Salom do’stlar, oldingi maqolalarimiz D harfi, G va G’ harflari va boshqa harflarga oid tushlar ta’birlari haqida bo’ldi, bugungi mavzumiz, harflar bo’yucha tushlar ta’birlari, tushda yulduz, yostiq, yelpig’ich, yomg’ir, yegulik ko’rsa nima bo’ladi, shular haqida bo’ladi.
Buyumlarga oid tush ta’birlari
Yelkan – tashvishlardan qutulib baxtga erishish, yomonliklardan saqlanish, tavba qilish, ishda omad kulib boqishi, xayrli tugaydigan safarni bildiradi. Yelkanning suvga g’arq bo’lishini ko’rish, og’ir falokatni bildiradi.
Yelpig’ich – yordamini ayamaydigan, shirinso’z, oqilona so’zlari bilan hammani lol qoldiruvchi kimsaga ishora. Qiz bola baxtini uchratishi, oiladagi muammolar, tashvishlardan qutulish, yangi ish topish, katta foydani qo’lga kiritish, sevib qolish, xushxabar, baxtli hayot kechirishni bildiradi.
Yerto’la – tushda ko’rilgan yerto’la homilador ayolga ishoradir. Notanish yerto’lani, chuqurga tushganini ko’rgan kishi og’ir kasal bo’ladi. Yo’lovchi shunday tush ko’rsa, safarda bo’lsa yo’li yopiladi.
Yozuv mashinkasi – davlat idorasida faoliyat olib boruvchi kichik xodimga ishora. Kutilmagan xabar, merosga ega bo’lish, uchrashuv, ziyofat, er-xotin ajrashishidan dalolat.
Yopinchiq – va’dasini bajaruvchi odam, xursandchilik, g’am-tashvish, ishini yakuniga yetkazish, muammolari bartaraf bo’lishini bildiradi. Yopichiqning rangiga qarab xayrli yoki yomon tush deb ta’bir qilinadi.
Yorliq – taqdiri ochilmagan, o’tirib qolgan qizga ishora. Shuningdek, osudalik, xushxabar, o’tmish xotirasi, hasad, oila qurish, to’y tomosha, omad kulishini bildiradi.
Yengsiz kiyim – tushda yengsiz kiyim kiyish, o’ngda xotijamlikni yo’qotishdan darak.
Yorug’lik – tushda yorug’lik Alloh nazaridir. Yorug’lik yurakka tushsa, iymoni pokligini bildiradi.
Yostiq – tushda yostiq saqlangan mol, sir saqlovchi ayol, mashaqqatdan rohat topishdir. Yostiq sotib olish xavf-xatar yoki kasallikni bildiradi. Yostiq qo’yilgan ko’rpa organizm dam olishi zarurligini bildiradi.
Yetti yulduz – ushbu yulduzlar sharafli olim kishiga dalolat qiladi. Kim ularning hammasiy o’qolganini ko’rsa, shu shaharning ulamolari vafot etadi.
Yetuklik guvohnomasi – tushingizda maktabni bitirganlik haqidagi guvohnomani olsangiz, o’ngingizda shu paytgacha sir saqlab kelgan narsangiz oshkor bo’ladi.
Yomg’irpo’sh – u tushda kishilar orasidagi yaxshi so’z va dunyodagi kenglikdir. Dunyodagi ittifoq, tinchlik va balolardan saqlanishni bildiradi. Shu bilan birga faqirlikka, boylikka, chiroyli ko’rinishga ishora.
Yeng – u tushda kishining moli deb ta’bir qilinadi. Keng va uzun yeng mol- dunyoga ishora. Qirqilgan yeng faqirlikka, yirtiq yeng ne’matning yo’q bo’lishidan darak.
Yengil oyo’q kiyimi – tushda bog’ichi uzilgan yengil oyoq kiyimini ko’rish ko’ngilsiz xabarga ishora.
Harflar bo’yucha tushlar ta’birlari tabiiy ne’matlarda
Yegulik – tushda yegulik topish nasiba va buyuklikdir. Tushida qotgan non topgan kishi baxtli hayot kechiradi. Yumshoq non esa yaxshilikka ishoradir. Tushida ko’p non ko’rgan kishining do’stlari ko’p bo’ladi, uzoq umr ko’rib, farzandlari bilan baxtli yashaydi. Tushida shirinlik ko’rgan kishining moli halol va boy bo’ladi.
Yosuman – tushda yosuman gulini ko’rsangiz, o’ngda quvonasiz.
Yer – tushda yaxshi bir joydan yer olsangiz, o’ngda oilangizda baxt hukmron bo’ladi. Maysa qoplagan yer bo’lsa, qo’lingizga pul keladi. Poliz ekinlari ekilgan yer bo’lsa, ko’ngilsizlikdan dalolat. Tushdagi yer qancha katta bo’lsa, boylik ham shuncha ko’p bo’ladi.
Yomg’ir – rizq-nasiba, baraka, yaxshilikka ishora. Kelajagi yorqin bo’lishi, ilm o’rganish, yomon odatlarni tark etish, salomatligi yaxshilanishi, iymoni zaiflashishi, qarzlardan qutulishidan dalolat. Yomg’irda jiqqa ho’l bo’lganini ko’rish kelajagi chiroyli bo’lishini bildiradi.
Yong’in – noxush xabar, zarar ko’rish, ikkilanish, og’ir xastalik, sevgi iztiroblarini boshdan o’tkazish, sevgilisini tashlab ketish, tuhmatga uchrashni bildiradi.
Yong’oq – u xarom mol, serjahl yigit, xasislik, mashaqqat bilan topilgan davlat, behuzurlikni bildiradi. Yong’oq daraxti soyasida o’tirganini ko’rsa, davlat idoralaridan ish topishiga ishora. Chaqilgan yong’oqni ko’rish, katta davlatni qo’lga kiritishni bildiradi. Yong’oq terib olish meros sohibi bo’lishga ishora.
Insonlarga oid tush ta’birlari
Yosin surasi -tushda Yosin surasini o’qisa, oqibati xayrli bo’ladi, umri uzoq, Haq taoloning rahmatini topadi.
Yomg’ir so’rash – tushda yomg’ir so’rash qiyinchilikka va kasallikka ishora.
Yon daftar – u tushda xotira bilan bog’liq muammolarni ifodalaydi. Ateroskleroz paydo bo’layotgani ishorasi.
Yosh bo’lish – tushda yosh bo’lib qolsa, o’ngda epchil bo’ladi. Agar o’z yoshidan qari bo’lsa, hurmati ko’p bo’ladi.
Yosh yigit – yni tushda ko’rish nasiba va dushmanlar ustidan galabaga ishora. Ba’zida yaxshi ishga dalildir.
Yotmoq – tushda to’shak uzra cho’zilib yotgan bo’lsangiz, o’ngingizda safarga ishora.
Yolg’on gapirish – tushda yog’on gapirganini ko’rish yaxshilikka ta’bir qilinmaydi. E’tiroz bildirish, rizqi kesilishi, gunoh ishga qo’l urish, dilozor bo’lish, bekorchi gap, imonsiz holda dunyodan ko’z yumish, xo’rlanish, katta falokatni bildiradi.
«Izohli tush ta’birlari» kitobidan.