Vijdonga «tur» deyish vaqti kelmadimikan

Vijdon haqida

Avvalo nafsimizga qarshi tursakchi

Biz bu maqolamizda vijdon va nafs haqida gaplashamiz. Avvalo vijdon dushmani bo’lgan nafs haqida ozgina ma’lumotga ega bo’lishimiz kerak deb bilaman.Odam atrofini o’rab turgan tanishlari orasida dushmanim bor deb biladi, holbuki odamning eng zo’r dushmani bu- o’zining nafsidir. Nafs-bu odamni ichida yashaydigan, doim unga qarshi turadigan, har bir qilgan ishiga aralashadigan qop-qora tuyg’u.

Ilk qaldirg’ochlar bo’limiga qaytish

Nafsni har kim har xilcha tushunadi. Kimdir salbiy fikrga ega bo’lsa,yana kimdir ijobiy fikrga egadir. Ko’pchilik deya olmayman, ammo aksariyat odamalr allaqchon nafsini yenggan va unga qarshi tura olgan. Ichimizdagi bu nafsni sherigi shaytondir. Bu ikkalasi har doim birga itiffoq, ular kelishgan holda ish qiladi, hech qachon ikkisini o’rtasida urush bo’lmaydi.O’zi nafsni sherigi shayton deganimdan anglagan bo’lsangiz kerak, demak nafs yomon balo ekanligini.

Nafs tufayli odam bolasi kayfu safoni, zavqni, huzur-halovatni, sayr-u tomoshani yaxshi ko’radi. Chunki uning asosiy vazifasi ham shundan iboratdir. Yaratilishi ham o’z o’rnida bo’lgan nafs ham o’z o’rnida bo’lgani yaxshi , sababi inson nafs bo’lmasa och qolganini, charchaganini bilmas edi… Biz insonlarni ruh-yu tanasi bir bo’shliqqa muhtoj. Nafs shu ehtiyojni, shu bo’shliqni to’ldiradi. Shu boisdan ham nafsning inson vujudida ham foydali, ham zararli istaklari bor.

Vijdon va nafs haqida

Jang- ikkisi orasidagi urush demakdir. Bu ikkisi kim yoki nima deb o’ylayotgandirsiz? Albatta, nafs va vijdon o’rtasida. Insonlar o’rtasidagi urushda tanaffus bo’lishi mumkin. Nafsga qarshi jangda nafas rostlash bo’lmaydi. Bir kunda kamida besh marta  nafsga qarshi jang qilsagina, nafs berayotgan hujumlarga qarshi turish mumkin. Qarabsizki, nafs shundagina past kelishi mumkin, ammo hech qachon mag’lub bo’lmaydi.

Vijdon

Insonni uyg’otuvchi, yorug’likka, yuksaklikka hamda kelajakka olib chiquvchi zinalarning boshlanishi. Vijdon deyishimiz bilan ko’z oldimizga, albatta, birinchi bo’lib sof yurak hamda pokiza tug’ular keladi. Chaman bog’ida gullagan har bir bog’ning o’z o’rni va tarovati bor bo’lgani kabi, odamlar orasida ham vijdonli insonning o’rni shunchalik muhim. Bilasizmi, ko’ngli va idroki sof, siyrati va surati yoqut kabi qimmatbaho insonlarning qilgan har bir ishi taqsinga loyiq. Sababi ular har bir ishiga vijdonan yondashadi, vijdonan adolatdan qaror qabul qiladi.

Hayotimiz davomida ko’pgina insonlarni uchratamiz, ayrimlarni ko’rib shukur qilamiz, yana ayrimlarni ko’rib fikr qilamiz. Yelkasiga mingan shaytoni bor inson bilan yelkasiga mingan farishtasi bor inson o’rtasida osmon bilan yercha farq bor. Boisi ularning dunyoqarashi ikki xil, biri qorong’ulikni ko’rsa, yana biri yorug’likni ko’radi. Nasfni tarbiyalashda vijdon ham rol o’ynaydi deb bilaman, chunki nafsimiz aytgan hamma ishni qilib ketavermaymiz, ammo vijdonimiz aytgan hamma ishni ham qilib bo’layvermaydi.

Vijdonga "tur" deyish vaqti kelmadimikan

Hozirchi

XXI asr taraqqiyot asri bo’lgani bois ham kashfiyotlar kun sayin ko’payib bormoqda. Shunga yarasha insonlarga zamonaviy narsalarga ehtiyoj yil sayin emas balki kun sayin ortib bormoqda. Masalan, har bir yosh-u qarini qo’lida smartfonlar-y soatlar, taglarida qimmat mashinalar. Hatto ayrimlar shu mashinani do’st-u dushmanni ichida yuzim yorug’ bo’lsin deb qarzga, banklardan kreditga xarid qilishadi. Qarabsizki, bu ham nafsini aytayotganlarini sekinlik bilan bajarishga tushdi.

Ko’p hollarda aksariyat odamlar vijdoniga katta qulf osib, kalitini uzoqlarga otishga ham ulgurdi. Nega deysizmi? Albatta, nafs degan balo uni ich-etini kemirmoqda. “Qara, do’stlaringa palonchi turdagi telefon bor, dushmanlaringda esa palonchi turdagi mashina bor. Nega senda hali ham yo’q? Qaysi yo’l bilan bo’lsa ham ular erishgan narsasidan sen yuz marta yaxshisiga loyiqsan. Xohla harom yo’l bilan qo’lga kirit, xohla halol yo’l bilan qo’lga kirit.” Deb nafs insonni ichidagi shaytonni uyg’otadi. So’ng esa, vijdon degan tuyg’u uni ichida bor ekanligi yodidan ko’tariladi.

Albatta, ko’p hollarda nafs vijdondan ustun kelladi.Hamma pul topish dardida hech kim bilan hech kimni ishi yo’q, hattoki yaqin insoni shifoxanaga tushub qolsa, holidan xabar olgisi kelmaydi. Ya’niki bemorni ko’rishga borish uchun ham falon pul, falon xarajat ketadi deb qo’ya qoladi. Shunchaki, xarajatlardan qochib, birgina qo’ng’iroq orqali holini so’raydi,xolos. Qarabsizki, uni xayolidagi fikrlarni o’qigan vijdon bir qadam ortga chekinadi. Nafs esa aksincha bir qadam oldingga siljiydi. Axir insonni sog’lig’i moddiy narsalardan azizmi?

Menimcha, bu  narsalarga zamonni hech qanday aybi yo’q. Zamon o’z o’rnida, shunchaki hamma narsani yomon tomonini axtarmasdan, yaxshii tomoniga qarab ko’rish vaqti keldi. Bir masalani faqat bir tomonidan yondoshmasdan, uni boshqa tarafidan ham kelsa bo’ladi. Hamma narsani shunchaki xohishga tashlab qo’ymasdan, vijdonni ham ishga solib turish kerak.

Shunchaki, vijdonizga bir bor “TUR” deb qo’ying, uni uyg’oting. Agar vijdonizni qulflab, uni kalitini otib yuborgan bo’lsangiz, unga boshqa bir eskisidanda yaxshiroq kalit toping.

Sayfiddinova Marjona

Rating
( 3 assessment, average 3.67 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: