Quruq yuz terisi va ajinlarga qarshi niqoblar

Ajinlarga qarshi niqob, quruq yuz terisi uchun niqob

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda yuz va bo’yin terisi parvarishi, ayollarda miomaning kelib chiqishi hamda ayollarga oid kasalliklar haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, ajinlarga qarshi niqob, quruq yuz va qo’l terisi uchun niqoblar, o’simlik va mevalardan tayyorlanadigan niqoblar, uy sharoitida tayyorlash usullari haqida bo’ladi.

Yuz terisini davolovchi niqoblar

Niqoblar faqat massaj liniyalari bo’yicha surtiladi. Ko’z atrofiga surtilmaydi. Qovoqlar terisiga oziqlantiuvchi krem surtiladi. Niqoblar ayniqsa, bug’li vanna yoki issiq kompressdan keyin yaxshi samara beradi. Niqoblarni yuzda ushlab turish vaqti 20-30 daqiqa. Niqobni surtgandan keyin bo’shashing, tinch o’tiring. Yuzingiz qimirlamasligi kerak. Niqobni olganda nozik harakatlar bilan terini cho’zmasdan oling. Olgandan keyin, albatta, yuzingizni loson bilan arting va teringizga mos keladigan krem surting. Niqoblarni haftasiga 1-2 marta ishlatish mumkin (kurs 15-20 marta), 1,5 – 2 oydan keyin takrorlash mumkin.

Quruq yuz terisi va ajinlarga qarshi niqoblar

Quruq, so’liq yuz terisi uchun niqoblar

  1. 1 choy qoshiq asal, 1 ta tuxum sarig’i, uzum, olma, ryabina sharbatlaridan 1 choy qoshiqdan aralashtirib, yuzga surtiladi. 20 daqiqadan so’ng yuvib tashlanadi.
  2. 2 oshqoshiq tvorog, 1 oshqoshiq sut, 1 oshqoshiq asal aralashtirilib, yuzga surtiladi. 20 daqiqadan so’ng yuvib tashlanadi.
  3. Yangi uzilgan o’tlardan biri: qoqio’t (oduvanchik), qichitqi o’t (krapiva), mavrak (shalfey), zubturum (podorojnik), moychechak (romashka), yalpiz (myata perechnaya), limono’t (melissa) – shulardan bittasini tanlab bir osh qoshiq olinadi. Olma yoki uzum sharbati qo’shib bo’tqa holiga kelguncha eziladi. 1 oshqoshiq asal qo’shilib aralashtiriladi va yuzga surtiladi. 30 daqiqadan so’ng yuvib tashlanadi.
  4. 1 choy qoshiq glitserin, 1 choy qoshiq asal, 2 choy qoshiq moychechak yoki kalendula damlamasi, suli unidan bo’tqa hosil bo’lguncha qo’shib aralashtiriladi. Yuzga surtib, 20 daqiqadan keyin yuvib tashlanadi.
  5. 1 choy qoshiq asal, 1 choy qoshiq askorbin kislota (vitamin C), 1 ta tuxum sarig’i, 1 osh qoshiq olma sirkasi, 3 osh qoshiq o’simlik moyi, yarimta olma bo’laklari. Shu masalliqlar hammasi mikserda ezib olinadi va yuzga surtiladi. 30-40 daqiqadan keyin yuvib tashlanadi.
Quruq yuz terisi va ajinlarga qarshi niqoblar

Ajinlarga qarshi niqob

Bu niqob juda faol. Shuning uchun haftasiga 1 martadan ko’p ishlatilmaydi.

20 gr gulchang (svetochnaya pilsa), 50 gr zaytun moyi, 50 gr kaolin (oq gil), 50 gr asal kerak bo’ladi.

Gulchang zaytun moyi bilan aralashtiriladi. Keyin oq gil va asal qo’shib aralashtirib, ustini yopib 1 soatga tindirib qo’yiladi. Yuzga surtib yarim soat, qotguncha qo’yiladi. Vaqti tugagandan keyin iliq suv bilan yuvib tashlanadi.

Quruq yuz va qo’llar uchun oziqlantiruvchi krem

1 osh qoshiq sariyog’, 1 choy qoshiq asal, 1 osh qoshiq mevalar aralashmasidan (olma , xurmo, nok, olxo’ri, banan, ryabina) olib aralashtiriladi. Yuzga surtib, 20-30 daqiqadan keyin yuvib tashlanadi. Bu niqob terini oziqlantiradi, namlaydi. Niqobni haftada 2 marta qilish mumkin. Qolgan aralashmani muzlatgichda qo’yib, 2 hafta mobaynida ishlatishingiz mumkin.

Quruq yuz terisi va ajinlarga qarshi niqoblar

Quruq teri uchun o’simliklardan niqoblar

Tarkibida efir moylari bo’lgan o’tlar: yalpiz, petrushka, moychechak, toshcho’p (timyan) kabilar quruq teri uchun niqob tayyorlashga to’g’ri keladi. Shu o’tlarning bittasidan 5 choy qoshiq olib, 1 stakan qaynoq suvda dimlanadi. 15 daqiqadan so’ng shu damlama bilan yuz artib tozalanadi. Qolgan damlamani zig’ir urug’i bilan aralashtiriladi. Hosil bo’lgan bo’tqa iliqligicha yuzga surtib 15 daqiqa qo’yiladi. Keyin yuvib tashlab, yupqa qilib namlovchi krem surtiladi.

Niqoblar uchun ko’pchilik mevalar (o’rik, banan, uzum, nashvati, mandarin, chakanda (oblepixa) shaftoli, olxo’ri, olmaning yozgi navlari) to’g’ri keladi. Sabzavotlardan tarvuz, qovun, karam, sabzi, bodring, pomidor, qovoq to’g’ri keladi. Umuman olganda, niqoblar uchun barcha turdagi meva va sabzavotlardan foydalanish mumkin. Faqat ularni ishlatishda terining holatini e’tiborga olish lozim. Masalan, behi, olcha anor, qulupnay kabilar tarkibida ko’p miqdorda burishtiruvchi bo’lgani uchun quruq terilarga to’g’ri kelmaydi.

«Onaning salomatligi – farzandning baxti» kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: