Izohli tushlar ta’birlari 0,1

Tushlar ta'birlari harflar bo'yicha

Salom do’stlat, oldingi maqolalarimiz bahor va ko’klam, onalar haqida sherlar va kulgili mantiqiy topishmoqlar haqida bo’ldi, bugungi mavzumiz, tushlar ta’birlari, tushlar olami, tush ta’birlariga izohlar, harflar bo’yicha tush ta’birlari haqida bo’ladi.

A harfi bilan boshlanadigan tushlar ta’biri

Alloh – kimning tushida Allohning zoti namoyon bo’lsa, o’ngida diniy va dunyoviy ishlari yaxshi bo’ladi. Alloh uning amallarini hisoblayotgan bo’lsa, o’ngida quvonch topadi, ishlari yurishadi, safarda bo’lsa sog’-salomat uyiga qaytadi. Biroq Allohni g’azabda ko’rsa, tavba qilib sadaqa bersin.

Avliyo – tushda avliyoni ko’rish xursandchilik, iroda, kuch-quvvat, shifo topish, xushxabar, jannat he’matlari, tashvishlardan xalos bo’lish, mehribon do’stni bildiradi.

Avtobus – uzoq safarga chiqish, ayriliq, xursanchilik, sevishganlar qayta uchrashishi, g’am tashvish, biror falokat bo’lishi, noxush xabar, ishda muammolar hal bo’lishi, serdaromad ish, yangi ish topishga ishora.

Adyol (ko’rpa) – samimiy soddadil do’stga ishora. Xayrli mol, vafodor xotin, va’dasini bajaruvchi kishi, sadoqat, xushxabarni ham bildiradi.

Erkak uchun yangi ma’shuqa topish, ayol uchun erining munosabatiga ishora.

Yangi adyol ko’rish bokira qizga ishora.

Ayoz – tushda ayoz, izg’irinli kunni ko’rish, oilada kelishmovchilik, janjal bo’lishi, o’zi nafratlanadigan kishiga ro’baro’ kelishi, taqdir sinovlari, noxush hodisalarga ishora.

Izohli tushlar ta'birlari 0,1

Azon – tushda azon tovushini eshitish kutilayotgan xabarni, shayton vasvasasidan xalos bo’lish, xursandchilikni bildiradi. Bo’ydoq yigit tushida azon eshitishi chiroyli qizga uylanishiga ishora. Safarga chiqish, hajga borish, sog’-salomat qaytish, orzulari ro’yobga chiqishini bildiradi.

Ayol kishi azon o’qiyotganini ko’rish yaqin kunlarda ofat yog’ilishini bildiradi.

Azroil (a,s) – Alloh taoloning sevgan qullaridan biri bo’lish nasib etishi, rohatga erishish, xushxabar eshitishga ishora. Bemor kishi ko’rsa dardiga davo topadi. Ishsiz kishi ko’rsa, omadi kulib, ishlari yurishib ketadi.

Ayvon – bo’ydoqlar tushda ayvoncha ko’rishi tez orada to’yi bo’lishiga, oilali erkak esa farzand ko’rishiga, sadoqatli do’st, erini hurmat qiluvchi ayol, badavlat bo’lish, serdaromad ishni bildiradi.

Ayiq – zino qilgan xotin timsolidir. Shuningdek, do’stlar orasiga sovuqchilik tushirgan ikkiyuzlamachi kishi, o’g’ri makkor odamga ishora.

Yelkasiga ayiq minganini ko’rish tashkilotdan ish topishga ishora.

Ayron – beqaror hayot, shubhalanish, sevishganlar arazlashishi, xastalik, xushxabar, to’y-tomosha, omad kulib boqishini bildiradi.

Izohli tushlar ta'birlari 0,1

Kishiga oid tush ta’biri

Ayol – tushda notanish ayol kishini ko’rish yolg’on va xiyonatdan iborat. Kishi tushida ayolni ko’rsa, salomatligida muammolar bo’ladi, yo’qchilik yolg’izlikka ta’bir qilinadi.

Ayol kishini tushda ko’rish mevali daraxt, mushk-anbar, homilador bo’lish, katta davlat, xursandchilik, afsuslanish, xiyonat, rask, dushmanlikka ishora.

Ashulachi – tushda qaysi ashulachini ko’rishdan qat’iy nazar, o’ngda tanish qizlardan biri sizni aldar ekan.

Askar – kim tushida askarning bir shahar, ko’cha yoki mahallaga kelganini ko’rsa osha yili ko’p yomg’ir yog’adi.

Afv, kechirish – kim tushida birovni afv qilsa, Alloh taolo uning gunohini mag’firat qiladi. Kechirilgan kishining umri uzoq bo’ladi.

Ayrilish – va’dasida turmaslik, uchrashuv, kutilmagan noxush xabar, maydagap, g’iybatni bildiradi.

Aksa urmoq – tushda aksa urmoq noxush xabar eshitishdan iborat. Ishda ko’ngilsizlik ro’y beradi, noto’g’ri qaroridan afsuslanadi yo xastalikka chalinadi.

Tushda aksirish shubhalanib yurgan narsalari o’z yechimini topishidan dalolat.

Aktyor – tushda mashhur aktyorlarni ko’rish aldanishga ishora.

Odamlar g’iybat qilishi, yangi ish topish, dangasalik bilan ham izohlanadi.

Tushda kishi o’zining aktyor bo’lganini ko’rishi anchadan beri niyatlari amalga oshishini bildiradi.

Izohli tushlar ta'birlari 0,1

Meva va daraxtlarga oid tushlar ta’birlari

Anbar guli – serdaromad ish, yuksak martaba, fazilat, obro’- e’tibor, xushxabarni bildiradi. Anbar gulini hidlaganini ko’rish dono, sahovatli, yaxshi insondan keladigan yordamga ishora. Anbar gullaganini ko’rish kutilmagan xushxabardan dalolat.

Anjir – rangi va mavsumiga qarab turlicha ta’bir qilinadi.

Sariq anjir korish xastalik va janozaga ishora.

Qora anjir tashvish va afsuslanishga ishora.

Yashil anjir qarzga, falokatdan ogohlantirish belgisidir.

Tushda anjir terib yeganini ko’rish savdoda katta foyda olishga ishora.

Anjir daraxti – badavlat, yuksak martaba egasi, saxovatli odamga ishora.

Tushda anjir daraxtini ko’rish oila a’zolari, tirikchilik o’tishi, serdaromad ishlar qilish, hammaga yordami tegadigan mehridaryo insonni bildiradi.

Anor – tushda shirin anor ko’rish katta davlat egasi bo’lish yo serdaromad ish, nordon anor esa noxush xabarga ishora. Ayol kishi tushda anor ko’rishi zeb- ziynatga bog’liq, erkak kishi uchun esa farzandli bo’lishga ishora.

Izohli tushlar ta'birlari 0,1

Shirin, pishgan anor korish go’zal, oqila, iboli qizga ishora.

Bemor kishi anor po’stlog’ini yeganini ko’rsa, salomatligi yaxshilanishidan dalolat.

Atirgul – ochilib turgan atirgul salomatlik, muvaffaqiyatlar va yaxshi kayfiyat. Uni hidlash – kayfiyatni kotarish, uni uzish – sevgi hissi, jinsiy sherik qidirish ishorasi. Uzun tikanli atirgul – xavf belgisi, jismoniy yoki ruhiy jarohat ehtimoli.

Kimki tushida atirgul uzsa, izzat-ikrom, muhabbat va ne’matga erishadi.

Archa – tushda archa ko’rish boylik va farovonlikka ishora.

Arpabodiyon – tushingizda bi shifobaxsh o’simlikni ko’rsangiz, sog’ligingiz yanada mustahkam bo’ladi, kasal bo’lsangiz sog’ayasiz.

Arpa – arpa tushda ko’rilsa mashaqqatsiz rizqdir. Namli arpa unumdorlikka ishora. Arpa ekish, Alloh rozi bo’lgan ishni qilish yoki boylik orttirish, yaxshilikka erishishdir.

Ananas – tushingizda ananas ko’rsangiz, o’ngingizda barcha ishlaringiz muvaffaqiyatli bo’ladi.

Apelsin – apelsin korish, yeyish yaqin kelajakda kayfiyatingiz ko’tarilishidan darak beradi. Apelsin daraxtini korish, quvontiradigan voqealar yuz berishidan ishora. Po’chog’ini korish, achchiq xotiralar va o’tgan ishdan afsuslanishdan darak. Apelsin xarid qilsangiz orzu- umidlaringiz ushalishiga ishora.

“Izohli tush ta’birlari” kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: