Zarnigor Ismoilzoda
Ota, ona va hayot haqida she’rlar to’plami
Kulgich…
Yanoĝing va dudoĝing aro
Qolganichi bir ajoyib iz
Sevamanda jilmayib boqsang
Yuzlarida kulgichi bor qiz.
Kòzlaringga muhabbat joylab
Butun ishqqa sahna qòyganmi
Yoki Alloh senga ateylab
Chuqurchalar qòyib qòyganmi.
Senga qizlar qiladi havas
Bazan hatto alam qiladi
Sen bir bora kulib qòysang bas
Barchasi bir chetda qoladi.
Kelgin, menga turmushga chiqgin
Shu qizlarning ovozi uchsin
Boshqa bilan nima ishim bor
Kulgichlaring qizimga kòchsin.
Haqiqatim_
Xursandchilik jonimga orom
Lablarimga kulgular ildi.
Eshitizmi–dada, dadajon
Qizingizchi? Òqishga kirdi..
Endi nima olib berasiz?
Vada bergan ediz dadajon
Anchagina kiyim kechagu
Sònggi rusumdagi telefon..
Òqiyapman, haftada 2 kun
Xabar yozib turaman sizga
Dadajonim yaxshimsiz mening
Pul junatib turing qizizga.
Anglamabman, bilmabman nechun
Musofirda qanday yuribsiz
Meni yaxshi òqishim uchun
Bor budingiz berib bòlibsiz
Kechirolsang, kechir meni onajonim
Qizing bòlib qay koringga yaradim men.
Yoki qay vaqt pok konglingga qaradim men.
Hech bermadim faqatgina soradim men.
Kechirolsang, kechir meni onajonim.
Hol ahvoling kanda qilmay soramabman.
Qòlingdagi biror ishga yaramabman.
Shu ahvolda qanday qilib yashayabman.
Kechirolsang kechir meni onajonim.
Salqin uyda jonim orom olgan paytlar.
Jazirama issiqlarda joning hatlar.
Qani kitobdagi onalarga muhabbatlar.
Kechirlosang kechir meni onajonim
Shòrlik onam yuzingdagi ajinlaring
Badbaxt qizing qizing dastidan bu jabrlaring.
Qòlim emas yostiq artsin kòz yozshlaring
Kechirolsang kechir meni onajonim
Onam
Havotir olmang ona…
Hech kimni sevmay qoydim.
Bu dunyo g’urbatxona
Qadrimga kuymay qoydim…
Siqilmang endi ona…
Ishonmayman birovga.
Boshimga tushganlarni
Yuyib qoydim sinovga.
Yiglamang boldi ona…
Dardim kopu, kulaman.
Xiyonat qilganlarni
Qabri uzra turaman.
Sizni yiglatganlari…
Menga katta dard ona…
Duo qiling onajon..
Men yutishim shart ona…
Otam. Soģinch_
Ba’zan ichga tòladi zardob…
Aytolmayman birovga sòzim.
Telefonimni olaman shu choq
Chaqiruvlar uzundan uzun
Javob bòlar «qaleysan qizim»
Aytolmayman, yiģlayman tòyib
Kòzimdan yosh qalbim sinishi
Dadajonim turarlar boqib…
Ichimdagi sòzlar nolishi
Dada, qizingizni xafa qilishdi…
Nima bòldi qizim aytaqol
Yuzlari loy, qòllarida loy…
Shu ahvolda gòshakni olib
Havotirda mendan hoyna hoy
Topolmayman qòyarimga joy…
Yiģlaymanu gapirolmayman…
Dardlarimni bòyiga yettim..
Ovutaman òzimni òzim
Dadamnichi aldayman sekin
Sizni juda soģinib kettim…
Ona. Umr__
Katta bòlib qolibman Ona
Sochlaringiz oqartirib jam
Erkaligim yetmaganidek
Kòtaryapsiz tashvishlarim ham…
Ulģayibman anchagina men
Ammo Xudbin, beraxm qizman
Dunyolarning yaxshisisizu
Lekin sizning teskaringizman.
Bola bòlib qolsam qaytadan
Erkalatmang, ovutmang, bekam
Ovqat deya òylaaab yurganim
Asli sizning umringiz ekan.