Harflar bo’yicha tushlar ta’birlari P-harfiga oid

P-harfi bo'yicha tushlar ta'birlari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimiz O harfi, N harfi va M harfiga oid tushlar ta’birlari haqida bo’ldi, bugungi mavzumiz, P-harfiga oid tushlar ta’birlari haqida va tushda Payg’mbarimizni ko’rsa, paxta, piyoz, pechak, paroxod va shu kabilarni ko’rsa nima bo’ladi, batafsil izoh beramiz.

Insonlarga oid tushlar ta’birlari

Payg’ambarimiz Muhammad (s. a. v.) – tushda Payg’ambarimiz (s. a. v.) ni ko’rish yaxshilikka ta’bir qilinadi. Sahih bir hadisda: «Meni tushida ko’rgan jahannamga kirmaydi» – deya marhamat qilganlar.

U kishini tushda qarzdor kishi ko’rsa qarzlarini to’laydi, nochor kishi ko’rsa, badavlat bo’ladi, xasta kishi ko’rsa, tuzaladi.

Xullas, Payg’ambarimiz (s. a. v.) ni tushda ko’rish dunyo ne’matlaridan ustun, oxirat nematlaridan xushxabardir.

Pakana odam – uni tushda ko’rish yaxshilikka ta’bir qilinmaydi. Qismatning yopilishi, rohatsizlik, qisqa umr, tug’mas ayol, qisqa vaqt yashagan oila, homila tushishini bildiradi. Bo’ydoq yigit tushida pakana odam ko’rishi kech uylanishiga ishora.

Kishi o’zini pakana odamga aylanib qolganini ko’rishi umri uzoq bo’lishidan darak.

Pari – tushda parini ko’rish kutilgan yordamning kelishi, yolg’on xabar, yangi ish, dardingni tushunuvchi do’st, tug’ilajak chaqaloq, chiroyli yosh qiz, dushmani zarar berishini bildiradi.

Pahlavon – tushda polvon ko’rish muammolar yechimini topishi, sabr bilan to’siqlarni yengib o’tish, qiyinchiliklarga duch kelish, shon shuhratni bildiradi. Mashhurlik, boylik, ayyorlik, hasad, chin do’st, serdaromad ish, uzoq umr, bahs-munozaraga ham ta’bir qilinadi.

Podshoh – podshohni xurram ko’rsa, ishlari oson yurishadi. Agar podshoh kiyim bersa, mansabdor bo’ladi. Podshoh kimning ko’chasiga kirsa, ularga g’am keladi.

Posbon – tushda posbonlarni ko’rish tashvishga qo’rqinchli onlarni boshdan kechirishga ishora.

Peshona – u tushda obro’ va ishlar oshishi belgisi. Agar peshonasida biror ayb bo’lsa, ishlari amalga oshishida kamchiliklardan darak.

Pastga qarash – kimki tushida kimnidir izlab pastga qarasa, o’ngida ishiga zarar yetkazadigan qaror qabul qiladi.

Pora – kimki tushida pora olayotib xavf sezsa, o’ngida biron axloqsiz ish qilib, boshi baloga qoladi.

Po’stin – tushda kimdir sizga qimmatbaho po’stin sovg’a qilsa, o’ngda pul muammosiga duch kelasiz. Po’stindan junlar sug’urilib chiqayotgan bo’lsa, oilada janjal bo’lishidan darak.

Pishirish – tushda turli narsalar pishirish o’ngda rizq bo’ladi. O’zining ovqat pishirayotganini ko’rish yaxshi kayfiyatni bildiradi.

Tabiiy nematlarga oid tushlar ta’birlari

Harflar bo'yicha tushlar ta'birlari P-harfiga oid

Paxta – paxta ko’rish va undan foydalanish, noxush voqealar belgisi. Teri, quloq, tomoq kabi kasalliklarga ishora.

Paxtani titish gunohlardan poklanishdir.

Pechakgul – tushda pechakgul ko’rish, o’ngda ishlarga ko’milib ketishdan darak.

Pechak, zarpechak – u tushda tabibdir. Kim uni tushda ko’rsa, o’ziga foydali narsa bilan xushbo’ylanadi. U yomon xulq va past himmatga ham ta’bir qilinadi.

Piyoz – tushda piyoz to’g’rash, o’ngda raqibdan g’olib kelishdir. Tushda piyoz yesangiz xursand bo’lasiz. Piyoz artish-stress va yomon kayfiyatni bildiradi.

Pista – uning daraxtini tushda ko’rish saxiy kishidir. Tushda pista chaqish halol taom yeydi. Ko’k pista mashaqqatdir. Tuzlangan pista dengiz va quruqlikdan keladigan halol rizqdir. Gohida u homilador ayolning tug’ishi yaqinlashganidan darak beradi.

Pishgan baliq – pishgan baliqni tushda ko’rish safarga ketishga ishora.

Pishgan qo’zi go’shti – tushda qo’zichoq go’shtini pishirib yesangiz, o’g’il farzandli bo’lishga ishora.

Parrandalar – tushda parrandalar asir bolalarga dalolat qiladi. Parrandalar yana qiyinchiliksiz, tezda tashkil topadigan ishga dalildir. Urg’ochi parrandalar xizmatkorlarga dalolat qiladi.

Patlar – tushdagi patlar mol-davlat va obro’-mansabga dalolatdir.

Pomidor -kimki uni tushida ko’rsa, o’ngida do’sti bilan lazzatli taom yeydi. Pomidor ko’rish organizmga kaliy va temir moddasi yetishmayotganidan dalolat.

Poliz – tushda poliz ko’rsangiz, o’ngda do’stlaringiz bilan vaqtingizni ko’ngilli o’tkazasiz.

Pashsha – u tushda past tabaqa odamlarni anglatadi va to’g’ri so’zga ishora. Pashshalar-noxushliklar, yomon kayfiyat, kasallik, ta’nachi, zaif, mickin kishilarni bildiradi.

Pilla – Tushingizda pilla korsangiz yoki pilla qurti boqsangiz, ongingizda xarom mol topishingiz mumkinligiga ishora.

Pishloq – u rohat va moldir. Uning ho’li quritilganidan yaxshiroqdir. Quritilgan pishloq safarga ishora. Ba’zan u chiroyli shirinsuxan xotinga ham dalolatdir. Bo’ydoqlar ko’rsa, uylanadi. Boylik va uzoq umrga ham ta’bir qilinadi.

P-harfiga oid tushlar ta’birlari buyumlar bo’yicha

Harflar bo'yicha tushlar ta'birlari P-harfiga oid

Pul – tushda pul topib olsangiz mayda tashvishlar tug’iladi, lekin boylik keladi. Pul to’lash omadsizlik, oltin olish – katta istiqbol, pul yo’qotsh notinchlikni, pul sanash yetishmovchilikni bildiradi. Iflos va yirtiq pulni ko’rish xavflidir.

Tushda pul yana noxush kayfiyat, ruhiy qrama-qarshilik, stressni bildiradi.

Pashshaxona – u bulutga ishoradir. Chinki u ichidagilarga soya solib turadi.

Paket – kutilgan xushxabar, mehmon kelishi, homilador bo’lish, uylanish, qiz unashtirish, sevishganlar baxtga yetishi, oson topilgan halol molga ishora.

Parda – tushda parda yashirin sir, tashvish, omad ketishi, afsuslanish, ko’z yoshi, qo’rquv, yolg’izlik, baxt-saodat, hashamatga ishora.

Yashil rangli parda korish itoatli, shirinso’z, oqila rafiqaga ishora. Qizil parda hayajonga to’la, ishq-muhabbat, sevilishni yaxshi ko’radigan ayolni bildiradi. Oppoq parda hayoli qizni, qora parda badavlat, kiborli, izzattalab ayolni bildiradi. Sariq rangli parda kasallikka ishora.

Pushti rangli parda xayolot bilan yashaydigan, ko’p nozlanadigan injiq ayolni bildiradi.

Paroxod – tushda o’zini paroxodda ko’rib, keyin quruqlikka chiqsa, qiyinchiliklardan qutuladi. To’xtab turgan paroxodda ko’rish, ishlari yurishmasligidan dalolat.

Harakatsiz kemadan chiqib ketish azoblardan xalos bo’lishga ishora. Bunday tush ko’rgan kishi kambag’al bo’lsa, boyiydi. Befarzand bo’lsa, farzand ko’radi.

Park – u tushda pohat, rizq-nasiba, bolali ayol, irodali odam, xushxabar, xastalikka ishora.

Paypoq – tush sohibining davlati va obro’-e’tiboriga ishora. Tushda paypoq to’qish gunoh ishga qo’l urganini bildiradi. Do’kondan paypoq sotib olsa, qo’lidagi davlatini tortib olishlariga ishora.

Pech, pechka -xazina, hamyon, moli va sirini saqlovchi sandiqlarga ishora. Bozordagi pechkalar maktab, qamoqxona, hojatlar ravo bo’lishiga dalildir. Ba’zida u foyda va rizqqa, kasallikka shifo bo’lishdan darak.

Piyola – piyola tushda xizmatkor bo’ladi. U xoh to’la bo’lsin, xoh bo’sh bo’lsin, o’ngda ozgina foyda olishga ishora.

Pichoq – pichoq tushda o’g’il farzandga taaluqlidir. U yana janjal va kasallik belgisi hamdir.

Poyezd – u tushda yaqinlashayotgan xavf yoki hayotdagi o’zgarishdan darak.

Poyabzal – poyabzal mulkka ishora. Eski poyabzal g’amginlik, yangisi xursandchilik belgisi. Agar poyabzal tanlayotgan bo’lsangiz, yangi daromad manbai topasiz. Yangi va chiroyli poyabzal kiysangiz, hurmat ko’rasiz, martabangiz oshadi.

Tushda qo’pol boshmoq kiysangiz, o’ngda tez orada to’y bo’ladi. Ko’p poyabzal ko’rish ko’p imkoniyatlardan darak.

Dildora Abdullayeva «Tushlar olami» kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: