Uzoq umr ko’rish uchun 3 ta asosiy shart

Uzor umr ko'rish shartlari va semizlikdan saqlanish

Salom do’stlar, biz oldingi maqolalarimizda inson tanasidagi qon vazifalari hamda cheksiz umr ko’rish umidi haqida gaplashdik, bugun esa, uzoq umr ko’rishning shartlari, semizlikdan saqlanish, ortiqcha vazndan saqlanib sog’lom yurakka, sog’lom tanaga ega bo’lish haqida bo’ladi

Sog’lom yurak va umr davomiyligi

Umr davomiyli saqlanishi uchun shartlar quyidagilar:

  1. Normal vazn, semirmaslik.
  2. Kundalik mashqlar, jismoniy harakat.
  3. To’g’ri va sog’lom ovqatlanish.

Taxmin qilib ko’raylik. Sizga har kuni og’irligi 8 kg. dan 20 kg. gacha bo’lgan noqulay yukni – sayr qilasizmi, o’tirasizmi, yurasizmi, uxlaysizmi, qay holatda bo’lishingizga qaramay, o’zingiz bilan olib yurishingiz kerakligi aytildi. Aftidan, sizning nihoyatda g’azabingiz kelgan bo’lar edi, shunday emasmi? Biroq ortiqcha vazningiz sizni aynan shu ish bilan shug’ullanishingizni anglatadi. Siz o’zingiz bilan nosog’lom, shalviragan yog’ yukini olib yurasiz. Shunda siz barcha a’zolaringizni, ayniqsa, yurak va qon aylanish tizimini ortiqcha yuk bilan ko’mib tashlagan bo’lasiz.

Ortiqcha vazn xavflidir! U yurakni darmonsizlantirib qo’yadi. Statistik ma’lumotlar semiz insonlar eng kam yashovchilar ekanini ko’rsatmoqda. Ortiqcha vaznning har bir kilogrammi umrni qisqartiradi. Shuning uchun ham sog’lom yurakka kerakli bo’lgan birinchi shart – normal vazndir.

Uzoq umr ko'rish uchun 3 ta asosiy shart

Normal vaznga tabiiy yo’l bilan erishilgan bo’lishi va bundan buyon u hamisha nazorat qilib turilishi kerak. Semirishga qarshi bo’lgan dorilarni iste’mol qilish semirishning o’zidan ham xavfliroq bo’lishi mumkin.

Sog’lom yurak yo’lidagi ikkinchi shart – bu kundalik mashqlardir. Jismoniy faollik nafaqat normal vaznni saqlab turishga yordam beradi, balki u qon aylanishini yaxshilaydi. Mushaklar va a’zolar faoliyati darajasini oshiradi, tananing barcha a’zolari ishlashini kuchaytirishga yordam beradi.

Uchinchi shart bo’lmish to’g’ri ovqatlanish eng asosiy shartdir. Sog’lom yurak va sog’ tana toza hamda sog’lom qon orqali vujudga keladi. Toza va sog’lom qon esa siz tanovul qilayotgan toza ovqat orqali paydo bo’ladi.

Taom – vazn hamda qonning oziqlanishi va u orqali butun tana oziqlanishini boshqarishda eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Yurakni o’limga olib keluvchi xolesterindan himoya qiladi, uni kuchli hayot va abadiy yoshlik manbaiga aylantirib mustahkamlaydi.

Uzoq umr ko'rish uchun 3 ta asosiy shart

Uzoq umr ko’rishning shartlari, semizlikdan saqlanish,

Yog’ to’qimalarining normal miqdori salomatlikning yaxshi ko’rsatkichidir. Ammo yog’ yig’indilari u yoq-bu yoqda do’ppayib chiqishni boshlasa, ehtiyot bo’ling! Bu ishga qat’iy kirishish kerakligi haqidagi ogohlantiruvchi xavfli signaldir.

Semizlik, ya’ni ortiqcha vazn yurak xurujlarini keltirib chiqaradi. Yurakka haddan tashqari ortiqcha og’irlik yuklab arteriyangizni xolesterin bilan ifloslantiruvchi to’yingan yog’lar iste’mol qilayotganingizni bildiradi.

Ortiqcha vazn go’zallik va yoshlik uchun halokatlidir. Turli xil kasalliklar, hattoki bevaqt o’limga ham olib keladi.

Uzoq umr ko'rish uchun 3 ta asosiy shart

Semiz inson lanjlik va sovuqqonlikka moyil bo’ladi. Ortiqcha vazn yurak, buyraklar va boshqa a’zolar faoliyatini yomonlaydi. Biroq insonning hayoti uning aynan hayot uchun zarur bo’lgan a’zolar xizmatiga, xususan, yurakka bog’liq. Bu a’zolarning yomon ishlashi oqibatida butun organizm azob chekadi.

Semiz odam sust va shalviragan bo’ladi. Uning organizmi kasalliklarga bo’lgan qarshiligi odatda sust bo’ladi. Agar shoshilish kerak bo’lsa, u parovoz kabi harsillay boshlaydi. Uning yurak va o’pkasi yaxshi ishlamaydi. Semiz odam qiyichilik bilan harakat qiladi ortiqcha vazn og’irligi uning jismoniy faoliyati kabi aqliy faoliyatini ham cheklab qo’yadi.

Po’k inson kurasha olmaydi, turmush esa kurashdan iborat. Harakatga moyilsizlik va semirish – qadrdon do’stlardir. Ular birga uxlaydi va ovqatlanadi hamda jismoniy faoliyatdan o’zini chetga oladi.

Pol Breegg «Yurak» nomli kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: