Harflar bo’yicha tushlar ta’birlari J-harfi bo’yicha 0,7

Harflar bo'yicha tush ta'birlari J-harfi bo'yicha

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimiz Y harfi, D harfi va G va G’ harfiga oid tushlar ta’birlari haqida bo’ldi, bugungi mavzumiz, harflar bo’yicha tushlar ta’birlari, tushda juma kunini ko’rsa nima bo’ladi, jayron, jirafa, jo’ja, jannat ko’rsa nima bo’ladi, shu haqida bo’ladi.

Buyumlarga oid tush ta’birlari

Jadval – rostgo’ylik, mardlik, tadbir bilan ish yuritish, ilm o’rganishga ishora.

Jalyuzi – tushda jalyuzi ko’rish yashirin sir, yolg’izlik, g’am-tashvish, qo’rquv, kutilmagan mehmon, rohat, boylik, hasad, qarzdor bo’lish, yaxshi hamsuhbatga ishora.

Jang anjomi – tushda jang anjomlarini ko’rish yaxshilikka yo’yiladi. Xanjar va pichoq ko’rish g’alaba daragi. Tushda qilich ko’rish maqsadga yetilishiga ishora. Qalqon falokatdan qutulishga ishora. Nayza korish to’g’ri yo’ldan yurish va bolalaridan muruvvat ko’rish deb ta’bir qilinadi.

Jeton – xabar, mehmon kelishi, safarga chiqish, sevishganlar uchrashuvi, katta daromad, ishda omad kulib boqishi, shartnoma imzolashga ishora.

Jun ro’mol – tushda jun ro’mol ko’rsangiz, o’ngda farovonlik davri kelganidan dalolat.

Jun chodir – u tushda munofiqlik va yomon ishlarni bekitishga dalolat.

Jurnal – jurnal varaqlash, o’qish organizm charchagani va dam olish kerakligini bildiradi.

Jo’n taqinchoqlar – tushda sizga jo’n taqinchoqlar sovg’a qilishsa, demak, hayotda hammaning e’tiborini qaratishingizga ishora.

Joynamoz – tushda joynamozni ko’rish pokiza ayol yoki diniy mansabdir.

Jomadon – tushda jomadon ko’rsangiz, vaqtingizni do’stlaringiz davrasida ko’ngilli o’tkazar ekansiz.

Harflar bo'yicha tushlar ta'birlari J-harfi bo'yicha 0,7

Harflar bo’yicha tushlar ta’birlari kishilarga oid

Jilov – jilovni qo’lda ushlab turish o’z ishingiz o’zingizga bog’liq ekanligini bildiradi. Agar jilov uzilsa ishlarning orqaga ketishiga ishora.

Jigar – jigar tushda yashirilgan boylik. Ba’zan farzandga ishora. Tushda jigar og’risa, o’ngda farzandingizga yomonlik qilishlari mumkin.

Jin surasi – tushida jin surasini o’qisa, tavba qiladi va jindan xalos bo’ladi.

Jingalak soch – tushda kimning sochi jingalak sochga aylanib qolsa, o’ngida molini, xotin yoki libosini almashtiradi.

Jinnilik – kim tushida jinni bo’lib qolsa, mol-dunyo va obro’ga erishadi. Yosh bola jinni bo’lsa, ota shu bola tufayli boylikka erishadi. Jinnilik jannatga kirishga belgidir.

Jodugar – tushda yosh jodugarni ko’rish, yo’ldan ozdirishga ishora. Qari jodugarni ko’rish ko’z tegishi, kinna kirishiga ishora.

Juma surasi – agar tushida juma surasini o’qisa, Haq taologa tavba qiladi.

Juma – kim juma kunini tushida ko’rsa, Alloh taolo ishlarini o’nglaydi, qiyinchiliklardan qutqaradi.

Jazo – tushda birovni jazolaganini ko’rish, qilgan gunohlariga tavba qilish, xayr-ehson berishga ishora. Xabar, afsuslanishni bildiradi.

Harflar bo'yicha tushlar ta'birlari J-harfi bo'yicha 0,7

Jallod – kufr keltiruvchi, zolim kimsani bildiradi. Shuningdek, falokat, mashaqqat, motam, kelishmovchilik hamdir.

Jandarm – biror falokat, ogohlantirish, qo’rquv, g’am-tashvish, omonat, omad kulib boqishi, ayriliq, xastalik, mashaqqatli mehnatni bildiradi.

Janjal – tushda janjal bo’layotganini ko’rish yangi do’stlar bilan tanishish, g’am-tashvish, ayriliq, merosdan mahrum bo’lish, tanishish, uchrashuv, uylanish, shuhrat orttirishni bildiradi.

Jannat – tushda jannatda yurganini ko’rish rizq-nasiba, musibatlardan xalos bo’lish, salomatlik, saodatga erishishga ishora.

Jarohat – jahldor kimsa, tushunmovchilikning yechim topishi, do’st niqobidagi dushman, yashirin sirning oshkor bo’lishi, musibatli xabarga ishora.

Jahl otiga minish – tushda jahl otiga minib g’azablanganini ko’rish, yaqin orada falokat sodir bo’lishidan darak. Jahlini jilovlay olganini ko’rish, tush sohibining maqtovga loyiq ishlar qilishiga ishora. Shuningdek, nohaqlik, noxush xabar, yolg’on, yomon do’stdan qutilish, xastalikni bildiradi.

Harflar bo'yicha tushlar ta'birlari J-harfi bo'yicha 0,7

Tabiiy hematlarga oid tush ta’birlari

Jayron – yosh, navnihol, bokira qizga ishora. To’y-tomosha, sevishganlar orzusi ushalishi, xushxabar, chin sevgini bildiradi. Bo’ydoq yigit tushda jayron tutib olsa, lobar, tengi yo’q qizga uylanishiga ishora.

Tushda jayron bolasini ushlasa, farzandli bo’ladi.

Jarlik – tushda jarlik ko’rish yaxshilikka ta’bir qilinmaydi. Xavf-xatardan ogohlantirish, sevishganlar ayrilishi, yomon do’st, qo’rquv, tuhmat, afsuslanish, o’lim bilan tugaydigan janjal, davlatini yo’qotish, xavfli yong’inga ishora.

Jonivorlar – tushdagi jonivorlar nolasi g’am musibatdan darak.

Jirafa – tushga jirafa kirsa yaxshilikkamas. Ba’zan mol-davlatga yetadigan ofatni bildiradi. Ba’zan chiroyli ayoldan keladigan xabarlardan boxabar bo’lishga ishora.

Jo’ja – jo’jalarni ko’rish bolalaringiz va uyga g’amxo’rlik qilish lozimligini bildiradi.

Jo’xori – tushda jo’xorini korish, o’ngdagi ko’ngilochar o’yinlar va muvaffaqiyatga yo’yiladi.

Jo’yak – tushda tomorqadagi jo’yakni ko’rish, mashaqqatli mehnatga ishora. Agar jo’yaklar buzib tashlangan bo’lsa, o’ngingizda muammoga duch kelasiz. Pul masalasida muammo paydo bo’ladi.

“Izohli tush ta’birlari” kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: