Sistit kasalligini davolash usullari, kelib chiqish sabablari, belgilari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda yuz falajini davolash, yuzdagi dog’larni ketkazish hamda quruq yuz uchun niqoblar haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, sistit qanday kasallik, sistit kasalini uy sharoitida davolash usullari, tabiiy davolash yo’llari, kelib chiqish sabablari, belgilari haqida bo’ladi.

Sistit kasalining belgilari

Sistit qovuq shilliq qavatining yallig’lanishidir. Sistitda nimalar bezovta qiladi?

  1. Qorinning past qismidagi og’riq.
  2. Tez-tez hojatga borish.
  3. Siydikning oz miqdorda chiqishi.
  4. Jinsiy a’zolardagi achishish.
  5. Siydik rangining xiralashishi yoki qontalash tusga kirishi.

Noto’g’ri davolanish yoki kasallikni o’tkazib yuborish sistitning surunkali formaga o’tishiga olib keladi. Bu holda og’riq va yoqimsiz hissiyotlat kamayadi yoki umuman yo’qoladi. Lekin yallig’lanish jarayoni davom etaveradi. Natijada keyinchalik kasallik yanada o’tkir ko’rinishda namoyon bo’lib, uni davolash ancha qiyinlashadi. Sistitga nima sabab bo’ladi?

80 % holatda sistitga ichak bakteriyalari sabab bo’ladi. Ular qovuqqa uretra orqali tashqi muhitdan kiradi. Bunga asosiy sabab ayollar jinsiy va siydik yo’li organlarining o’ziga xos anatomik tuzilishga ega ekanligidir.

Sistit kasalligini davolash usullari, kelib chiqish sabablari, belgilari

Jinsiy a’zo va yo’g’on ichak yretraga yaqin joylashgandir. Shaxsiy gigena qoidalariga amal qilmaslik yoki jinsiy yaqinlik oqibatida mikroblar uretraga, u yerdan esa qovuqqa o’tishi mumkin.

Shuningdek, mikroorganizmlar qovuqqa organizmdagi boshqa surunkali yallig’lanish o’choqlaridan qon va limfa suyuqligi bilan kelishi mumkin.

Mikroorganizmlar buyrakdan siydik bilan kelishi mumkin. Bundan tashqari, allergik sistitlar, toksik va infeksion bo’lmagan komponentlardan kelib chiqqan sistitlar ham ma’lumdir, lekin ular nisbatan kam uchraydi.

Mikroorganizmlarning qovuqqa tushishining o’zi kasallikka olib kelmaydi. Qovuqning ichki tomonidagi qoplama mikroblarning shilliq qavatga yopishishiga to’sqinlik qiladi. Sovuq o’tishi, vitamin yetishmovchiligi, toliqish tufayli yuz beradigan immunitet pasayishi himoya qoplamasining yemirilishiga olib keladi. Natijada, bakteriyalar qovuq shilliq qavatining hujayralariga yopishib yallig’lanishni keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari, yallig’lanishga ko’p o’tirish yoki o’ta tor kiyim kiyish natijasida qovuq va kichik tosda qon aylanishining buzilishi ham sabab bo’ladi.

Sistit kasalligini davolash usullari, kelib chiqish sabablari, belgilari

Sistit kasalini uy sharoitida davolash usullari

  1. Uy sharotida sistitni davolashda klyukva juda yaxshi yordam beradi. Klyukva mikroblarning tushib ketishiga yordam beradi. Siydik tosh kasalliklarining oldini oladi va organizmni vitamin bilan ta’minlaydi. Klyukva mevasining o’zi yoki sharbat qilib ichiladi. 2-3 hafta mobaynida iste’mol qilinadi. Yiliga 3-4 marta bu muolajani takrorlash mumkin.
  2. Aptekalarda tarkibida klyukvasi bor tabletkalar sotiladi. Bular Zurovit va Sunami tabletkalari. Sistit xuruj qilgan vaqti Zurovit tabletkasidan 3 mahal 1 tabletkadan 3 kun ichiladi. Undan keyin har kun 1 tabletkadan 1 oy mobaynida ichiladi. Bu muolajani yiliga 3-4 marta takrorlashingiz mumkin.
  3. Brusnika bargining quritilgani aptekalarda sotiladi. Damlamani qanday tayyorlab ichish dorivor solingan qutisining ustiga yozilgan bo’ladi. Damlamani qabul qilish muddati 2-3 hafta. Bu muolajani ham yiliga 3-4 marta takrorlashingiz mumkin.
  4. Oshqozonida gastriti bor kishilar klyukva va brusnikani icholmasalar romashka damlamasini ichishlari mumkin. Davo muddati 3-4 hafta. Bu damlamani ham yil mobaynida takrorlab ichish mumkin.

Bu damlamalarning hammasini bir vaqtda ichib bo’lmaydi. Bittasini tanlab olasiz va kurs qilib ichib davolanasiz.

«Onaning salomatligi – farzandingiz baxti» kitobidan.

Rating
( 3 assessment, average 3.67 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Comments: 1
  1. Shahlo

    Tez tez sistit bolib qolganda eng yahshi dori nima

Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: