini ko’rish xushxabar, serdaromad ish, mol davlatni bildiradi.

Drama – tushda drama tomosha qilish, turli hayotiy muammolar paydo bo’lishi mumkinligini bildiradi.

Harflar bo'yicha tushlar ta'birlari D-harfiga oid 0,5

Durbin – tushda durbin bilan tomosha qilmoq yaxshilikka yo’yiladi. Ammo durbin orqali kimnidir kuzatish yovuzlik ramzidir. O’ngida birovning hayotini buzishga harakat qiladi va sharmanda bo’ladi.

Dush – tushda dushda cho’milayotgan bo’lsangiz, o’ngda yaxshi o’rtoqlar izlashingiz kerak.

Do’kon – agar kishi tushda do’kon qursa xotin oladi. Do’konni xarob qilsa, xotinini taloq qiladi.

Do’ppi – u tushda safar va uylanishdir. Kim tushida o’ziga do’ppi berilganini ko’rsa, uzoq safarga chiqad. Agar boshiga kiysa, saltanatga erishadi.

Divan – tinch hayot taziga ishora.

Diplom – tushda sizga qandaydir diplom topshirsalar, martabangiz oshadi. Zavqlanish, mag’rurlik va o’zini sevishni bildiradi.

Doka – tushda doka ko’rish nafas olish yo’llari muammosiga, jarohat va boshqa kasalliklarga ishora.

Dovon – tushda dovon oshsangiz, boshingizga tushgan tashvishlardan xalos bo’lasiz. Ammo omad kulgani uchun odamlarni nazar-pisand qilmay qo’yasiz.

Doska – tushda xat yoziladigan taxta doska korish ayol, farzand va ekin ekiladigan yerga ishora. Gohida u xavfdan tinch bo’lishni, ilmni bildiradi.

Dorixona – tushda dorixonaga kirsangiz, o’ngda sizni ko’ngilsizliklar kutadi. Dorixonada ishlaganingizni ko’rsangiz, kayfiyatingiz buziladi.

Bemor tushida dorixonani ko’rsa, tezda sog’ayib ketadi.

Harflar bo'yicha tushlar ta'birlari D-harfiga oid 0,5

Harflar bo’yicha tushlar ta’birlari tabiiy nematlarda

Delfin – ba’zan u bayramga ishora.

Dala – tushda dala ko’rish boy, chiroyli ayolga ishora. Rizq-nasibali bo’lish, saodatli oila, ayoli homilador bo’lishi, salomatlik, boylikka ishora.

Erkak tushida dalaga urug’ eksa xotini homilador bo’lishini bildiradi. Nochor odam dalasini suv bosganini ko’rsa, badavlat bo’lib ketishidan dalolat.

Dalachoy -tushda dalachoyni ko’rish shirinso’z, hamsuhbat, go’zal axloqli kishiga ishora. Shuningdek, yengil xastalikni boshidan o’tkazish, xushxabar eshitish, uzoq umr ko’rish, sevishganlar visolga yetishishidan dalolat.

Daraxt – tushda mevasi g’arq pishgan daraxtni ko’rish omad kulib, daromadi oshishidan darak. Bo’ydoq yigit mevali daraxt ko’rsa, tez kunlarda to’yi bo’lishidan darak. Tushda daraxt ekish, martaba oshishiga ishora. Ekkan daraxt quriganini ko’rish boshga kulfat tushishidan darak.

Daryo – badavlat, saxovatli, hurmatli insonga ishora. Omad kulib boqishi, rizq-nasiba, pokizalik, salomatlik, tashvishlardan xalos bo’lish, katta daromadga ega bo’lishni bildiradi.

Dengiz – tushda dengiz ko’rish baquvvat, adolatli, badavlat kishini bildiradi. Shiningdek, yuksak martaba, orzulari ushalishi, xursandchilik, obro’li kishilar davrasida bo’lish, katta davlatga ega bo’lish, g’am-tashvishlardan xalos bo’lishga ishora.

Do’l – tushida osmondan do’l yoki qor yoqqanini ko’rgan kishi kasal bo’ladi va tuzalib ketadi. Tanaga do’l tegsa qo’lidan moli ketadi. O’z vaqtida yoqqan do’l g’am tashvish ketishi va dushmanlarning yo’q bo’lishiga ishora.

Do’lana – tushda sariq do’lana kasallikka ishora. Barcha sariq turdagi mevalar kasallik belgisidir.

Don-dunlar – loviya, sedana, no’xat kabi donlarni ho’l yoki quruq holda topgan odam uchun g’am-tashvishdir. Ulardan ko’pini korish mol-mulkka ishora.

Harflar bo'yicha tushlar ta'birlari D-harfiga oid 0,5

Insonlarga oid tush ta’birlari

Direktor -tushda direktorni ko’rish yoki direktor bo’lish asab zo’riqishi va yomon kayfiyatni bildiradi.

Dengizchi – tushda dengizchini ko’rish o’rtoqlarning biri bilan uzoq vaqtga ajrashish.

Doktor – tushda doktorni ko’rish ayolga ham, erkakka ham omadsizlik keltiradi. Odamlar orasida doktorni ko’rib qolsangiz, ishlaringiz rivojlanadi. Tushda qiz bola doktorga turmushga chiqayotgan bo’lsa, o’ngida qilgan ishidan afsuslanadi. Tushda o’zingiz doktor bo’lsangiz, hayotda o’z o’rningizni topasiz.

Dorboz – tushda dor ustiga chiqish o’ngda dushman ustidan falabadir. Dor ustida yurish qandaydir tavakkal bir ishda ishtirok etish va yutib chiqishga ishora. Birovning yurganini ko’rish g’irromlik yo’li bilan keladigan foydaga sherik bo’lishni bildiradi.

Darvesh– kutilmagan xushxabar, uzoqdan keluvchi mehmon, mashaqqatli safar, sarguzashtga ishora.

Dugona – tushda dugonangizni ko’rsangiz, o’ngda kutilmagan joydan sizga yordam keladi. Agar dugonangiz bilan urishib qolsangiz, bironta ham rajangiz amalga oshmaydi.

Duduqlanish – kimdir yoki o’zingizning duduqlanib gapirayotganingizni tushda ko’rsangiz, tilingizni tishlab qoladigan darajadagi xabar keladi.

Dushman – tushda dushmanlaringiz xalal bermoqchi bo’lsa, o’ngda barcha ishlaringiz muvaffaqiyatli bo’ladi. Dushmaningizni o’psangiz, u bilan yarashasiz.

Duo – tushda birovni duo qilsangiz, o’ngda yordamga muhtoj odamlarga xolis yordamingiz uchun hurmat topasiz. Kimki sizni duo qilsa, yaqinlaringizdan birining to’yi haqida xabar topasiz. Hayotingiz osuda va baxtiyor bo’lishiga ishora.

Doya – homilador ayol tushida doya ko’rsa, qiz farzand ko’rishiga ishora. Eri doya ko’rsa, o’g’il farzand ko’rishni bildiradi. Boshqa kishilarga tushida doya ko’rish, kasallikdir.

Do’st – tushda do’stlarni yaxshi kayfiyatda ko’rish, o’ngda yaxshi xabardan darak. Do’stingiz xafa bo’lsa kasalga chalinasiz. Tushda do’stingiz martabaga erishsa, rejalaringiz amalga oshadi va mehnatlaringiz munosib taqdirlanadi.

Dildora Abdullaeva “Tushlar olami” kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: