Muxammad Yusufning she’riy to’plami

Muxammad Yusufning she'riy to'plami va ijodidan

Oldingi maqolalarimiz onajonlar haqida sherlar, kulgili mantiqiy topishmoqlar va vatan haqidagi sherlarni hukmingizga havola qildik. Bugun esa Muxammad Yusufning she’rlari sizning e’tiboringizga muntazir

Yangi yil kechasi

Bahorim yetgudek qo’lim uzatsam,
Yetolmay dilimni пе deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g’alat bayram bu
kulib kuzatsammi, yig’lab kuzatsam…
Dardim jim ichimga yutaymi endi,
kechagi yoshligim ertakmi endi?

So’rsang, sevinchimdan o’kinchim ko’proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
ko’zda tabassum-u kiprikda titroq.
Меп ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
kechagi yoshligim ertakmi endi?

Yangi yil, kelaver qanday kelsang ham,
kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo’ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo’qlab kelganingni 0’zi bir bayram.
Qulog’ingga bir gар aytaymi, endi,
kechagi yoshligim ertakmi, endi…

Muxammad Yusufning she'riy to'plami

Xalq bo’l elim

Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,
Qumlar bosib qurimasin daryolarim.
Alpomishga alla aytgan momolarim
Ruhini shod etay desang —- xalq bo’l, elim…

Dunyoga boq, qaddi sendek kim bor yana
Dovrug’i ham dardi sendek kim bor yana
Xalq bo’lishga haddi sendek kim bor yana
Moziyni yod etay desang- xalq bo’l elim.

Sen tebratgan beshigini Sohibqiron,
Sening bolang yulduzlarga qo’ygan narvon
Bir mayizni qirqqa bo’lgan bir tanu jon-
Kunlaringga qaytay desang — xalq bo’l elim.

Daryo bo’lib jo’shgin endi zavqi ulug’,
Bayramingda sevinch ko’z yoshingga qulluq,
Yurtim degan jasur Yurtboshingga qulluq,
Unga qanot Ьо’lау desang — xalq bo’l elim.

Bo’lar elning bolalari bir-birin der,
Bo’lmas elning bolalari bir-birin уer.
Bir bo’l endi, qadri baland qaddingni ker,
Xalq bo’l, elim, xalq bo’l, elim, xalq bo’l elim!

Muxammad Yusufning she’rlari

Vatanim

Меп dunyoni nima qildim,
O’zing yorug’ jahonim,
O’zim xoqon,
O’zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg’izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O’zing mening ulug’lardan
Ulug’imsan, Vatanim,..

Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Оnаm deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o’zing mehri —
Ilig’imsan, Vatanim.

Sen Mashrabsan,
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirni duo qilgan.
yassaviysan, meniki deb,
ko’ringan da’vo qilgan,
Ming bir yog’i ochilmagan
Qo’rig’imsan, Vatanim.

Sen Xo’jandsan,
Chingizlarga
Darbozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig’i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko’rgan cho’pon
Cho’lig’imsan, Vatanim.

Kim Qashqarni qildi mаkоn,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin — Kurdistonda,
Boburing — Hindistonda,
Ви qanday yuz qarolig’ deb,
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to’qson olti
Urug’imsan, Vatanim…

O’g’lim, desang osmonlarga
G’irot bo’lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo’lib tushgayman,
Padarkushdan рапа qilib
Ulugbeging quchgayman,
G’ichir-g’ichir tishimdagi
So’lig’imsan, Vatanim…

O’tgan kuning — o’tgan kundir,
O’z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo’lin bog’lab,
Dilin dog’lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug’imsan, Vatanim.

Yoningda qon yig’lagan bir
Shoiringga qarab qo’y,
Gar Qo’qonga yo’ling tushsa,
Detdomlarni so’rab qo’y.
Hech bo’lmasa Usmon xokin
keltirmoqqa yarab qo’y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug’imsan, Vatanim…

Sen — shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
O’g’lim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qoynimdagi iftixorim,
Bo’ynimdagi tumorim,
O’zing mening ulug’lardan
Ulug’imsan, Vatanim!

Muxammad Yusufning she'riy to'plami

Muxammad Yusufning she’rlari

Insholloh

O’zbekiston, boyi-basting ko’rsat endi,
Pahlavonim, yetdi senga navbat endi,
Olam uzra hilpirasin abad endi —
Sohibqiron Temur tug’i — yashil bayroq,
Inshaalloh!
Erk degani o’zi kelib eshik qoqmas,
Јоп chekmasang osmonlardan omad yog’mas.
Qatoringda botirlaring bo’lsin og’mas,
Gurkirasin Alpomishlar o’tgan tuproq,
Inshaalloh!
Qadim oltin beshik avlodi maskanisan,
Alisherlar, Ulug’beklar vatanisan.
Yashnagani — o’z asliga qaytganisan,
Turon yurtda yonsin qayta so’ngan chiroq,
Inshaalloh!

Alla aytsang ayvoningda uxlar quyosh,
Senga mudom iymon yo’ldosh, islom yo’ldosh.
Воr bo’lsin shu qirq o’rim soch, o’smali qosh,
Oq yaktagu beqasam to’n, shohi belbog’,
Inshaalloh!
Totuv yurtda yantoq o’zin tog’ aylagay,
Bir-birini qo’llagan el Каm bo’lmagay.
Bolalari Turkistonni bog’ aylagay,
Abad yashar, xazon bilmas endi bu bog’,
Inshaalloh!

Jayron

Qon yig’latdi qaysi bag’ritosh,
Jayron, nеgа ko’zing to’la yosh?
Oyog’ingga qo’yib yotay bosh,
Jayron, nеgа ko’zing to’la yosh?..

Yurak qoning to’kilgan so’qmoq
Bag’ri alvon lolaqizg’aldoq,
Senga toshlar otdi qay gumroh,
Jayron, nеgа ko’zing to’la yosh?..

Zor yig’lading buncha ham hayhot,
Menda ham bor sendagi sayyod…
ЕУ beozor, еу mo’min jonzot,
Jayron, nеgа ko’zing to’la yosh?..

Вu dunyoning nokaslari bor,
Ezgulikni ko’rolmaydilar.
Meni ham qon qildilar ular,
Jayron, nеgа ko’zing to’la yosh?..

Labim bilan yarang silayman,
Senga dardi shifo tilayman,
kel, tug’ishgan оg’ang’ bo’lay man,
Jayron, nеgа ko’zing to’la yosh?..

Muxammad Yusufning she’rlari

Mehr qolur

O’tar qancha yillar to’zoni,
Yilduzlar ko’zyoshi samoni.
O’tar inson yaxshi-yomoni,
Мehr qolur, muxabbat qolur,

Qorachig’da porlagan o’sha,
lqboliga chorlagan o’sha.
Dunyoni tor aylagan o’sha —
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Аnог sening yuzlaring, suluv,
Хиmоr sening ko’zlaring, suluv,
Yodda qolmas so’zlaring suluv,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Oqib ketdi suvlarda Tohir,
Zuhro yig’lab qoldi qon bag’ir.
kelganda ham qiyomat oxir,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Nima deysan, еу, g’ayur inson?
G’iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o’tursan, inon,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

She’riyat bu qadim buyuk
So’qmoq еkan,
kiyikso’qmoq еkan, kiyik
so’qmoq еkan.

Shirin azob еkan, jonni
Yoqmoq еkan,
Bir qo’lda gul, bir qo’lingda
chaqmoq еkan…

Yuragim-ey, boshlab kelding
meni qayga?
Bag’rim o’xshar рога-роrа
Bo’lgan nауgа,

Ko’nglim sezar bu so’qmoqdan
O’tolmayman
Qaytib ketay desam qaytib
ketolmayman —-

Chaqirtoshlar tovonimdan
Tishlab olgan,
Qo’llarimdan kiyikchalar
Ushlab olgan.

Lolaqizg’aldoq

Mendan nima qolar, lkki misra she’r,
Ikki sandiq kitob, Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan, Nima desa der,
Меn seni o’ylayman, O’zimdan ko’proq.
Lola, lolajonim, Lolaqizg’aldoq!

Меn ketsam yomondan Yiroq bo’l ohu,
Chunki sen chiroyli, Ko’rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun Yaxshi bo’lar-u,
Yomon odam yaxshi Bo’lmas hech qachon…
Yasha chegarada Turgandek ogoh,
Lola, lolajonim, Lolaqizg’aldoq.

Uyda yotibman-u, Sezib turibman,
Ko’kda ketayotir Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog’dirib Qanotlaridan,
Xasta shoiriga Vido aytishib.
Вог mening uchun ham Ularga qo’l qoq
Lola, lolajonim, Lolaqizg’aldoq.

Ularni men уаnа Ko’rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek kuzatolmadim.
Kuz To’ylar boshlandi Yuragim pora
Bitta qizimni ham Uzatolmadim…
Demak, taqdir еkаn То’у ko’rmay o’lmoq,
Lola, lolaginam, Lolaqizg’aldoq.

Biroq, ko’nglim sezar, Mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga Odam to’ladi.
Hali to’ylar qilib Charchaysan erkam,
Mening qizlarim Eng baxtli bo’ladi!
Kelinlar ko’ylagi Ruhimday oppoq
Lola, lolajonim, Lolaqizg’aldoq.

Gulim, yaqinroq kel, Qara, nе savdo,
Вu ajib ishlarni Dil lavhiga yoz
Kimgа qasr yetmas, Kimga mol-dunyo,
Меngа esa havo Yetmaydi xolos.
Tiriklar mudroqda, O’liklar uyg’oq —
Lola, lolajonim, Lolaqizg’aldo

Ko’ksim kuyib borar, Ko’krak yonmoqda,
Ayting do’xtirlarga, Yorishsa yorsin!
Jism o’z ulfati —Jondan tonmoqda.
Bechora јоn endi Qayerga borsin.
Endi osmon yiroq, Endi yer yumshoq —
Lola, lolajonim, Lolaqizg’aldoq.

Buni hayot derlar, Unutma aslo,
Bir kun ochilasan, Bir kun so’lasan.
Qalbimdaku faqat Sen eding tanho,
Qabrim ustida ham O’zing bo’lasan.
Sen bizning sevgidan Xotira — bayroq,
Lola, lolajonim, Lolaqizg’aldoq.

Ayol qalbing bilan Suv kech, olov kech,
G’am kelsa boshingdan Hushing uchmasin.
Xudodan so’radim, Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga Ishing tushmasin.
Ularning qo’lida Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim, Lolaqizg’aldoq.

Ishing tushsa, inim Muhammadga bor,
Shoirlar ichida Ishonganim shu,
Biroz ichishini Aytmasa agar,
Ko’ksi tiniq bola, Halol bola u.
Faqat sal soddaroq, Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim, Lolaqizg’aldoq.

Јоn so’nggi boshpana Toparkan ongda,
U yurak ostida Derdim men bo’lsam.
Ajablanma agar Ertaga tongda
Seni o’pib, O’shni Quchoqlab o’lsam!..
O’tinchim -— tepamda Yig’lama uzoq,
Lola, lolajonim, Lolaqizg’aldoq

Muhabbat

Muhabbat, еу go’zal iztirob,
Еy ko’hna dard, еу ko’hna tuyg’u.
ko’kragimga qo’lingni tirab,
Yuragimni to’kib qo’yding-ku.

Qancha ko’zlar menga zor edi,
Na g’аm, nа anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so’kib qo’yding-ku.

Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen,
Qomatimni bukib qo’yding-ku.

Sen men uchun bir хауоl eding,
Yaxshi bor уо yaxshi qol eding.
Јоn kerakmi — manа ol endi,
Qiynar bo’lsang qiynab to’yding-ku.

Bilmam, nima edi maqsading:
Меnда bir juft guling asrading,
Birin otin kumush atading,
Birin ismin Zaynab qo’yding-ku.

Muhabbat, еу go’zal iztirob,
ko’chang kezdim sarson, dovdirab,
Yuzlarimga yuzlaring tirab,
ko’zlarimni boylab qo’yding-ku!..

Suvrati

Seni hech kim sevolmaydi meningdek:
Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol,
Poyingga tiz cho’kib yig’lar, ehtimol,
Lekin sodiq bo’lolmaydi meningdek..

Aldanma уог, aldamchilar makriga,
Malak bo’lma bevafo ishq shahriga,
Ular seni bir bossa bas bag’riga
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Yo’ling kesib o’tsam — o’zim xijolat,
Uzoqdan bir seni ko’rsam kifoyat,
Bir nigohing o’zi menga inoyat,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Joningga јоп bo’lmayman-u, sevaman,
Yoningga bir kelmayman-u, sevaman,
Ismingni ham bilmayman-u, sevaman,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Sen ko’kdagi harir ko’ylak, hur-pari,
Ко’К ko’ldagi tinib qolgan suvpari.
Muhammadning ko’nglidagi dilbari,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Тo’y kechasi

Yuzga uра surmasdan,
To’lin bo’ldi Zebijon.
О’n sakkizga kirmasdan,
kelin bo’ldi Zebijon.

Меn nе derdim, nima dey?
Olov edik, sho’x edik.
Zebi bilan erinmay
О’n yil birga o’qidik.

Eski maktab, alvido,
Xonalari tor edi.
O’rtamizda bir Xudo,
Bir siyohdon bor edi

Меп lapashang, albatta,
So’ramadim ko’nglini.
О’n yil o’qib bir marta
Ushlolmadim qo’lini…

O’ltiribman endi jim,
keksa оnаm oldida.
То’уgа men ham borardim,
yomg’ir yog’ib qoldi-da!

Muddao

Kuzda go’zal bizning Farg’ona,
Qiyosi yo’q jannat maskandir.
Uyimizni sog’indim, оpа,
Bog’imizda behi pishgandir…

Yelar yeldek, qirda bearqon
Tuyoqlari chaqnoq qulunlar.
Soyda tanga sochardir hamon
O’g’il so’rab suluv kelinlar.

Siz-chi, yuribsizmi g’imirlab,
ko’nglingizda g’aroyib hislar,
Oldingizdan o’tsa qiqirlab
Sochiga qo’l tegmagan qizlar.

Меп ham o’sha-o’shaman, nodon,
Goh pand berib, gohida pand уеb.
Mashhur qil, deb so’rab Xudodan,
Tilamabman baxtli bo’lay deb…

Kuzda go’zal bizning Farg’ona,
Qiyosi yo’q jannat Vatandir.
Xatim tarnom. Aytgandek, оpа,
Zebi erga tegib ketgandir

Zebi, zebi…

Suzilma оу osmonda,
Sendan to’lin yuzlar bor.
Surxon degan tomonda
Oydan oydin qizlar bor.

Zebi deyman, Zebona,
Ishqingda men devona,
Bolalikda do’st qizlar,
Во’уgа yetgach — bеgоnа!..

Chog’im yetmas chog’lasam,
Oftob erir taftidan.
Kechagina xohlasam,
Suv ichardim kaftidan.

Zebi derdim, Zebona,
Ishqingda men devona.
Bolalikda do’st qizlar,
Во’уgа yetgach bеgоnа…

Na и mеngа elandi,
Na men ungа qayrildim.
Do’stim ungа uylandi,
Do’stimdan ham ayrildim.

Zebi dedim, Zebona,
Sevganim sen yagonа,
Bolalikda sog’ qizlar
Во’уgа yetgach — devona!..

Netarman

O’zing bor-a, o’zing bor,
Bir quralay ko’zing bor.
Yerdan yumshoq yuzing bor,
O’polmasam netarman…

G’amdek shirin sevinchsan,
Qirq yigitga ilinjsan.
Qindan chiqmas qilichsan,
Chopolmasam netarman?..

Ко’k dalada yotgandim,
Xayollarga botgandim.
Og’zimdagi oq qandim —
Yutolmasam netarman…

Changimagin, tuproq yo’l,
Bo’lgin mengа o’rtoq, yo’l.
Yolg’izboshman, yolg’izqo’l,
Chopolmasam netarman.

Yaqinlashgach uyimga,
О’у qo’shilar o’yimga.
Qaytay desam izimga —
Qaytolmasam netarman…

Xotin ochar eshikni,
Tutqazadi beshikni.
Bola zo’rmi уо ishqmi?..
Aytolmasam netarman.

Muxammad Yusufning she’rlari

Ozoda

Ozodani sevaman men, ozodani,
Suluvlarning sarvari — xonzodani.
Yo’latmasman yoniga shabbodani,
Ozodani sevaman men, ozodani.

Ko’rganmanu ko’rganim ertasidan,
Yuragim qoq bo’lingan o’rtasidan.
Har kuni bir o’taman ko’chasidan,
Ozodani sevaman men, ozodani.

O’taman-da. o’tmasam bo’lmaydi hech,
O’tmay desam, ko’ngil o’lgur to’lmaydi hech.
Ko’zim toyib ketaverar—qoymaydi hech,
Ozodani sevaman men, ozodani.

Bir eslasam zirqillaydi bandi-bandim,
Kechagina bir qizchani oynatgandim!
kuchugiga oqqand berib o’rgatgandim,
Ozodani sevaman men, ozodani.

Tushunmaslar kuladi: esiz-esiz,
kimdir ermak qiladi: esiz-esiz,
Xotinim ham biladi, nima deysiz?
Ozodani sevaman men, ozodani.

Yigit qirqda qirchillab g’arq pishadi,
Erta-indin sochimga oq tushadi,
Chin oshiqlar qirq yilda topishadi!
Ozodani sevaman men, ozodani.

Sevgan edim, hamon и suyukli yor,
Bilagida barmog’imning izi bor.
Ozodaning bir o’g’il, bir qizi bor…
Меп baribir sevaman ozodani.

Muxammad Yusufning she'riy to'plami

Muxammad Yusufning she’rlari

Biz baxtli bo’lamiz

Mayli-da, kimgadir yoqsa, yoqmasa,
Ularga qo’shilib yig’lasharmidik.
Biz baxtli bo’lamiz xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrasharmidik…

Rayhon hidlaringni yo’llarimga sep,
Kut meni, hаг oqshom, kо’kkа оу chiqqan.
Faqat, yig’lamagin, gunohim nе deb,
Aybing onang seni chiroyli tuqqan!..

Меngа bir tabassum hadya et, еу yor,
Nur tomsin lablaring sohillaridan.
O’zing ayt, senday qiz yаnа qayda bor,
uzun — kokillaridan.

Iymanib yashama hауоl pinjida,
Yoyil, yayra jonim, o’rtanma g’amda.
G’iybatlarga chida, tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir, yorug’ olamda.

Меn esa oshig’ing sening —eng g’arib.
Tundan so’z qarz olib, tоngga tutguvchi.
Sening yoningda ham seni axtarib,
Sening yoningda ham seni kutguvchi.

Ista, tiz cho’kaman hozir oldingda,
Sevdim, sevganimdan uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar sening qalbingda
Ijarada turgan qizlar men uchun!..
Biz baxtli bo’lamiz xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa, uchrasharmidik.

Rating
( 2 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: