Tushlar ta’birlari Z-harfi bo’yicha 0,8

Z-harfiga oid tushlar ta'birlari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimiz J harfi, Y harfi va D harfiga oid tushlar ta’birlari haqida bo’ldi, bugungi mavzumiz, Z- harfi bo’yicha tushlar ta’birlari, tushda suralar o’qisa nima bo’ladi, zaharli ilon, zebra, zilzila, zirak, zakot bersa nima bo’ladi, shu haqda bo’adi.

Suralarga oid tush ta’birlari

Zumar surasi – Ibn Sirin aytadilarki, agar tushida Zumar surasini o’qisa, dalildirki, Alloh uni panohida afv qiladi.

Zuho surasi – Ja’fari Sodiq aytadilarki, agar tushida Zuho surasini o’qisa, g’ariblarni aziz qiladi.

Zuxruf surasi – Ibn Sirin aytadilarki, agar tushida Zuxruf surasini o’qisa, dalildirki, namoz o’qiydi va ro’za tutadi. Ja’fari Sodiq aytadilarki, rostgo’y bo’ladi.

Zoriyot surasi – Ibn Sirin aytadilarki, agar tushida Zoriyot surasini o’qisa, toat va ibodatga mashg’ul bo’ladi.

Zakot – tushda zakot berganini ko’rish qarzini to’lashi, keladigan balolardan qutulish, nochor kishini sevintirish, savob qilish, ibodat qilish, daromadi ko’payishiga ishora. Bemor kishi shunday tush ko’rishi sog’yib ketishidan darak. Ishsiz odam tushida zakot olsa, tez kunlarda ish topishiga ishora.

Zam-zam suvi – tushda zam-zam suvini ko’rish orzulari ushalishini bildiradi. Salomatligi yaxshilanishi, xayrli ish, xushxabar, gunohlariga tavba qilish, hajga ketish, baxtli oila, ilm o’rganish, savob amallar qilishni bildiradi.

Tushlar ta'birlari Z-harfi bo'yicha 0,8

Buyumlarga oid tushlar ta’birlari

Zanjir – zanjir tushda umri uzoq, halol mol dunyoga ega ayoldir. Ko’pincha tahdid va qo’rqinchga dalolat. Zanjir ishlarning chigallashishiga ham dalildir.

Zargarlik buyumlari – zargarlik buyumlarni ko’rish, taqib yurish, zavqlanib tomosha qilish, stress va buyumlarni yo’qotish natijasida xafa bo’lishga ishora.

Zinapoya -zinapoyadan tepaga ko’tarilish turmush, ish, ijtimoiy ahvolning yaxshilanishi, bemorning sog’ayishiga ishora. Pastga tushish esa – ularning aksi.

Zirak – u tushda yomon gap yoki xursand etuvchi yaxshilikdir.

Zulfin – tushda eshik zulfinini o’z halqasiga solsangiz, o’ngingizda muvaffaqiyat qozonishingizga va erkin bo’lishingizga dalildir.

Zumrad – botir va olijanob odam ramzi, shuningdek, qonuniy mulkka ega bo’lish ishorasi.

Tushlar ta'birlari Z-harfi bo'yicha 0,8

Z- harfi bo’yicha tushlar ta’birlari tabiiy ne’matlarga oid

Zaytun – rizq-nasiba, baraka, saxovatli inson, baxtli yashash, gunohkor banda hidoyat topishi, uzoq umr, tug’ilajak farzandga ishora.

Zarang daraxti – tushda zarang daraxtini ko’rsangiz yangi libos kiyasiz.

Zarg’aldoq – tushda zarg’aldoq ko’rsangiz, orzularingiz amalga oshishiga intilasiz. Zarg’aldoq ildizini ko’rish, janjal va oilaviy kelishmovchilikka ishora.

Zardob – tushda zardob ko’rish g’am va tashvishlarning paydo bo’lishiga ishora.

Zahar – tushda zahar ichish kimgadir g’azabini sochishini bildiradi.

Zaharli ilon -zaharli ilon xavf belgisi, yovuz ayollardan ehtiyot bo’lish haqida ogohlantiruv. Ilon chaqib olsa, kasallikka ishora.

Zaharli qora ilon – tushda zaharli qora ilonni o’ldirsangiz, o’ngda boylik topasiz. Zaharli qora ilon o’lgan bo’lsa, uyingizga siz yoqtirmaydigan odam kelishiga ishora.

Zaharli o’rgimchak – u tushda aziyat beruvchi, fasodchi ayolga dalolat.

Tushlar ta'birlari Z-harfi bo'yicha 0,8

Za’faron – tushda bu o’simlikni korish yaxshi deyiladi, ammo uning rangi kiyimda yoki tanada qolmasa. Rangi iz qoldirsa, tush ko’rgan kishi uchun kasallik belgisidir.

Zig’ir – tushda zig’irpoyani ko’rsangiz, o’ngda safarga chiqasiz.

Zilzila – tushda yer qimirlasa, u diyorga kasallik keladi. Taqdir zarbasi yaqinlashayotgani va unga bog’liq azobga ishora.

Zebra – tushda zebra ko’rsangiz , o’ngda hayotingiz bir tekisda bo’lmaydi.

Zira – u mol-dunyodir.

Ziravorlar – ular tushda go’dakligida vafot etadigan bolaga, oz vaqt bo’ldigan xursandchilikka, zavolga uchraydigan tijoratga, ajrashib ketadigan ayolga va olib qo’yiladigan mansabga ishora.

Zirk – tushda zirk butasida mevalar borligini ko’rsangiz, o’ngda manfaat ko’rasiz. Zirk butalari quriganini ko’rish, o’ngda omad yuz o’girishini bildiradi.

Zoopark – tushda zooparkda bo’lish kuchli, yovuz, beshafqat odam tomonidan bo’ladigan xavfdan darak.

Zotdor tuya – tushda zotdor tuya musofir, shayx, mashhur, sabrli, vazmin odamga ishora.

Zuluk – tushda zuluk ko’rish ochko’z va ta’magarlikka ishora. Tushida badaniga zuluk qo’ysa, o’ngida molida kamchilik ko’radi. Zuluk xasis dushmanga dalolatdir.

Zuhro yulduzi – bu yulduz tushda ayblov, bekorchilik, o’yin-kulgi, tasvir, qimmatbaho narsalar, chiroyli suratlar, chiroyli liboslarni bildiradi.

Zovur – tushingizda zovurdan sakrab o’tsangiz, avvalgi gunohlaringiz odamlar tomonidan unutiladi. Zovurga tushib ketsangiz, ishingiz orqaga ketadi.

Dildora Abdullayeva “Tushlar olami” kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: