S-harfiga oid tushlar ta’birlari-18

S-harfi bo'yicha tushlar ta'birlari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimiz O harfi, P harfi va R harfiga oid tushlar ta’birlari haqida bo’ldi, bugungi mavzumizda, S – harfiga oid tushlar ta’birlari, tushda sandiq, supurgi, sirg’a, savat, soch, samolyot va shu kabilarni ko’rsa nima bo’ladi, batafsil izoh beramiz.

Buyumlarga oid tushlar ta’birlari

Savat – sir saqlovchi ayol, gunohdan qo’rquvchi kishi, donolardan nasihat eshitish, ularning o’gitiga amal qilish, pul to’plash va to’y-yomosha qilishga ishora.

Non to’la savatni ko’rish davati ortishiga, dur to’la savatni ko’rish iqtidori yuksalishini bildiradi. Meva to’la savatni ko’rish tush sohibi ibotadlarini kanda qilmay ado etishini bildiradi.

Salfetka – kutilmagan mehmon kelishi , do’stlik, uchrashuv, sevgisini topish, ko’z yoshi, g’am-tashvish, g’iybat gap eshitish, boylik, tez-tez ish yerini almashtirishga ishora.

Samolyot – umidlari ushalishi, muvaffaqiyat qozonish, badavlat bo’lish, kutgan insoni kelishi, serdaromad ish, musibatli xabar, yuksak martabani bildiradi.

Sandiq – lobar ayol, yashirin sir, yuksak martaba, sodiq do’st, serdaromad ish, oila baxti, uylanish, badavlat bo’lish, xursandchilikni bildiradi.

Seyf – meros, boylik, huzur-halovat, ishxona, oila boshlig’i, qarz bo’lib qolish, yordam berishga ishora.

S-harfiga oid tushlar ta'birlari-18

Sigaret – yomon do’st, achchiq so’z, mashaqqat bilan muvaffaqiyatga erishish, xarom yo’l bilan qo’lga kiritilgan mol, andisha musibat, sevgilisidan ayrilish, xastalikka ishora.

Sinfxona – oila, xushfe’l, oqil farzand yetishtirgan onaga ishora. Shuningdek, mo’l hosil beruvchi ekinzor, serdaromad ish, tajriba, ishning ko’zini bilishni bildiradi.

Sirg’a – oldi-sotdi, tijorat, qiz unashtirish, sevishganlar baxtga yetishini , go’zal qiz, xursandchilikni bildiradi. Tushda kumush surg’alar ko’rish hofizi Qur’on bo’lishidan dalolat. Homilador ayol kumush sirg’a ko’rishi o’g’il farzandli bo’lishiga ishora.

Soat – tushda soat ko’rish vafoli yor, oqibatli do’st, ishda omad kulishi, serdaromad ish, yo’qchilikka ishora.

Sovut -u tushda dushmandan saqlanishga dalolat. Muhim ishlarda tayanch va homiy bo’ladigan odam ramzidir.

Sovutgich – tushda u siz bilan sovuq munosabatda bo’ladigan va nazariga ham olmaydiga kishini bildiradi.

Stol – tushda katta stol ko’rsangiz, yig’in bo’ladi va unda siz ham ishtirok etasiz. Stol ustiga narsalar tashlab qo’yilgan bo’lsa, o’ngda janjal bo’ladi. Stol usti bo’sh bo’lsa, odamlar bilan muomalangiz qiyin kecharkan.

Stul – tushda stul ko’rsangiz, o’ngda o’zingizdan katta yoshdagi odam bilan suhbatlashasiz.

Sumka – tushda sumka ko’rsangiz, bu sizning bilimingiz yig’indisi ramzidir. Ayollar sumkachasini ko’rsangiz, u holda siz tengdoshlaringiz bilan muomalada ojizligingizni his qilar ekansiz. Sumka katta bo’lsa, o’zingizning aqliy qobiliyatingizga yuqori baho berar ekansiz.

Supurgi – u tushda xodim va xizmatkor bo’ladi. Supurgi – qo’rquv, oiladagi janjalni bildiradi. Supurish – sizdan nimanidir yashirayotganini bildiradi. Singan, to’zigan, eski supurgi kasallikka ishora. Yangi supurgi quvonch belgisidir.

Surnay – tushda surnay chalsangiz yoki chalinayotganini eshitsangiz, o’ngingizda biron xayrli xabar eshitasiz.

Kishilarga oid tushlar ta’birlari

S-harfiga oid tushlar ta'birlari-18

Sadaqa – tushda sadaqa berish balodan asrash, yaxshilik qilish, muhtojlarni quvontirish, sevgani yana yoniga qaytishi, salomatligi yaxshilanishi, rizq-nasiba, omonatini egasiga berishini bildiradi.

Tushda yetimga sadaqa bersa, orzulari ushaladi, hammaga sadaqa bersa, davlati ortadi.

Sajda qilish – tushda sajda qilayotganini ko’rish tavba qilish, uzoq umr, taxlikalardan xalos bo’lish, dushmanini yengish, ne’matlarga yetishish, orzularga erishish, kibr, manmanlikdan voz kechishni bildiradi.

Sakrash – Bo’ydoq yigit uchun tez kunlarda to’yi bo’lishidan darak. Oilali kishi uchun tashvishlardan xalos bo’lishga ishora. Tushda balanddan sakrayotganda qo’rqsa, o’ngda musibatlardan xalos bo’lib, osuda hayot kechirishga ishora.

Salla – tushda salla ko’rish og’ir, bosiq, hamma hurmat qiluvchi kimsaga ishora. Safarga chiqish, xushxabar eshitish yoki xastalikka chalinishni ham bildiradi.

Salom berish – tushda salom berish xayrli xabar, duo olish, ilm o’rganish, shirinso’z eshitish, ishonchli hamkor, afsuslanishni bildiradi.

Safarga chiqish – tushda safarga chiqish ish joyini o’zgartirish, uzoqdan keladigan xabar, umidlari ushalishi, mol-mulk sohibi bo’lish, sevgisini uchratish, mehmon kelishini bildiradi.

Sovchi – xushxabar, ishda yangi sherik, yaqin qarindosh, mehribon do’st, oqibatli qo’shni, omad kulishini bildiradi.

Singil – singilni ko’rish, yaqin odamlaringiz bilan munosabatni yaxshilashni bildiradi.

Siydik – kimki tushida siydik yoki najas ko’rsa, o’ngda farovonlik topadi. Siydik tomishi qarzdorning qarzini bo’lib-bo’lib berishiga ishora.

Tushda siyish kasallikdir. Tushda siydikning ko’payishi rizqning ko’payishidir.

Sovg’a – u halol rizq va aldovga ishora. Sovga’ olish – hayotiy vaziyatning yaxshilanishi, yaqin orada taqdir kulib boqishini bildiradi.

Soqol -kim tushida soqoli uzayganini ko’rsa, hurmat va e’tiborga sazovor bo’ladi. Soqoli kalta bo’lsa, shu hurmat kamligini bildiradi. Soqolini qirtishlayotganini ko’rsa, mulkidan ajralishiga ishora.

Beva ayol soqol ko’rsa, erga tegadi. Homilador ayol ko’rsa o’g’il farzand ko’radi.

Soqchi – uni tushda ko’rish tinchlik, salomatlikka ishora.

Soch – sochlarning qalin va uzunligini ko’rish boylik, sharaf, uzoq umr, quvonchli xabar, sadoqatli do’st, farovonlikka dalolatdir. Soch tarash qiz uchun yor, yigit uchun sabr belgisidir. Qizlar tushda soch o’rsalar turmushga chiqadilar. Taralmagan, to’zg’igan soch stressli holatlar, nevrozni bildiradi.

Spotchi – tushda sportchini ko’rsangiz, o’ngda charchaysiz.

Styuardessa – u tushda ko’ngilli safardan darak.

Suxandon – tushda televideniya yoki radio suxandonini ko’rish nufuzli odamdan muhim xabar eshitishga ishora.

Suhbat – tushda taom ustida suhbatlashish qorin og’rig’ini bildiradi. Aka – ukalar bilan suhbatlashish nizo kelib chiqishidan darak. Nufuzli odam bilan suhbatlashish manfaat va obro’ga dalolat. Farzand bilan suhbatlashish ziyonga yo’yiladi.

S – harfiga oid tushlar ta’birlari tabiiy nematlar bo’yicha

S-harfiga oid tushlar ta'birlari-18

Sabzi – bad’fel, ko’ngli qora kimsa, g’am-tashvish, xastalik, sir saqlasni bilmaydigan, uyatsiz, hayosiz ayolni bildiradi.

Sarimsoq piyoz – tushda uni yeganini ko’rish yolg’on xabar, oson topilgan harom pul, tuhmat, yengil xastalik, afsuslanish, nokas do’st, er-xotin kelishmovchiligi, rashkka ishora.

Semiz o’t – odamlarni yomon ko’ruvchi, injiq, ichimdagini top deydigan qariya odamga ishora. Nochor odam, sabrli inson, tavba qiluvchi banda, oson topilgan halol rizq, uzoq umrga ham ishora.

Soy – tushda u quvonchli xabar, qisqa vaqtga safarga chiqish, oila saodati, rizq-baraka, serdaromad ish, boylik, baxt, xursandchilikni bildiradi. Soydan suv ichish halol mehnatga ishora.

Qayiqda sayr qilganini ko’rish orzulari amalga oshishini bildiradi. Soy bo’yi o’t-o’lan bilan burkanganini ko’rish osuda, baxtli hayot kechirishni bildiradi. Soy suvida tahorat olishni ko’rish tush sohibining diyonatli, saxovatli, mehribon inson ekanini bildiradi.

Sovun – tasalli, yordam beruvchi kishi, qarzlarni to’lash, tashvishlardan xalos bo’lish, qiyinchiliklarga sabr qilishga ishora. Sovun bilan kir yuvish gunohlardan uzoq yurish, tavba qiluvchi bandaga ishora.

Tushda sovun sotib olish kutilmagan yordam kelishiga ishora.

Suv – tushda tiniq suv ko’rish o’ngda omad va quvonch keltiradi. Uy oldidan tiniq suv oqishi martaba oshishi, moliyaviy ahvolning yaxshilanishiga dalolat. Tushda iliq suv ichish tashvish va kasallikka ishora. Muzdek va tiniq suv – salomatlik va baxt belgisi.

Kim suvga tushib ketganini ko’rsa, xursandchilikka erishadi.

Sut – u sulton tomonidan kelgan halol moldir. Tushda sut sog’ayotganini ko’rish, boylik orttirishga ishora. Halol qilingan molning suti qonuniy yo’l bilan topilgan mulkka, yaxshi ish va maqtovga sazovor xulqqa ishora. Tushda sut ichida yurganini ko’rsa, mashaqqat va xafagarchilikka ishora.

Somon – tushda somon ko’rsangiz, o’ngingizda bemashaqqat boylik topasiz. Kim somon ko’rsa, halol rizqqa erishadi. Ko’pincha somon molga ham ta’bir qilinadi.

Sovuq – tushda sovuq sog’lik va tetiklikdan darak. Tushda sovuq qotish kasallik, faqirlikdir.

Sichqon – tushda u noxushliklar, yomon kayfiyat va kasallikni bildiradi. Kim sichqonni uyidan chiqarsa, barakasi kamayadi. Hovlida sichqon o’ynaganini ko’rish rizqi ko’payishidan darak.

Sigir – farovonlik ramzi, sog’liq va baxtdan darak. Qora va sariq rangli sigir xursandchilik, mo’l-ko’lchilik yiliga dalolat qiladi. Sigir suti sotib olsa boshliq bo’ladi. Sigir suti faqirning boy bo’lishiga, halol mol topishga, yilning hosildor bo’lishiga ishora. Semiz sigir ko’rish taqvodor xotinga dalolat.

Sirtlon – u tushda yovuz, hiylakor dushmandir. Urg’ochisining go’shtini yeyish sehr qilinganlikka ishora. Agar yigit urg’ochisini minsa, uylanadi.

S-harfiga oid tushlar ta'birlari-18

Suralar tushlar ta’birida

Sod surasi – Ibn Sirin aytadilarki, kimki tushida Sod surasini o’qisa, dalildirki, boyligi ko’payadi.

Sof surasi – Kirmoniy aytadilarki, kimki tushida Sof surasini o’qisa, Haq taolo roziligi payvast bo’ladi.

Ja’fari Sodiq aytadilarki, dushmani ustidan zafar qiladi.

Soffot surasi – Kirmoniy aytadilarki, kimki tushida Soffot surasini o’qisa, dalildirki, saloh yo’liga kiradi. Ja’fari Sodiq aytadilarki, unga solih farzandlar keladi.

Dildora Abdullayeva «tushlar olami» kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: