Tort pishirishning 4 xil usullari

Tort tayyorlash, pishirish usullari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda suyuq taom tayyorlashning 6 turi, go’sht va parranda go’shtidan tayyorlanadigan taomlar hamda salat tayyorlashning har xil turlari haqida gaplashdik, bugungi mavzu, barchani qiziqtiradigan, tort qanday tayyorlanadi, tort pishirish usullari, turlari, pishiriqlar haqida bo’ladi.

Ovqatlar bo’limiga QAYTISH

Qulupnayli yoki malinali tort

Kerakli masalliqlar: 6 dona tuxum, 140 gr shakar pudrasi, 30 gr vanilin shakari, limon po’stlog’i, 50gr tuyilgan yong’oq. 100 gr un, (iloji bo’lsa oliy navidan), ozgina osh sodasi (3gr), qaymoq (ko’pirtirish uchun) bezatish uchun mevalar.

Qulupnayli yoki malinali nachinka: 0,2 litr sut, 20 gr kartoshka kraxmali, 30 gr vanilin, 1 dona tuxum sarig’i. 150 gr sariyog’ yoki margarin, 100 gr shakar pudrasi, 250 gr yangi qulupnay yoki malina.

Tayyorlanishi: Tuxum oqi ko’pirtirilib ustiga shakar pudrasi, vanilin solib yana ko’pirtiriladi. So’ng aralashtirgan holda ushbu masalliqga tuxum sarig’i, tuyilgan limon sedrasi, osh sodasi va un solib xamir qoriladi. Tayyor bo’lgan xamir yog’ surtilgan va un sepilgan tort idishiga solib o’rtacha olovda pishiriladi. Tayyor bo’lgan tort ikkiga bo’linadi. Bo’laklar ichiga qulupnay yoki malina nachinkasi surtilib, bir-biriga birlashtiriladi. Ustidan qaymoq hamda mevalar bilan bezatiladi.

Nachinka tayyorlash: sutga kartoshkali kraxmal solib, tuxum sarig’i, vanilin shakari solib aralashtiriladi va olovga qo’yiladi. Muntazam aralashtirib turgan holda quyuq holatga keltiriladi. Sariyog’ni shakar pudrasi bilan aralashtirib, ustiga qulupnay yoki malina solinadi.

Olma va yong’oqli tort

Tort pishirishning 4 xil usullari

Kerakli masalliqlar: 6 dona tuxum 300 gr shakar pudrasi, 20 gr kakao kukuni, 250 gr qirilgan olma, 150 gr tuyilgan yong’oq, 100 gr un (oliy navidan), ozgina osh sodasi (7 gr).

Nachinka: 0,15 litr sut, 200 gr shakar pudrasi, 20 gr kakao kukuni, 200 gr sariyog’.

Tayyorlanishi: Tuxum sarig’i shakar bilan ko’pirtirilib ustiga kakao, qirilgan olma, tuyilgan yong’oq solib aralashtiriladi. Ushbu aralashmaga tuxum oqi, osh sodasi solib xamir qoriladi.

Tayyor bo’lgan xamir yog’ surtilgan va un sepilgan tort idishiga solib o’rtacha olovda pishiriladi. tayyor bo’lgan tort ikkiga bo’linadi.

Ikkiga bo’lingan tort ichiga nachinka surtilib bir-biri bilan birlashtiriladi. Ustidan shokolad hamda mevalar bilan bezatiladi.

Nachika tayyorlash: sutga shakar va kakao solib, sariyog’ bilan aralashtiriladi. Olovga qo’yib muntazam aralashtirgan holda quyuq holatga keltiriladi. Tayyor bo’lgan nachinka ikkiga ajratilgan tortlar ichiga surtiladi.

Tuxum oqidan qo’shilgan olmali tort

Kerak bo’ladigan mahsulotlar: 3 dona tuxum, 100 gr shakar pudrasi, 30 gr vanilin shakari, 60 gr tuyilgan yong’oq, 60 gr un (oliy navidan), 3 gr osh sodasi. 5 dona olma, smorodina murabbosi yoki bodom.

Tayyorlanishi: Shakar pudrasi va vanilin tuxum sarig’i bilan ko’pirtiriladi. So’ng ustiga manna unidan solib tindiriladi. Ushbu masalliqga yong’oq, osh sodasi, mayda bo’laklarga bo’linga olma solib xamir qoriladi.

Tayyor bo’lgan xamir yog’ surtilgan va un sepilgan tort idishiga solib o’rtacha olovda pishiriladi. Tayyor bo’lgan tortga murabbo surtilib, ustiga bodom sepiladi. Tuxum oqi ko’pirtmasi surtilib 1 daqiqaga duxovkaga qo’yiladi.

Tuxum oqi ko’pirtmasi tayyorlanishi: tuxum oqini shakar bilan ko’pirtirib, quyuq holga keltiriladi. Tayyor bo’lgach tortga surtiladi.

O’rikli tort

Kerak bo’ladigan mahsulotlar: 6 dona tuxum, 100 gr shakar pudrasi, 100 gr sariyog’ yoki margarin, 60 gr tuyilgan bodom, 40 gr shakar pudrasi, 80 gr un, o’rikli murabbo, qaymoq (ko’pirtirish uchun).

Tayyorlanishi: shakarni sariyog’ yoki margarin bilan aralashtirib, ustiga bodom va tuxum sarig’i solib aralashtiriladi. Quyuq holga keltirilgan tuxum oqi, shakar, un aralashmaga qo’shilib xamir qoriladi.

Tayyor bo’lgan xamir yog’ surtilgan va un sepilgan tort idishiga solib, o’rtacha olovda pishiriladi.

Tayyor bo’lgan tort ikkiga bo’linadi. Ikkita bo’lak ichiga o’rik murabbosi yoki djem surtilib bir-biri bilan birlashtiriladi. Ustidan qaymoq hamda konservalangan o’riklar bilan bezatiladi.

«Antiqa tortlar» kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: