Kamharakat hayot uchun xavflidir

Terlashning salomatlik uchun foydaligi

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda qon aylanishini kuchaytirish, piyoda yurish hamda yugurish va yurishning foydalari haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, terlashning salomatlik uchun foydaligi, kamharakatning yomon tomonlari, o’tirishning qoidalari haqida bo’ladi.

Organizmning hayot va faoliyati mahsulotlarining katta qismi buyraklar orqali, uglerod ikki oksidi esa o’pka orqali ishlab chiqariladi. O’sha yerda qon kislorodga to’yinib, yana yorqin qizil rangli bo’lib qoladi. Undan so’ng u yurakka qaytib boradi va arteriyalar orqali tananing barcha qismlariga haydaladi. Bu hodisa kuniga minglab marta sodir bo’ladi.

Ana shuning uchun ham bir joyda ko’p o’tirish kerak emas. Kamharakat hayot tarzi qon aylanish tezligini susaytiradi va qonni turib qolishga majbur qiladi. Juda ko’p vaqt davomida o’tiradigan insonlarda boldir chuqur venalarida tromboz (qon yig’indisi) paydo bo’lishi mumkin.

Agar sizning ishingiz o’tirgan holda bajarilsa, har soat ichida turib, jo’shqin harakatlanish kerak. Siz uzoq vaqt davomida mashina haydasangiz, har soat davomida bir marta mashinadan tushib, bir necha mashqlarni bajaring.

Siz mashqlar bajarayotgan paytingizda organizmdan zaharlar ajralib chiqadi va barcha hujayralar oziqlanishini yaxshilovchi qon aylanishi tezlashadi.

Kamharakat hayot uchun xavflidir

Qanday o’tirish kerak

To’g’ri o’tiring! Aksariyat kasalliklar va zararli odatlar sababi chalishtirilgan oyoqlardadir. Oyoqni oyoq ustiga qo’ymang. Chunki bu holatda tizza osti arteriyalari siqilib,vena qoni harakati to’xtab qolishi mumkin. Bu kreslo chekkasi tizza osti arteriyasiga tiralib turganda sodir bo’lishi mumkin. Orqa (kurak) to’g’ri, oyoqlar esa polga tegib turishi kerak. Oyoqlar osilib turganda venalarga juda katta bosim tushadi.

Bo’yi uncha uzun bo’lmagan insonlar oyoq uchun mo’ljallangan skameykalardan foydalanishlari kerak. Eng yaxshi o’rindiq – bu o’tirib hordiq chiqarsa bo’ladigan, shuningdek, tebranib mashq qilsa bo’ladigan tebranma kursidir.

Terlashning salomatlik uchun foydaligi

Kamharakat hayot uchun xavflidir

Organizmdagi ajratib chiqaruvchi eng katta a’zo – bu millionlab teshikchalar va ter chiqaruvchi bezlarga ega bo’lgan teridir. Ter ajralib chiqishi ikki vazifani bajarish uchun sodir bo’ladi. Tanani ifloslanishdan xalos qilishga yordam beradi va tana haroratini tartibga soladi.

Tana faol harakatlar oqibatida qizib ketsa, teri bezlari ishga tushadi. Bug’lanib ketayotgan ter terining sirtidagi qonni sovutadi. Shunday qilib tanani qizib ketishdan himoyalaydi. Bundan tashqari, tana yuzasida joylashgan organizmdagi shlaklar chiqarib tashlanadi. Teri qoplamasida joylashgan kir bilan aralashgan aynan mana shu ajralmalar terga yoqimsiz hid bag’ishlaydi. Agar teri toza bo’lsa, faqatgina sog’lom tananing yaxshi hidi qoladi.

Raqs, sayr, velosiped minish, uydagi jo’shqin ishlar sizni terlashga undaydigan har qanday harakat yurak faoliyatini va organizmning umumiy holatini yaxshilaydi. Jadal suratdagi zo’riqishlar sog’lom odam uchun hech qachon zarar qilmaydi.

Pol Breegg «Yurak» nomli kitobidan

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: