Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda ichak kasalliklarini davolsh, yo’talni davolash yo’llari hamda hiqichoqni davolash yo’llari haqida gaplashdik. Bugungi mavzumiz qorin g’uldirashini davolash yo’llari haqida bo’ladi.
Qorin g’uldirashi yel (dam) ko’payishidan bo’ladi, yel esa qorinda dam qiladigan ovqatlardan yoki hazm bo’lmaslikdan vujudga keladi. Sabablar a’zolarda yoki ovqatning o’zida bo’ladi.
A’zolardan bo’ladigan sabab, ko’pincha sovuq sababli yoki sil kasalligining oxiridagi kabi quvvat tushishi sababli hazm buzilishidan iborat. Bu xil qorin g’uldirashida ko’pincha ich yumshab hojatga borilaveriladi.
Qorin g’uldirashi goho yuqori ingichka ichaklarda bo’lib, uning tovushi qattiqrok eshitiladi. U yo’g’on ichaklarda bo’lganida, tovush pastroq chiqadi. Agar yelga rutubat aralashsa, baqillagan tovush eshitiladi.
Goho qorin g’uldirashi ich buzilishi belgisi bo’lib, ich surishdan darak beradi. Goho u taloqning hamkorligi bilan sodir bo’ladi.
Sariq kasalligiga uchragan kishilarda ichaklarning sovushi sababli tiqilma paydo bo’lib, ko’pincha qorin g’uldirashi yuz beradi. Goho jigar kuchsizlanganda ham qorin g’uldiraydi.
Ixtiyorsiz yel chiqishiga kelsak, bu goho to’g’ri ichakning va goho ro’zador deb ataladigan ichakning bo’shashuvidan bo’ladi. Ikkalasining farqini orqa teshik sezgisining kamayishidan yoki ko’tanning chiqib turishidan bilinadi.
Qorinni dam qiluvchi ovqatlardan va ko’p ovqat yeyishdan saqlanish hamda ochlikka chidash orqali tadbirlar qilinadi.
Qorin g’uldirashini davolash yo’llari
- Makkai sano talqonini 1 mahal 1 osh qoshiq kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, ichni suradi.
- Kungaboqar yog’iga teng baravar sariyog’ qo’shib, 1 mahal ichilsa, ichni surib, ellarni haydaydi.
- Igir talqoniga shakar qo’shib qaynatib, murabbosini 7 kun och holda 3 mahal iste’mol qilinsa, foyda qiladi.
- Aloening 50 gramm suviga teng baravar iliq suv aralashtirib, 1 mahal ichilsa, Ichni, yelni suradi.
- Ich g’uldirashiga, 200 gramm qora zira, 200 gramm kavrak ildizi, 200 gramm arpabodiyonni qo’shib tuyib, talqondan och holda 3 mahal 7 kun 1 osh qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, begumon ich tuzaladi.
Hoji Mengnazar Ructam o’g’lining «Dard borki, darmon bor» kitobidan.
Assalomu aleykum
Meni ham qornim g’uldirab turadi bu narsa har kuni davom etadi
Ovqatlansam ham ovqatlanmasam ham shunaqa g’uldirab turadi buni qanday davolashim kerak . Javobingizni kutib qolaman