Harflar bo’yicha tushlar ta’birlari G va G’harflari to’g’risida 0,4

Tush tabirlari harflar bo'yicha

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimiz harfilar bo’yicha tush tabirlari 0,3, Izohli tushlar ta’birlari 0,1 va Izohli tushlar ta’birlari 0,2 mavzusida bo’ldi, bugungi mavzumiz, tush ta’birlari harflar bo’yicha, tushlar olami, G va G’ harflariga doir tush ta’birlari haqida bo’ladi. Oldingi maqolalarimizda ham, tush ta’birlari harflar bo’yicha juda ko’p yozdik.

Buyumlarga oid tushlar ta’birlari

Gips – tushda gips ko’rish, so’zi to’g’ri rostgo’y do’stga ishora. Har narsaga shubhalanadigan, bezovta kunlar ortda qolib, davlatga ega bo’lib, farzandlari rohatini ko’rib yashashidan dalolat.

Gitara – oila a’zolaridan birining ishsizligiga ishora. Shuningdek, xushchaqchaq do’st, bir-birini qadrlaydigan sevishganlar, g’iybat gap, sevganiga yetishishni bildiradi.

Gonorar – tushda gonorar olganini ko’rish ochko’zlik, rashk, qilgan yaxshiligiga mukofot olish, rizqiga xarom aralashgani, va’dasini bajarmaslik, tirikchiligini yaxshilash, yangi ishga kirish, xushxabar eshitishni bildiradi.

Grafin – tushda bo’sh grafin ko’rish, bokira qizga, suv to’la grafin ko’rish homilador ayolga ishora. Shuningdek, homila tushishi, boy sepga ega kelin, axloqsiz xotin, xayrli xabar, zino, er-xotin ajrashishini bildiradi.

Guruch – tushda guruch yeyish, salomatlik va uzoq umrga ishora. Bemor kishi guruchdan ovqat pishirayotganini ko’rsa, tezda sog’ayadi.

Guruh – tushda bir guruh odamlar ko’rinsa, o’ngda do’stlaringiz sizni aldashi mumkin.

G’usl qilish – tushida daryoda g’usl qilsa, g’amdan xalos bo’ladi. Agar kasal bo’lsa shifo topadi, qamoqda bo’lsa, ozod bo’ladi.

Go’ng – tushda go’ng ko’rish yaxshilik belgisidir. Go’ngga botib qolish xavf-xatar, go’ng atalasi ichki organlar kasalliklari ishorasi. Mol go’ngini ko’rish, sog’lik belgisidir.

Go’sht – tushda go’sht ko’rish, noxushlik, kasallik belgisidir.

Go’shtqiymalagich – tushda go’shtqiymalagich ko’rish, shubhalarga ishora.

G’alvir – va’dasining ustidan chiqmaydigan kimsaga ishora. Yaxshi-yomonni ajratish, rostni yolg’ondan, go’zallikni ajratuvchi zehnli odamga ishora.

Harflar bo'yicha tushlar ta'birlari G va G'harflari to'g'risida 0,4

Gimnastika – tushda gimnastika bilan shug’ullanish, ruhiyat va asab tizimining beqarorligi, kam jismoniy harakat qilishni bildiradi.

G’isht – Tushingizda g’isht ko’rsangiz hech kimga aytmang va ehtiyot bo’ling. Bu tush to’g’ri yo’ldan adashtirishga va do’stlardan ajralib qolishga ishora.

G’oz – kimki tushida g’oz ko’rsa, mansabga erishadi, yo mavqei ortadi. G’ozlarning g’ag’illashi baxtsizlik keltiradi. Bozordan g’oz sotib olish oilaviy janjalga ishora. G’ozlarga don berish mulkka ega bo’lish belgisidir.

G’ildirak – uzoq safarga chiqish, omad kulib boqishi, ishlari ko’payishi, yashirincha ish qilish, musibatli xabar eshitish, saodatli kunlarni yashash, kutilmagan mehmon kelishidan ishora.

Gazeta – xabar, dono, hamma hurmat qiluvchi odam, mehribon do’st, kutilmagan mehmonni bildiradi.

Gilam – xonadon ahlining yashash tarziga ishora. Eski, lekin qimatbaho va katta gilamda o’tirganini ko’rish rizq-nasiba, baxtli hayot kechirishni bildiradi. Oilali kishi tushida uyidan gilam olib chiqsa qiz uzatishiga ishora.

Tushida yashil gilam to’shab namoz o’qiyotganini ko’rish dunyo ziynatlaridan yuz o’girib haq yo’lida yurganini bildiradi.

Harflar bo'yicha tushlar ta'birlari G va G'harflari to'g'risida 0,4

Tushlar ta’birlari harflar bo’yicha kishilarga oid

Gavvos – tushda g’avvos ko’rish mard, saxovatli, ko’ngli toza kishiga ishora. Shuningdek rizq-baraka halol mol, eng yaqin sirdosh do’st, qarindoshlardan meros qolishini bildiradi.

Go’dak – kim tushida tanish go’dak ko’rsa, xursandchilikka ishora. Agar notanish go’dak ko’rsa, o’ngida tashvish va g’amni boshidan kechiradi.

G’ilofchi – bu tushda bo’ydoqning uylanishiga ishora. Ayolning pardali homilador bo’lishidan dalolat. yana sirlarni yashirish va molni saqlashga ishora.

G’isht teruvchi – tushda g’isht teruvchini ko’rish ishdagi qiyinchiliklardan dalolat.

G’isht yasash – tushda g’isht yasash halol mol va umrning uzun bo’lishidan dalolat.

Gunoh – tushda gunoh ish qilish, o’ngda tavba qilishga ishora.

Gipnoz – tushda sizni gipnoz qilganini ko’rish, sizni aldashmoqchi va noxush xotiralar taqib qilishidan darak.

G’uldurash – tushda kim to’g’ri talaffuz qila olmasa, dushmanlaridan g’olib bo’lishga erishadi.

Harflar bo'yicha tushlar ta'birlari G va G'harflari to'g'risida 0,4

O’simliklarga oid tush ta’birlari

Gul – u tushda xushbo’ylik, yoqimlilik va yaxshilik belgisi. Gul ayollar uchun homiladorlik xushxabari, g’am va baxtsizlik ketishiga dalolat. Gul yana chiroyli va go’zal ayolga ishora.

Guldasta – atirgul dastasi,yaxshi kayfiyat va baxtli hayot boshlanishi. So’ligan guldasta sevgining barbod bo’lganidan, g’am va kasallikka ishora.

Gulkaram – u tushga kirsa, unda alohida naf bor. Agar qo’lida bir bog’ gulkaram ko’rsa, u qarz talabida bo’ladi-yu, ziyrakligini ishga solmasa, yetisha olmaydi.

Gulob,gul suvi – u mol-mulk, yaxshi maqtov, sog’lom tan jismdir.

Gulsafsar – tushingizda gulsafsar ko’sangiz, o’ngingizda yaxshi ish qilar ekansiz.

Gulchambar – agar mahbubingiz boshingizga gulchambar qo’ysa, o’ngingizda muhabbatingizga ijobiy javob olasiz.

Gilos – tushda gilos daraxtini ko’rish, salomatligi yaxshilanishi, hammaga samimiy munosabatda bo’luvchi odamga ishora. Saxovatli inson, shirinso’z, yuksak martabadagi inson, xushxabar, xursandchilik, uylanish, lobar qizni bildiradi.

Dildora Abdullayeva “Tushlar olami” kitobidan

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: